Baholash: rag`batlantirish, 5 balli tizim asosida baholash
Kutiladigan natijalar
|
O`qituvchi: mavzu mohiyatini to`laligicha o`quvchilarga yetkazish yolida tinmay izlanadi, darsda mavzuni berilgan vaqt ichida o`quvchilar tomonidan o`zlashtirishiga erishish. O`quvchilar faolligini oshirish. O`quvchilarda darsga nisbatan qiziqish uyg`otish.
O`quvchi: mustaqil fikrlashni o`rganadi, savol-javoblarga qatnashib, yangi bilimlarni egallaydi . Yakka holda va guruh bo`lib ishlaydi. O`z-o`zini nazorat qilishni o`rganadi va baholar oladi.
|
Kelgusi rejalar
|
O`qituvchi: o`z ijodiy faoliyatidan kelib chiqib, pedagogik mahoratini oshiradi, yangi pedagogik texnologiyalardan darsda foydalanishni va qo`llashni o`rganadi. Barcha mavzularni hayotiy misollar bilan bog`laydi.
O`quvchi: fazoviy tasavvuri va bilim doirasi kengayadi, mustaqil ishlashni o`rganadi. O`z fikrini asoslab bayon etishga intiladi
|
Mavzu : Aksonometrik proyeksiyalarda qirqimlarni tasvirlash
Texnologik xarita
Darsning maqsadi:
Ta’limiy: O‘quvchilarga aksonometrik proyeksiyalarda qirqimlarni tasvirlash bo`yicha amaliy mashg`ulotlar bajarish bosqichlar haqida tushuncha berish. O‘quvchilarni chizmachilik o‘quv qurollari va asboblaridan ratsional foydalanishag o`rgatish, izometriya va dimetriya chizish bo‘yicha malaka va ko‘nikmalarini shakllantirish. Kompyuter grafikasi savodxonligini yanada oshirish.
Tarbiyaviy : Aksonometrik proyeksiyalarni va aksonometrik proyeksiyalarda qirqimlarni tasvirlashni hayotdagi o‘rni va ahamiyati haqida , inson qo‘li bilan ko‘p narsalarni bajara olishi mumkin ekanligini o‘quvchilar ongiga singdirish. O‘quvchilarda dizaynerlik, mashinasozlik, aviasozlik, soatsozlik, me`morchilik, muhandislik kabi kasblarga qiziqish uyg‘otish.
Do'stlaringiz bilan baham: |