Mavzu: Aktinomisetlar va nurli zamburug’lar reja


Download 23.24 Kb.
bet3/4
Sana13.12.2022
Hajmi23.24 Kb.
#999890
1   2   3   4
Bog'liq
Aktinomitsetlar yoki nurli zamburug‘lar

Umumiy mikrobiologiya mikroorganizmlar hayot faoliyati-ning umumiy qonuniyatlarini o‘rganadi. Ular bu fanning asosini tashkil qiladi. Umumiy mikrobiologiya mikroorganizmlarni tek-shirish usullari haqida hamda mikroorganizmlarning morfologi­yasi, fiziologiyasi, bioximiyasi, sistematikasi, o‘sishi va ko‘payi­shi haqida axborot beradi; u azot, uglerod, oltingugurt, temir moddalarining tabiatda aylanishini, ularda ishtirok etuvchi mik-roorganizmlarning rolini o‘rganadi.
Tibbiyot mikrobiologiyasi odamlarda kasallik qo‘zg‘atuvchi patogen mikroorganizmlarning morfologiya va fiziologiyasini, har xil kimyoviy moddalar, ayniqsa, dezinfeksiya qiluvchi mod-dalarga chidamliligini, mikroorganizm va ularning o‘zaro muno-sabatlarini o‘rganadi. Bularni hammasi umumiy tibbiyot mikro-biologiyasida o‘rganiladi.
Maxsus tibbiyot mikrobiologiyasida esa muayyan yuqumli kasallik qo‘zg‘atuvchilari, ularni mikrobiologik diagnostika qilish usullari, o‘ziga xos profilaktikalari va davolash usullari o‘rgani-ladi. Tashqi muhit obyektlarida patogen mikroorganizmlarni aniqlash ham katta ahamiyatga ega. O‘rganiladigan obyektlar-ning mikroorganizmlariga qarab mikrobiologiya mustaqil fan-larga – virusologiya va sanitariya mikrobiologiyasiga ajralib, odamlarning yashash sharoitlariga qarab ularning mikroflorasi va mikrobiologik jarayonlar gigiyena va sog‘lomlashtirish nuqtayi nazaridan o‘rganadi.
Sanoat mikrobiologiyasi mikroorganizmlarning biokimyoviy faolligini o‘rganib, ular vositasida spirt, organik kislotalar, antibi­otiklar, vitaminlar va ba’zi gormonlar olish vazifalarini bajaradi.
Oziq-ovqat mikrobiologiyasi mikroorganizmlar yordamida har xil mahsulotlar (pishloq, qatiq, kefir, qimiz va h.k.) olish va ularni chirituvchi mikroorganizmlardan saqlash metodlarini ish-lab chiqadi.
Qishloq xo‘jalik mikrobiologiyasi mikroorganizmlarning tup-roq strukturasining hosil bo‘lishi, o‘simliklarning oziqlanishi, tuproqdagi organik moddalarning parchalanishi, bakteriya o‘g‘it-larini yaratish va ularni qo‘llash metodlarini ishlab chiqish, mik-roorganizmlar vositasida yem-xashaklarni konservatsiya qilish usullarini o‘rganadi.

Download 23.24 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling