Veterenariya mikrobiologiyasi hayvonlarning yuqumli kasal-liklarini, ularning diagnostikasi, profilaktikasi va davolash usul-larini o‘rganadi.
Torf, ko‘mir, neft, oltingugurt, temir va boshqa qazilma boyliklarining hosil bo‘lishida mikroorganizmlarning o‘rni katta bo‘lib, bu xildagi vazifalarni geologiya mikrobiologiyasi o‘rgana-di. Oxirgi yillarda foydali qazilma boyliklarini qidirib topishda mikroorganizmlar keng ko‘lamda ishlatilmoqda.
Ichimlik suvlarini nazorat qilish, har xil zavod, fabrika va korxonalardan chiqadigan suvlarni tozalash ishlari suv mikrobio-logiyasi tomonidan o‘rganiladi.
Mikroorganizmlar o‘zgaruvchanlik va irsiyat hodisalarini o‘rganishda modellik vazifasini bajara boshladi. Bunga akademik G.A. Nadson va uning shogirdlari eng birinchilardan o‘z hissa-larini qo‘shdilar (1920-1930).
Bu sohalardagi bilimlar va yangiliklarni hammasini aytib o‘tish murakkab vazifa, chunki kun sayin ularning soni oshib bormoqda. Shuning uchun bizning keyingi vazifamiz umumiy mikrobiologiyaga oid asosiy bilimlar haqida so‘z yuritishdir.
Adabiyotlar
1. Егоров Н.С. Руководство к практическим занятиям по микробиологии. –М.: Изд-во МГУ, 1983. С 6-8
2. Мишустин Е.Н., Емцев В.Т. Микробиология. –М.: “Колос”, 1978. С. 36-39.
3. Хоулт Дж. Краткий определитель бактерий Берги. М.: “Мир”., 1980.
Do'stlaringiz bilan baham: |