Mavzu: Aleksandr Makedonskiy saltanati Reja


Iskandar davlatining parchalanishi. Diadoxlar urushi


Download 29.3 Kb.
bet3/4
Sana17.06.2023
Hajmi29.3 Kb.
#1526313
1   2   3   4
Bog'liq
Aleksandr Makedonskiy

3. Iskandar davlatining parchalanishi. Diadoxlar urushi. Iskandar o`zining vorisini rasmiy jihatdan tayinlashga ulgurmadi. Og`ir kasal yotgan Iskandardan davlat boshqaruvini kimga qoldirishini so`raganlarida, “eng loyiqqa” deb javob berdi. Bu uning lashkarboshilari o`rtasida Iskandar merosi uchun uzoq kurashga olib keldi. Bu kurash bir necha o`n yillarga cho`zilib, juda ko`p qon to`kishlarga sabab bo`ldi.
Iskandarning o`limi vaqtida makedon taxtiga qonuniy da’vogarlar yo`q edi. Iskandarning xotini bo`lgan so`g`d malikasi Roksana hali homilador edi. Pergamda Iskandarga asir tushgan fors satrapi Artabazning qizi Barsinadan 4 yoshli noqonuniy o`g`li Gerakl qolgan edi. Taxtga Filipp II ning aqli zaif bo`lgan noqonuniy o`g`li Arridey ham da’vo qilishi mumkin edi. Makedoniyada Iskandarning yaqinlari Roksana agar o`g`il tuqsa, uni podsho deb e’lon qilish, uning go`dakligi davrida hokimiyatni tajribali sarkarda Perdikka boshchigidagi davlat kengashiga topshirish lozim deb hisobladilar. Harbiy boshliqlar va saroy a`yonlarining boshqa bir guruhi Arridey nomzodini yo`qlab chiqdilar. Obro`li lashkarboshi Nearx makedon taxtiga birdan-bir da’vogar Gerakl bo`lishi mumkin deb hisobladi. Iskandarning safdoshi, lashkarboshi Ptolemey boshchiligidagi yana bir guruh podshoni saylash kerak emas, chunki Iskandarning o`g`illarini onalari Sharq ayollari, uning asiralaridir, oqibatda bunday da’vogarlarni taxtga chiqarish hamma vaqt noqonuniy bo`ladi deb hisobladilar. Manbalarda Iskadarni O‘rta Osiyolik Roksanaga uylangani to‘g’risidagi fikrlar ham uchraydi. Bundan tashqari bosib olingan xududlarda Filipp va Iskandar tasviri tushirilgan tanga pullar ham keng tarqalganligini arxeologik materiallar orqali ko‘rish mumkin.
Taxt vorisi to`g`risidagi munozaralar Perdikka regentligi bilan Filipp II ning noqonuniy o`g`li Arrideyni podsho deb e’lon qilish bilan tugadi. Xuddi shu vaqtda Iskandarning bevasi Roksana o`g`il tug`di va unga Iskandar deb nom berildi. Makedon taxtiga birdaniga Arridey Filipp III nomi bilan, Roksananing o`g`li Iskandar IV nomi bilan podsho deb e’lon qilindi. Osiyodagi qo`shinlar qo`mondonligini o`ziga olgan Perdikka yana regent etib tayinlandi. Shunday qilib, u Iskandar davlatining amaldagi hokimiga aylandi.
Iskandarning vafotidan keyin, amalda yagona davlatning oliy hokimi bo`lgan Perdikka Bobilda makedon podshosining eng yaqinlari o`rtasida satrapliklarni taqsimlagan edi. Yunoniston va Makedoniya Antipatrga, Frakiya Lisimaxga, Misr Ptolomeyga, Kappadokiya va Paflagoniya Yevmenga, Gellespont Frigiyasi Leonardga, Buyuk Frigiya Antigonga, Suriya Laomedontga, Midiya Pifonga berildi. Barcha yangi saylangan hokimlar o`z qo`shinlari bilan o`z mulklariga jo`nab ketdilar. Iskandarning aynan ana shu sobiq safdoshlari (diadoxlar) o`zlariga berilgan hududlarga qanoat qilmay va boshqalarning mulkiga egalik qilish uchun Iskandar merosi uchun qonli kurashni boshladilar.
Iskandar o`limi arafasida o`z muhri o`yilgan uzukni Perdikkaga bergan edi, u davlat hukmdori lavozimini egalladi (er.avv.323-321yillar), bu vatqda davlatning yaxlitligi saqlanib turildi. Iskandar o`limidan keyingi ikki yil davomida Yunoniston makedon zulmidan ozod bo`lishga urindi. Antipatr yunon qo`shinlarini tor-mor qilib, bu yerga makedon garnizonlarini joylashtirdi. Tez orada Antigon, Ptolomey va Antipatr Perdikkani kuchayib ketganidan cho`chib, unga qarshi ittifoq tuzdilar. Perdikkaning hukmronligini tan olmagan Ptolomeyga qarshi Misrga yurish paytida Perdikka yuborilgan qotillar tomonidan o`ldirildi(er.avv.321-yil). Davlat hukmdorligi Antipatrga o`tdi (er.avv. 321-315yillar) Antipatr o`z vorisi etib keksa lashkarboshi Poliperxontni tayinlashi davlatni to`la yemirilishiga olib keldi. Uning buyrug`i bilan podsho oilasi Makedoniyaga ko`chirildi.
Antipatr topshirig`i bilan er. avv. 321-yilda satrapliklar qisman qayta taqsimlandi. Natijada kelajakdagi eng yirik Osiyo davlatining asoschisi Salavk Bobilni o`z qo`liga oldi. Shundan ikki yil keyin, er. avv. 315-yilda Antipatr vafot etdi. U regentlikka voris qilib keksa va tajribali harbiy boshliq Poliperxontni tayinlashga ulgurgan edi.
Ammo yuzaga kelgan bu vaziyat Iskandarning yaqinlari bo`lgan yosh g`ayratli lashkarboshilarni qanoatlantirmadi. Jumladan, Antipatrning bu qaroridan o`z o`g`li Kassandr norozi bo`lib, Poliperxontdan bu lavozimni tortib olish uchun Sharqdagi satraplar Lisimax, Antigon va Ptolemey bilan ittifoq tuzdi. Er. avv. 316-yilda Poliperxont regentlikdan chetlashtirildi. Kassandr butun Yunonistonni egallab oldi. Lekin Kassandrning kuchayib ketishidan Antigon va Iskandarning sobiq kotibi Yevmen norozi bo`ldilar. Iskandar davlatining yaxlitligini saqlab qolishga uringan, separat kayfiyatlarga qarshi natijasiz kurashgan birdan-bir kishi Yevmen edi. U makedon podsholigining “qonuniy” podsholari nomidan harakat qilgan, qator sabablarga ko`ra, hech qanday hudud va qo`shinga ega bo`lmagan birdan-bir diadox edi. Lekin uning qo`lida Iskandar sobiq davlatining turli shaharlarida bosib olingan katta miqdordagi moliyaviy mablag`lar mavjud edi. Yevmen ana shu mablag`lar hisobiga katta yollanma qo`shin to`plab, Bobil va Eronni bosib olishga urindi. Bu xavfga qarshi Antigon Bobil va Midiya satraplari Pifon va Salavk bilan ittifoq tuzdi va Yevmenga qarshi yurish qildi. Er. avv. 316-yilda Gabiyan yonida (Midiya va Eron chegarasi) Yevmen bilan Antigon o`rtasida hal qiluvchi jang bo`ldi. Yevmenning yollanma qo`shinlarini xoinligi jangni Antigon foydasiga hal qildi. Yevmen qo`lga olinib, qatl qilindi. Er. avv. 317-yilda Iskandarning onasi Olimpiada hokimiyatni Roksananing o`g`liga qoldirish uchun Filipp Arridey va uning xotini Evridikani o`ldirishga buyruq berdi. Kassandr podsho oilasini asta-sekin qirib tashladi. Olimpiada Kassandrning taqibidan tirik qolgan oila a`zolari bilan Makedoniyadagi yaxshi mustahkamlangan Pidna shahriga yashirindi. Lekin Kassandr shaharni ochlik bilan tinkasini quritib, taslim bo`lishga majbur qildi. Kassandr Olimpiadani qatl etdi.
Qotil Kassandr Roksananing o`g`li Iskandar voyaga yetguncha makedoniyani boshqarish huquqini oldi. Iskandarning kichik qizi Fessalonikaga uylangan Kassandr Iskandarning o`g`li tirik bo`lganidan bezovta edi. Kassandrning topshirig`i bilan Amfiopol hokimi nazorati ostida turgan Roksana va uning o`g`li yashirincha o`ldirilib, dafn qilindi(er. avv. 311-yil yoki 310-yil). Bir necha yildan so`ng Kassandr keksayib qolgan Poliperxont bilan yashirin shartnoma tuzdi. Bu shartnomaga ko`ra Poliperxont Iskandarning Barsinoyadan bo`lgan o`g`li Gerkulesni zaharlab o`ldirishi kerak edi. Bu yovuzlikni amalga oshirgach, keksa Poliperxont Etoliya va Epirda o`ziga berilgan yer mulkda yashab, siyosiy hayotdan chetlashdi. Iskandarning katta opasi Epirning beva malikasi Kleopatra Sard shahrida yashar edi. Ptolomey uylanish uchun Kleopatrani qo`lini so`radi. Antigon esa Kleopatrani uning o`z oqsochlari tomonidan o`ldirtirdi va keyin esa malikani oqsochlari bilan birgalikda dabdabali dafn etdi. Yuzaga kelgan bu vaziyat diadoxlarni o`z hududlarida o`z podsholik hokimiyatlarini o`rnatishga intilishlari uchun hech qanday rasmiy to`siq qolmaganini bildirar edi.
Diadoxlar o`rtasidagi urushlar uzoq davom etib, Yunoniston, Misr, Kichik Osiyo va Mesopotamiya asosiy jang maydonlariga aylandi. Er. avv. 306-yilda Antigonning o`g`li Demetriy Poliorket (“shaharlarni qamal qiluvchi”) makedon garnizonlarini Yunonistondan haydab yubordi. Afina va Megarada erkinlik va demokratiya e’lon qilindi. Er. avv. 306-yilda Antigon, keyinroq Ptolemey, Lisimax, Salavk va Kassandr o`zlarini podsho deb e’lon qildilar.
Salavk, Ptolomey va Lisimax birlashib, o`z davlatlarini mustahkamlash uchun Antigonga qarshi urush olib bordilar. Er.avv. 301-yilda Frigiyadagi Issa yonidagi jangda 80 yoshli Antiox o`ldirildi. 297-yilda Kassandr, 285-yilda Demetriy Poliorket, 281-yilda Lisimax, 283-yilda Ptolemey Lag, 281-yilda Salavk vafot etdi. Iskandarning safdoshlari va bevosita merosxo`rlaridan so`nggi diadox bo`lgan Salavkning halokati bilan diadoxlar davri tugadi. Ularning o`rniga ellin podsholari (Epigonlar) avlodi keldi.
Iskandar vafotidan so`ng, uning eng yaqinlari diadoxlar o`rtasidagi 40 yillik urush natijasida Iskandar davlati xarobalarida 3 asosiy eng yirik podsholiklar: Makedoniya (unga bo`ysundirilgan Yunoniston), Misr (Suriyaning janubiy qismi va Kichik Osiyoning ba’zi viloyatlari) va Salavkiylar davlati (Osiyo mulklarining asosiy qismi) tashkil topdi. Ulardan tashqari, ellin davrida bir qancha katta-kichik davlat birlashmalari: Pergam, Vifiniya, Pont. Kappadokiya, Yunon-Baqtriya va Parfiya podsholiklari mavjud edi.
Aleksandrning qisqa muddatli hukmronligidan keyin kamida besh asr davomida yunon madaniyati g’arbdagi Rimdan sharqdagi Gangagacha butun yo‘l bo‘ylab aks etdi2.

Download 29.3 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling