Mavzu: Aleksandr Makedonskiy tangalari
Makedonskiyning O‘rta Osiyoga yurushi
Download 49.62 Kb.
|
Aleksandr Makedonskiy tangalari
3. Makedonskiyning O‘rta Osiyoga yurushi.
Miloddan avvalgi 329-yilda makedoniyalik Aleksandr qo‘shinlari Amudaryodan o‘ta boshladi. Aleksandming jangchilari bu to‘siqdan o‘tib oldilar. Qo‘shinlar qarshisida esa Navtaka (Qashqadaryo vohasining sharqiy qismi) Maroqand turar edi. Miloddan avvalgi 329-yilda makedoniyalik Aleksandr qo‘shinlari Maroqandni egalladilar. Aleksandr qo‘shinlarning bir qismini qoldirib, o‘zi esa qurushkat (Kiropolis) shahrini bosib olish uchun asosiy kuchlar bilan Sirdaryo qirg‘oqlari sari ketadi. Rivoyatga ko‘ra, bu shaharga fors shoqi Kir II asos solgan ekan. Sug‘diyona xalqi bosqinchilarga qarshi kurashga ko‘tarildi. Tez orada Sug‘diylarga baqtriyaliklar, sak va massagetlar qo‘shiladilar. Qo‘zg‘olonga iste’dodli rahbar va qo‘mondon Spitamen boshchilik qiladi. Ancha qo‘shin to‘plagan Spitamen Maroqandni qurshovga oldi. Aleksandr qamalda qolganlar uchun mingga yaqin jangchidan iborat qo‘shin jo ‘natadi. Qadimda “Politimet” deb ham atalgan Zarafshon daryosi bo‘yida makedonlarga pistirma qo‘ygan Spitamen dushman guruhini tamomila qirib tashlaydi. Shunda Aleksandming o‘zi qo‘zg‘olonni bostirishga otlanadi. Yunonlarning katta kuchlari yaqinlashib kelayotganidan xabar topgan Spitamen qamalni to‘xtatadi, o‘z qo‘ shinlarini sahro sari boshlab ketadi. Saklar va massagetlarga qarshi kurash uchun Aleksandr Sirdaryo bo‘yidagi Xo‘jand yaqinida bir tayanch manzil barpo etish to‘g‘risida buyruq beradi. Bu qaPa Aleksandriya Esxata (Uzoq Aleksandriya) deb ataldi. Aleksandr Maroqandda gamizon - himoya kuchlarini qoldirib, asosiy qo‘shinlari bilan qishlov uchun Zariasp (Baqtriya)ga jo ‘nadi. O‘sha yilning bahorida Aleksandr qo‘zg‘olonni bostirish chorasini ko‘radi. O‘z lashkarini uch qismga bo‘lib, Sug‘diyonaning u boshidan bu boshigacha kezib chiqadi va tinch aholining 120 ming nafarini qirib tashlaydi. Miloddan avvalgi 328-yil kuzida Spitamenning Aleksandr bilan hal qiluvchi jangi boiib o‘tdi. Kuchlar teng bo‘lmaganidan Spitamen yengilib, cholga chekinadi. O‘rta Osiyo yerlarini bosib olish uchun Aleksandr deyarli uch yil urindi, biroq uncha katta boimagan hududni: Marg‘iyona, Baqtriya, Sug‘diyona va hozirgi Bekobod va Xo‘janddan iborat Sirdaryo bo‘ylarini bo‘ysundirishga muvaffaq boldi. Xorazm, Toshkent vohasi va Farg‘ona mustaqilliklaricha qoldilar. Spitamen qo‘zg‘oloni bostirilishiga qaramay, yunon-makedon qo‘shinlari birinchi bor qator mag‘lubiyatga uchradilar. Yunon-makedon qo‘shinlarining bosqinchilik yurishlari O‘rta Osiyo yerlarini xarobazorga aylantirdi, aholining katta qismi qirilib ketdi. Ko‘plab shaharlar vayron etildi. Yunon tarixchiiarining yozishicha, Makedoniyalik Aleksandr O‘rta Osiyoda 12 ta shahar qurdirgan. Bu shaharlar uning nomi bilan Oksdagi Aleksandriya, Aleksandriya Esxata, Marg‘iyona Aleksandriyasi va hokazo tarzida atalgan. Ularning ba’zilari vayron etilgan Sug‘diyona va Baqtriya shaharlari o‘rnida, boshqalari esa tayanch qala sifatida yangidan qurilgan. Bu shaharlarda yunon-makedon piyoda, otliq askarlari joylashdi. Miloddan avvalgi 324-yildan boshlab bu askarlarning siyraklashgan saflari Makedoniya tartibida qurollantirilgan Baqtriya va Sug‘diyona yoshlari hisobiga to‘ldirilgan.4 Download 49.62 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling