Mavzu: Aleksandr Makedonskiy tangalari


Aleksandr Makedonskiy tangalari


Download 49.62 Kb.
bet2/5
Sana12.02.2023
Hajmi49.62 Kb.
#1191863
1   2   3   4   5
Bog'liq
Aleksandr Makedonskiy tangalari

Aleksandr Makedonskiy tangalari. Eramizdan avvalgi IV asrning uchinchi choragida qudratli Ahamoniylar saltanati Aleksandr Makedonskiy qo‘shinlari zarbasidan quladi. Makedoniyada Aleksandrgacha otasi Filipp II (er. av. 359-336) pul islohotini o‘tkazib, oltin (oltin tangalar shoh nomi bilan “Filippik” deb atalgan) va kumush tangalar zarb etgan. Filipp II vafotidan so‘ng, Aleksandr Makedonskiy o‘z tangalarini eramizdan avvalgi 334 yilda 22 yoshida zarb etgan.
1930 yilda Marmar dengizidagi Shahzoda nomli orollardan qadimshunoslar tomonidan eramizdan avvalgi IV asrga oid oltin va elektra tangalari xazinasi topilgan. Tadqiqotchilar tomonidan bu xazinani eramizdan avvalgi 334 yilda armiyaning bu yerga yaqinlashib kelayotganidan havotirga tushib, bir savdogar yoki boy yashirgan, bo‘lishi mumkin, deb taxmin qilingan.
Eramizdan avvalgi 329-327 yillarda Aleksandr Makedonskiy tomonidan Markaziy Osiyo zabt etildi. Aleksandr Makedonskiy yurishlari natijada uning bosib olgan hududlarida ellinizm davri boshlangan - bu davr nafaqat madaniyatda balki tangalarda ham o‘z aksini topgan.
Filipp II faqat o‘z nomi bilan tangalar zarb etgan bo‘lsa, Aleksandr Makedonskiy “Vasilevs Aleksandr” - podshoh Aleksandr nomi bilan zarb etgan tangalarda o‘zining yakka hokimligini ta’kidlagan. “Vasilevs” - tituli Aleksandr Makedonskiyning siyosatini bildirar edi. Aleksandrdan keyin barcha shohlar bu nom bilan o‘zlarini ataganlar. Shunday nom bilan o‘zlarini fors podshohlari ham atagan edilar.
Aleksandr Makedonskiyning oltin tangalarida Aleksandrning va Afina ma’budasining bo‘rtma portreti tasvirlangan, kumush tangalarida esa Aleksandr tasvirining bo‘lishi uning xudo deb ulug‘langanidan dalolatdir.
Aleksandr Makedonskiy tangalarida uning qudratini oshib borishi jarayonini quyidagicha kuzatish mumkin:
* hukmronlikning dastlabki davridagi tangalarda uning inson qiyofasidagi tasviri kuzatiladi;
* ulkan hududni zabt etgach, Aleksandr Makedonskiy sher terisini yopingan ma’bud Gerakl tasvirida gavdalantirilgan;
* keyinchalik esa o‘zining esa sher terisini yopingani tasvirlangan. Tanganing aversida qiyofasi Aleksandrga o‘xshab ketadigan, sher terisi yopingan Gerakl, reversda qo‘lida qush tutgan Zevsning taxtda o‘tirgan qiyofasida Aleksandrning o‘zi tasvirlangan. (Aleksandr Makedonskiy tetradrahmalari O‘zbekiston xalqlari tarixi muzeyida saqlanadi va tangashunoslikda eng nodir nusxalardan hisoblanadi.2


Download 49.62 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling