Mavzu: Algebraik ifodalarning Paskalda yozilishi
Hozirjavoblik bilan javob beradigan o`quvchilar bilan suhbatlashish
Download 0.57 Mb.
|
Dars ishlanmasi.........
- Bu sahifa navigatsiya:
- So’rash usuli: -indiviudal -Tarqatma material -amaliy topshiriq O`quvchilar guruhga bulinadi
- Og`zaki Yakka tartibda Tarqatma materiallar 4
- O`quvchilar kerakli joylarini yozib olishadi Ko`rgazma, og`zaki Guruhda
- Yakka guruh Multime-diya kompyuter 6 Xulosa
- Yozma ish Guruh Kitob Darsning borishi: I.
Darsning borishi: I.O’qituvchi o’quvchilar bilan salomlashib yo`qlama o`tkazib oladi. So’ngra dars rejasi qisqacha tanishtiriladi. (5min) Dars rejasi: 1. Sardorlar bellashuvi. Har bir guruh sardori savollar daraxtidagi doira shaklidagi savol kartalaridan uchtasini tanlab, bir-biri bilan savol javob o’tkazadi. O’qituvchi to’g’ri javoblarni belgilab, baholaydi. Har bir to’g’ri javob bir ball hisoblanib, yulduzcha (5ball), kvadrat (4ball), olmacha(3ball), doira(2ball) bilan baholanadi. Qolgan o’quvchilar esa kompyuterlar yordamida olgan bilimlarini mustaxkamlash maqsadida o’tilgan va yangi mavzuga doir berilgan testlarni bajaradilar va avtomatik baholanadilar.(10min) 2. O’tilgan mavzuni takrorlash. Kompyuter qurilmalariga ta’rif berish. Har ball guruhdan 3 ishtirokchi kartochkalarni tanlaydilar va unda tasvirlangan qurilmani nomi va vazifasi haqida tushuncha beradi. Guruh a’zolari esa o’zlariga berilgan kompyuter qurilmalari haqida klaster usulidagi krosvordni to’ldirib berishadi. Baholash har bir javobga nisbatan qo’yiladi.(10min) 3. O’qituvchi o’tgan mavzuni umumiy qilib tushuntiradi va yangi mavzuga o’tadi.(5min) 4. Yangi mavzu bayoni. O’qituvchi o’quvchilarga yangi mavzuni interfaol seminar usulidan foydalangan holda vazifa qilib bergan va o’quvchilar tayyorlanib kelishgan bo’ladi. O’quvchilar ko’rgazmali qurollar va slaydlar orqali yangi mavzu haqida o’z tushunchalarini o’quvchilarga tushuntiradi, o’qituvchi fikrlarni umumlashtirib o’quvchilarga sodda va tushunarli tarzda bayon qiladi. Asosiy tushunchalarni o’quvchilarga yetkazadi.(25min) 5. Yangi mavzuni mustaxkamlash. Bunda har bir guruh sardori savollar daraxtidagi to’rtburchak savol kartalaridan beshtadan tanlaydi va o’z guruhiga o’qib eshittiradi, guruh a’zolari javob beradi. (10 min) 6. Kim topqir. Bunda har bir guruhdan 2 ishtirokchi doskada berilgan o’tilgan mavzularga doir krosvordni bajaradi, qolgan guruh ishtirokchilari ham guruh bilan o’zlariga berilgan chaynvordlardan fanga oid iboralarni topadilar. Kim ko’p bajarganligiga qarab guruh va ishtirokchilar alohida baholanadi.(5min) 7. Darsga xulosa qilinadi va baholanadi. Vazifa topshiriladi.(10min) Download 0.57 Mb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling