Mavzu: Algebraik ifodalarning Paskalda yozilishi


IV. . O’qituvchi o’tgan mavzuni umumiy qilib tushuntiradi va yangi mavzuga o’tadi.(5min) V. YANGI MAVZU BAYONI


Download 0.57 Mb.
bet5/6
Sana28.12.2022
Hajmi0.57 Mb.
#1020371
1   2   3   4   5   6
Bog'liq
Dars ishlanmasi.........

IV. . O’qituvchi o’tgan mavzuni umumiy qilib tushuntiradi va yangi mavzuga o’tadi.(5min)
V. YANGI MAVZU BAYONI:
Reja:

  1. Internet tarmog’ining tarixi haqida.

  2. Internetning tarkibiy qismlari va resurslari.

  3. Tarmoqning asoyiy mohiyati va ishlash prinsplari.

  4. Internet bilan bog’liq bo’lgan asosiy tushunchalar.

Internet o`z – o`zini shakllantiruvchi va boshqaruvchi murakkab tizim bo`lib, asosan uchta – texnik, dasturiy, axborotli tarkibiy qismlardan tashkil topgan.
Internetning texnik tarkibiy qismi turli rusumdagi kompyuter, aloqa kanallari, tarmoq texnik vositalari to`plamidan tashkil tipgan. Ularning barchasi doimiy va vaqtinchalik asosda faoliyat ko`rsatishi mumkin. Ulardan ixtiyoriy birining ishdan chiqishi tarmoqning umumiy faoliyatiga ta’sir etmaydi.
Internetning dasturiy ta’minoti tarmoqqa ulangan kompyuter va tarmoq vositalarini yagona satandart asosida muloqot qilish, ma’lumotlarni ixtiyoriy aloqa kanali yordamida uzatish darajasida qayta ishlash, axborotlarni qidirib topish va saqlash hamda tarmoqda axborot xavfsizligini ta’minlash kabi muhim vazifalarni amalga oshiruvchi dasturlar to`plamidan iborat.
Internetning axborotli qismi internet tarmoqida mavjud bo`lgan turli electron hujjat, grafik, rasm, audiyoyozuv, videotasvir va h.k. lar ko`rinishdagi axborotlar to`plamidan tashkil topgan. Ular butun tarmoq bo`ylab taqsimlanishi mumkin. Masalan, kompyuterda o`qilayotgan electron darslikning matni bir manbadan, undagi rasmlar va tovush ikkinchi manbadan, videotasvir va izohlar uchinchi manbadan yog`lishi mumkin. Shunday qilib, tarmo`dagi electron hujjatni o`zaro moslashuvchan “giperbog`lanishlar” orqali bir necha manbaalar to`plami ko`rinishida tashkil etish mumkin. Natijada millionlab o`zaro bog`langan electron hujjatlar to`plamidan tashkil topgan axborot muhiti hosil bo`ladi.
Internet – dunyo bo’ylab joylashgan va yagona tarmoqga birlashtirilgan minglab kompyuter tarmoqlari birlashgan majmuidir.Internet malumot almashish standart qoidalari asosida amalga oshiriladi. Internetdagi ma’lumotlarni uzatish standart qoidalari protokollar deb ataladi.
Protokol qoidani belgilaydi. Bu qoida asosida ikkita dastur yoki kompyuter birgalikda xarakatlanadi. Ayrim protokollar ma’lumotlar xarakatini boshqaradi, ayrimlari xabarlar butunligini tekshiradi, yana birlari esa, ma’lumotlarni bir formatdan boshqasiga o’tkazadi.

  • Internetda ikkita asosiy protokoldan foydalaniladi:

  • 1. IP (Internet Protocol) – tarmoqlararo protokol, ma’lumotlarni aloxida paketlarga ajratadi. U qabul qiluvchining manzili (IP - manzil) bo’lgan sarlavha (nomlanishini) ta’minlaydi. Ularning belgilangan punkitga to’g’ri ketma-ketlikda yetib borishi protokol bilan kafolatlanmaydi. Ushbu protokolning muhim vazifalaridan biri –bu marshrutlar (Internet bo’yicha yo’l tanlash. Paketlar shu yo’l bo’ylab uzatiladi.) IP protokolni mantiqiy birikishlarsiz ishlaydi, u xatolarni aniqlamaydi va tuzatmaydi.

  • 2. TCP (Transmission Control Protocol) protocoli – transport darajali protokol – u paketni to’g’ri yetkazib berish uchun javob beradi.

  • Transport daraja – ma’lumotni kompyuterdan kompyuterga yetkazib berishni ta’minlaydi.

  • Tarmoqlararo daraja – manzilgohlar va mashrutlar bo’yicha ishlarni ta’minlaydi.

  • Tarmoqqa kirish darajasi - apparat interfeyslari va ushbu apparat interfeyslari drayverlaridir.

  • Internet – bepoton axborot ummoni. Axborotlar Internetda millionlab web-sahifalarda saqlanadi. Bizga kerakli axborot saqlanadigan web-sahifalar topish uchun uning Internetdagi adresini bilish zarur. Ammo, Internet soat sayin yangi axborotlar bilan boyib boradi. Shuningdek, ba’zi (eskirgan) axborotlar Internet tarmog’idan chiqarib tashlanadi. Internetdagi ko’p qo’llaniladigan web-sahifalar adreslari maxsus spravochniklarda chop etib turiladi. Lekin ulardan to’liq axborot olib bo’lmaydi. Chunki Internetdagi barcha web-sahifalar adreslarini chop etish uchun juda katta hajmli kitob kerak bo’ladi. Bu muammo maxsus Qidiruv tizimlari bilan osonlikcha hal etiladi.

  • Qidiruv tizimi – maxsus web-sahifa bo’lib, Internet tarmog’idan kerakli axborotni izlab topish uchun xizmat qiladi.

  • Hozirgi kunga kelib o’nlab qidiruv tizimlari yaratilgan. Ulardan ko’p qo’llaniladiganlari sifatida Rambler, Aport, Yahoo sahifalarni keltirish mumkin. Har bir qidiruv tizimi Internet tarmog’ida o’z adresiga ega.

  • Masalan, yuqoridagi sanab o’tilgan qidiruv tizimlari mos ravishda www.rambler.ru, www.aport.ru va www.yahoo.com

  • Adreslarga ega. Qidiruv tizimi web-brauzer orqali ishga tushiriladi, ya’ni brauzeming adreslar satriga qidiruv tizimining adresi kiritiladi. Qidiruv tizimlari (web-sahifasi) turli ko’rinishga ega bo’lgani bilan, ularning ishlashi bir xil. Ulardan foydalanishni Rambler qidiruv tizimida ko’rib chiqamiz.

  • Ramblerni ishga tushirish uchun, avval web-brauzer (Internet Explorer)ni ishga tushiramiz. Brauzeming adreslar satriga Rambler qidiruv tizimining adresi www.rambler.ru ni kiritib klavishini bosamiz. Brauzer ma’lumotlar maydoniga Rambler qidiruv tizimining web-sahifasi chiqadi.

Internetdan unumli foydalanish bugungi kunning dolzarb masalasidir. Bu borada elektron pochtadan foydalanish maqsadga muvofiq.
Elektron pochta keng ko’lamdagi vazifalarini bajarishda imkon beradi. U turli xil axborotni olish vositasi bo’lib xizmat qilishi mumkin. Elektron pochta orqali axborot olishning oddiy yo’li javob bera oladigan kishiga savol berishdir. Ko’polab tezkor munozalarda qatnashish, pochta jo’natishning elektron ro’yxatini tashkil etish imkonini beradi. Fikrlar almashinuvi shaklining bunday qoidasi elektron pochtani turli mavzular bo’yicha yig’ish va tarqatisahga asoslangan. Shu maqsadda ma’lum bir muinozara ishtirokchilari bitta ro’yxatga kiradi. Jo’natma ro’yxati (mailing lists) aniq mavzu qiziqtiradigan va u haqida pochta olishini xoxlagan kishilar ro’yxatidir. Elektron pochta guruhining mavzuyi keng yoki tor bo’lishi mumkin. Mavzu bo’yiha mazkur ro’yxatga mos keluvchi barcha ma’lumotlar ishtirokchilar o’rtasida tarqaladi. Agar keladigan ma’lumotlarga sharx yoki javob yoziladigan bo’lsa, bu javob ham ro’yxat bo’yicha ishtirokchilarga tarqatiladi.Faoliyat samaradorligida internet va uning imkonyatlaridan foydalaninsh asosiy maqsadimizdir.



Download 0.57 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling