Mavzu: Algoritmlarning qiymat qabul qilish va o‘zgarish sohalarini loyihalashtirish va tahlil
Download 1.71 Mb.
|
12-mavzu
3-masala. Samolyotda 200 tagacha yo‘lovchi tashish mumkin. Birinchi klassdagi har bir chipta 400 AQSH dollaridan, har bir ekonom-klass chiptasidan 300 AQSH dollaridan foyda keltiradi. Aviakompaniya birinchi klass uchun kamida (minimum) yigirmata joyni zahira sifatida ushlab turadi. Birinchi klassdagiga nisbatan ekonom-klassda sayohat qilishni xohlovchilar soni to‘rt marta ko‘p. Aviakompaniya foydani maksimallashtirish uchun har bir klassdan nechtadan bilet sotishi kerak bo‘ladi? Ushbu masalani chiziqli dasturlash modeli sifatida rasmiylashtiring.
4-masala. Firma bosh og‘rig‘ini qoldiruvchi va o‘lchamdagi tabletkalarni ishlab chiqaradi. o‘lcham 2 dona asprin, 5 dona bikarbonat va 1 dona kodeinlardan tashkil topadi. o‘lcham 1 dona asprin, 8 dona bikarbonat va 6 dona kodeinlardan tashkil topgan. Iste’molchilar darhol samara berishi uchun kamida 12 dona aspirin, 74 dona bikarbonat va 24 dona kodein talab qilinishini aniqlashdi. Iste’molchilar darhol ta’sir qilishi uchun qabul qilishi mumkin bo‘lgan eng kam tabletkalar sonini aniqlash zarur. Ushbu masalani standart chiziqli dasturlash masalasi sifatida rasmiylashtiring 5-masala. Ishlab chiqarish korxonasi ikki xil turdagi belkuraklar ishlab chiqaradi. Ularni tayyorlash uchun metall va yog‘och talab qilinadi. Birinchi turdagi belkurakni tayyorlash uchun 0.04 metall parchasi va 0.004 m3 yog‘och, ikkinchi turdagi belkurak uchun 0.02 metall parchasi va 0.004 m3 yog‘och talab etiladi. Birinchi turdagi belkurakning sotish narxi 60 so‘m, ikkinchi turdagi belkurakning narxi 50 so‘m. Bozorni o‘rganish natijasida 1-turdagi belkurakka talab 2-turdagi belkurakka nisbatan juda yuqori bo‘lib, oyiga 3000 donaga ko‘pni tashkil etadi. Bundan tashqari 2-turdagi belkurakka talab oyiga 15 ming donadan oshmaydi. Ishlab chiqarish korxonasida 300 ta metall parchasi va 60 m3 yog‘och mavjud bo‘lsa, ikkala turdagi belkuraklardan maksimal foyda olish uchun oyiga nechtadan ishlab chiqarishi kerak bo‘ladi? Download 1.71 Mb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling