Mavzu: Alifbe davrida yozuv ko‘nikmalarini shakllantirish. Reja: I. Kirish


Boshlang`ich sinflarda muayyan bo`g`inli so`z tanlash mashqlari


Download 76.26 Kb.
bet6/8
Sana08.04.2023
Hajmi76.26 Kb.
#1342729
1   2   3   4   5   6   7   8
Bog'liq
Alifbe davrida yozuv ko`nikmalarini shakllantirish.

2.2. Boshlang`ich sinflarda muayyan bo`g`inli so`z tanlash mashqlari.
1-sinfda o'quv yilining birinchi yarmida og'zaki va yozma tarzda bo'g'inlarga
bo'lish, shuningdek, o'qituvchi topshirig'iga ko'ra, muayyan bo'g'inli so'z tanlash
mashqlari har kuni o'tkaziladi. So'zni bo'g'inlarga to'g'ri va tez bo'lish ko'nikmasini
hosil qilish 1- sinfda o'tkaziladigan muhim mashqlar qatoriga kiradi.
O'quvchilar o'qish va yozish jarayonini egallashda mana shu ko'nikmaga
tayanadilar. O'zbek grafikasida bo'g'in tamoyili yetakchi tamoyil hisoblanadi.
O'quvchi so'zni to'g'ri yozish uchun uni avval bo'g'inlarga bo'ladi. Bo'g'inlardagi
tovushlarning o'zaro bir- biriga ta'sirini aniqlaydi, undosh va unli tovushlarni
ifodalash uchun zarur harflardan foydalanadi. O'quvchi shunday muhokama
yuritadi: «Bayroq» so'zida ikki bo'g'in bor. Birinchi bo'g'inga bay; be, a, ye
harflarini, ikkinchi bo'g'inga roq: yer, o, qe harflarini yozaman.
O'quvchi so'zni bo'g'nlarga bo'lish, bo'g'indagi har bir tovushning o'rnini, tartibini aniq ko'z oldiga keltirib, bo'g'inlab aytish ko'nikmasiga ega bo'lsa, so'zdagi harflarni tushirib qoldirmay, o'rnini almashtirmay yoza oladi. Shuning uchun bo'g'in ustida ishlashga so'zni bo'g'inlab ko'chirib yozish, bo'g'inlab diktovka bilan yozish (bo'g'inlab izohlab yozish) mashqlarini ham kiritish lozim. Ikkinchidan, so'zni bo'g'inlarga bo'lish ko'nikmasi o'quvchilar uchun so'zning oldingi qatorga sig'may qolgan qismini keyingi qatorga bo'g'inlab to'g'ri ko'chirish uchun zarur. O'quvchilar «So'zlar bir yo'ldan ikkinchi yo'lga bo'g'inlab ko'chiriladi» va «Bir harfdan iborat bo'g'inni oldingi yo'lda qoldirib yoki keyingi yo'lga ko'chirib bo'lmaydi» degan asosiy bo'g'in ko'chirish qoidalarini 1- sinfda o'rganadilar. Oddiy tuyulgan birinchi qoida ham so'zni bo'g'inlarga bo'lish, bo'g'in ko'chirish qoidasiga mos keladigan maktab, Ra'no, singil kabi so'zlar misolida juda ko'p mashqlar bilan
mustahkamlashni talab etadi. Bolalar, ayniqsa, singil, ko'ngil, tongi kabi so'zlarni
bo'g'inga bo'lishda qiynaladilar, chunki bu so'zlarda bitta jarangli undosh tovush ng
harf birikmasi bilan ifodalanadi.

Bu so'zlarni bo'g'inga bo'lishda bu ikki harf singlim, ko'ng-lim, tong-gi so'zlaridagi kabi oldingi bo'g'inda qolishi, yoki si-ngil, ko'ngil, to-ngi so'zlaridagi kabi keyingi bo'g'inga ko'chirilishi kerak. (Bir tovushni ifodalagan harfni ikkiga bo'lib bo'lmaydi.) Keyingi qoida esa aka, ota, osha, mudofaa, mutolaa kabi so'zlar misolida yanada kuprok mashq bilan o'rgatish va mustahkamlashni talab etadi. Bu qoidalar keyingi sinflarda yangi murakkabroq so'zlar misolida mustahkamlab boriladi.




Download 76.26 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7   8




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling