Мавзу: Алишер Навоий хаёти ва ажоди
Olib tufroqqami ketgumdir oxir”
Download 7.17 Mb.
|
\'\'Farhod va Shirin\'\'dostoni
- Bu sahifa navigatsiya:
- 666” , “74 “, “139” , “21” , “30” ,” 9 “,” 911” 1.”666”
Olib tufroqqami ketgumdir oxir”
I. Darsning borishi: Tashkiliy qism: Salomlashish, davomatni aniqlash, siyosiy va ma’naviyat daqiqasi tashkil etish. O`quvchilar tomonidan gazeta, jurnal va televideniyada namoish etilayotgan ajdodlarimizdan Alisher Navoiy va Zahiriddin Muhammad Bobur haqida o`zlari o’rganib kelgan ma`lumotlari birin-ketin aytib o`tabilar. O’qituvchi tomonidan o’quvchilarga “ Raqamlar tilga kirganda “ uslubidan foydalangan holda savollar beriladi ,ya’ni turli sana va qarorlarning nomlarini anglatuvchi raqamlar ko’rsatiladi.O’quvchilar raqamlar ma’nosini va qanday nomlanishini aytadilar. Bular quyidagilar: “666” , “74 “, “139” , “21” , “30” ,” 9 “,” 911” 1.”666”-O’zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining qarori: o’quvchilarni zamonaviy yagona maktab formasi bilan ta’minlash chora-tadbirlar to’g’risida; 2. “74”-Maktab o’qituvchi va o’quvchilarining odob-axloq qoidalari to’g’risida; 3. “139”-Ta’lim muassalarida mobil telefonlardan foydanishni tartibga solish chora tadbirlari to’g’risida; 4. “21”-Ozbek tiliga Davlat tili maqomi berilgan kun, shorimiz Abdulla Oripovning tavallud topgan kuni; 5. “30”-Birinchi Prezidentimiz I.A.Karimov tavallud topgan kun, O’zbek tiliga Davlat tili maqomi berilganligining 30 yilligi; 6. “911”- Odam savdosiga qarshi kurashish samaradorligini oshirish chora- tadbirlari to’g’risida; 7.”9”- G’azal mulkuning sultoni Alisher Navoiy tavallud topgan kun ,yirik davlat arbobi Amir Temur tavallud topgan kun. Sinf o’quvshilari guruhlarga bo’linadi va guruhlar “Navoiy” va “Foniy” deb nomlanadi. Har bir guruhdan bir o’quvchi chiqib ,o’zlarining guruh nomlarini “Muvashshah” va “Tarmoqlash”usuli yordamida izohlab beradilar, o’tgan mavzuga doir bo’lgan savollarga javob beradilar va ular rag’bat kartochkalari bilan dars yakuniga qadar baholanib boriladi. II. O`tgan mavzuni mustahkamlash: O`tgan mavzu ”Gerbariylar yig’ish’’ tarqatmasi asosida mustahkamlanadi. Har bir o`quvchidan o`zi bеrgan javobini izohlash talab qilinadi. 1. Alisher Navoiy qachon qayerda tug’ilgan? (1441-yil 9-fevralda Hirotda) 2. Xamsachilik an’anasini kim boshlab bergan? (Nizomiy Ganjaviy) 3. Alisher Navoiy kimlarning asarlarini sevib mutolaa qilgan? (F.Attor, N. Ganjaviy, Sh. Sa’diy, X. Dehlaviy) 4. Yana kimlar “ Xamsa “yozgan? (Dehlaviy va Jomiy ) 5. “Foniy” so’zining ma’nosi? (Vaqtincha) 6. Navoiy “Xamsa”si nechta dostondan iborat? (5 ta) 7. Butun turk dunyosi Navoiyni qanday sifat bilan tilga oladi? ( “Shams ul-millat” – millat quyoshi) 8. Turkiy tilning asoschisi kim? ( Alisher Navoiy) 9. Kimning qaysi asari yosh Alisherning butun hayolini egallab oladi? (Fariruddin Attorning “Mantiq ut-tayr” asari) 10. Navoiyning “Orazin yopqoch...” deb boshlanuvchi baytiga 10-12 ming misra merosini almashtirishga rozi bo’lgan Ijodkor kim edi? (Mavlono Lutfiy) III. Yangi mavzu bayoni: Alisher Navoiyning “Farhod va Shirin” dostoni.Qahramonlar tahlili Darsning rejasi: 1. “Farhod va Shirin” dostoni haqida 2. Dostondagi ijobiy va salbiy timsollar 3. Mening sevimli qahramonim “Xamsa”ning bu ikkinchi dostoni ishqiy-sarguzasht mavzusida yozilgan bo’lib, hajmi -5782 baytdan iborat .Aruzning hazaji musaddasi mahzuf vaznida yozilgan .Navoiy bu asarni “Shavq dostoni “deb ataydi .Sababi unda ish kuylanadi, ishq talqin qilinadi ,ishq uiug’lanadi.Bu shunday ishqki ,u insonni poklaydi , ezgulik sari yetaklaydi ,unga o’zligini tanitadi ,komillik sifatlarini tarbiyalaydi .Chunki u odamga ,olamga , butun borliqqa mehr bilan ,muhabbat bilan yo’g’rilgan va oxir borib , Yaratganning o’ziga ulashib ketadigan ishdir .Dostonda Navoiyning komil inson haqidagi orzu –o’ylari ifoda etilgan. Ijodda o’ziga xoslikka intilgan adib o’zigacha bo’lgan bu doston an’anasiga ijodiy yondashadi .Doston Navoiygacha “Xusrav va Shirin “shaklida mashur edi. Ularda markaziy timsol shoh Xusrav edi . Lekin u komillikdan yiroq ,ishda beqaror ,muhabbatdan toj-taxtni ustun bilguvchi shaxs edi.Shuning uchun Navoiy uni Shirinning muhabbatiga ham , yozilajak dostondagi yetakchi timsol darajasiga ham loyiq ko’rmaydi .U Farhodni bosh qahramon qilib oldi va bu bilan dostonning qurilishini ,mazmunini tamomila o’zgartirdi.Mazkur o’zgarish xamsachilikka shoir kiritgan eng katta o’zgarish bo’ldi. Doston haqida qisqacha ma’lumot berilgandan so’ng ,guruhlardan o’quvchilar navbatma –navbat o’z fikrlarini bayon qiladilar ,yani asar mazmuni yoritiladi . Har bir o’quvchi rag’bat bilan baholanib boriladi. Dars mobaynida asar qahramonlarini ijobiy va salbiy guruhlarga ajratilib ,har biri tahlil qilinadi ,asarda uchragan tushunarsiz bo’lgan so’zlar lug’atini o’quvcnilar lug’at daftarlariga yozishadi. Shabiston - tungi yotoqxona Mehri olamoroy - olamni yorituvchi quyosh Vard - atirgul Nigin - uzuk,uzukning ko’zi ,muhr Pesha - kasb, hunar Asror - sirlar Ashk - ko’z yoshi Malak - farishta Huvaydo - ayon ,ravshan Tarmoqlash” klastеr usuli yordamida guruhlarga Farhod va Shirin timsollari haqida ma’lumotlar yozish kerakligi tushuntiriladi. Har bir guruhdan o’quvchilar yozuv taxtasiga chiqib, birin-ketin ma’lumotlar yozadilar. IV. Yangi mavzuni mustahkamlash “Quvnoq charhpalak” o`yinini o`tkazish orqali mavzu mustahkamlanadi. Bunda guruhlardagi o’quvchilardan navbatma – navbat charhpalakni aylantirishadi va qaysi qahramon tanlansa ,o’sha qahramonni tahlil qilishadi . V. O`quvchilarni baholash: Dars yakunida guruhlar to’plagan rag’bat va jarima ballar hisoblanib ,g’olib guruh aniqlanadi.O’quvchilarning baholari sinf jurnaliga va kundaliklariga qayd qilinadi . VI. Uyga vazifa: Mening sevimli qahramonimga maktub yozish Foydalanilgan adabiyotlar: 1. I. A. Karimov “Yuksak manaviyat-yengilmas kuch”. T.: 2012 yil 2. Q.Yo’ldoshev “Adabiyot” 9-sinf darslik. T.: 2019 yil 3. B. To`htaliyev “Alisher Navoiy hayoti va ijodi”. T.: 2013 yil 4. “Til va adabiyot ta`limi” jurnali. T.: 2015 yil 12-son. 5. “Til va adabiyot ta`limi” jurnali. T.: 2015 yil 1-son. Download 7.17 Mb. Do'stlaringiz bilan baham: |
ma'muriyatiga murojaat qiling