Mavzu: Alisher Navoiy”Xamsa”sining vazn xususiyati


Download 14.73 Kb.
Sana18.02.2023
Hajmi14.73 Kb.
#1212853
Bog'liq
Alisher Navoiy”Xamsa”sining vazn xususiyati



Mavzu: Alisher Navoiy”Xamsa”sining vazn xususiyati
Alisher Navoiyning epik she’riyati ham tatabbu’ asosida yaratilgan bo‘lib, uning “Lison ut-tayr” dostoni Farididdin Attorning “Mantiq ut-tayr” dostoniga, “Xamsa” tarkibidagi dostonlar esa Nizomiy Ganjaviy, Xusrav Dehlaviy va Abdurahmon Jomiy dostonlariga tatabbu’ tarzida vujudga kelgan. Baroati istehlol (ar. baroat − bir sohada ustunlik, istehlol − yangi oyni ko‘rish talabi) − asarning qaysi mavzuga bag‘ishlanganiga ishora qilishga asoslangan san’at. Bunda muallifning asar debochasi, masnaviy, qasida yoki marsiya avvali, kitobning bob va fasllari boshida keltirgan so‘z va fikrlaridan o‘quvchi asar va uning muayyan bobining mavzu va mundarijasi, asosiy mazmunini bilib oladi. Masalan, Alisher Navoiyning soqiynomasida ustozlarga bag‘ishlangan o‘rinlar bor. Shulardan biri Jomiyga bag‘ishlangan band bo‘lib, ushbu bandning boshida keltirilgan quyidagi bayt baroati istihlolga misol bo‘la oladi: Soqiyo, jom ketur daryovash, Ki zamone bo‘layin daryokash. “Xamsa” dostonlari boblarining nasriy sarlavhalari ham baroati istihlolning o‘ziga xos namunasi bo‘lib, kitobxon uchun bobning g‘oyaviy mundarijasini anglashda yo‘l ko‘rsatkich bo‘la oladi deyish mumkin. Masalan, “Layli va Majnun” dostonining 20-bobi sarlavhasi quyidagicha: “Majnunning atosi ani ishq bodiyasidin kelturub, Ka’ba tavofig‘a olib borg‘oni va ul munojot bahonasi bila ko‘nglidagi chirni yozg‘oni va duo qilmoq taronasi bilan xotiridag‘i maxfiy maqosidin tilidin chiqarg‘oni va Arafot ahlidin arasot qo‘porg‘ani”. Shuningdek, tazminning taxmis va tasdis bilan bog‘liq turlari ham bo‘lib, biz bu haqda musammatlar haqidagi mavzuda fikr yuritdik. Tatabbu’ (ar. – biror narsaning izidan borish; kuzatish) – o‘zga bir shoir she’ridan ta’sirlanib, undagi vazn, qofiya va radifni saqlagan holda asar yaratish. Nazira, o‘xshatma va javobiya deb ham yuritiladi. Tatabbu’ Musulmon Sharqi adabiyotida adabiy aloqa va o‘zaro ta’sirning keng tarqalgan shakllaridan bo‘lib, salaflar yoki zamondosh shoirlar bilan muayyan tarzda o‘zaro ijodiy musobaqaga kirishish bilan bog‘liq an’ana hisoblangan. Bunda musobaqalashayotgan shoir biror asarga javob bitar ekan, unga ijodiy yondashishi, tanlangan mavzu, vazn va qofiya doirasida yangi fikr ayta olish imkoniyatiga ega bo‘lishi talab qilingan. Tatabbu’ she’riyatning istalgan janri yoki shakli asosida: farddan dostongacha yozilishi mumkin. Mumtoz she’riyatimizda, xususan Alisher Navoiy ijodida tatabbu’ asosan g‘azal, qasida va doston shaklida bitilgan. Navoiyning lirik tatabbu’lari “Devoni Foniy” tarkibidan o‘rin olgan bo‘lib, ular ulug‘ shoirning o‘z salaflari va ustozlariga yuksak ehtiromi mahsulidir. Devondagi g‘azallarning 300 dan ortig‘i aynan tatabbu’ asosida yaratilgan bo‘lib, eng ko‘p tatabbu’ Hofiz Sheroziy g‘azallariga bog‘langan (200 dan ortiq). Alisher Navoiyning nasriy asarlarida, devonlar debochalarida, “Xamsa” sarlavhalarida iqtibos san’atidan keng foydalanilgan. Aqd (ar. – ikkita narsani bir-biriga mustahkam bog‘lamoq, tugish) – Qur’on oyatlari va hadislar matnini she’riy asarlarda vazn va qofiya talabiga muvofiq juz’iy o‘zgartishlar bilan keltirish san’ati. Chekmay falak lutfung tuni, juz zikr ila tasbih uni, Odam debon qahring kuni har dam “zalamno rabbano”.
Download 14.73 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling