Mavzu almashilab ekishni loyihalashtirish va joriy etish
ALMASHLAB EKISHNI LOYIHALASHTIRISH, JORIY ETISH YA 0 ‘ZLASHTIRISH
Download 213.53 Kb.
|
TURG\'UNBOYEV AHMAD
- Bu sahifa navigatsiya:
- ALMASHLAB EKISHNI LOYIHALASHTIRISH, JORIY ETISH YA 0 ‘ZLASHTIRISH
- Loyihani amalga oshirish rejasi.
ALMASHLAB EKISHNI LOYIHALASHTIRISH, JORIY ETISH YA 0 ‘ZLASHTIRISH Almashlab ekishni loyihalashtirish xo'jalikning asosiy yo'nalishi, tuproq-iqlim sharoiti, suv va mehnat resurslari hamda texnika bilan ta’minlanganlik darajasini aniqlashdan boshlanadi. Ana shular asosida tashkiliy-xo'jalik rejasi tuziladi. Uning asosiy qismi yer tuzish va undan oqilona foydalanish hamda almashlab ekishni joriy etishdan iborat bo'ladi. Almashlab ekishni loyihalashtirish uchun tuproq sharoiti haqidagi barcha ma’lumotlar o'iganiladi. Xo'jalikda tuproqlar tekshirilib chiqiladi va bu tuproqlardan foydalanish bo'yicha tavsiyalar ishlab chiqiladi
Loyihani amalga oshirish rejasi. Bu loyihalashtirishning oxirgi bosqichi hisoblanadi. Unda ko'zda tutilgan tadbirlami o'tkazish navbati va muddati, hajmi, qiymati hamda yaxshi tashkillashtirish uchun tavsiyalar beriladi. Loyiha muhokama qilingandan so‘ng, yer tuzish ishlari amalga oshiriladi. Dalalaming chegaralari aniqlanadi. Yer tuzish ishlari tugagandan so‘ng, almashlab ekish joriy etilgan hisoblanadi. Keyin qilinadigan ishlar almashlab ekishni qisqa vaqt ichida o‘zlashtirishdan iborat. Almashlab ekish sxemasida ko'rsatilgan ekinlar belgilangan dalaga joylashtirilsa almashlab ekish o'zlashtirilgan hisoblanadi. Almashlab ekishni o'zlashtirish uchun o ‘tish jadvali tuziladi (13-jadval). O'tish jadvalida 2-3 yil davomida ekinlaming joylashuvi ko'rsatiladi. Ba’zan o'zlashtirish uchun ko'proq vaqt ketishi ham mumkin. Keltirilgan jadvaldan ko'rinib turibdi-ki, 3:6 beda-paxta almashlab ekishdan 1 don : 2 beda : 3 g‘o‘za : 1 don: 2 g‘o‘za almashlab ekishga o'tish uchun 3 yil ketgan, ya’ni to'rtinchi yili yangi almashlab ekish to‘liq o'zlashtirilgan. Almashlab ekishning to ‘g‘ri olib borilishini na- zorat qilish rotatsion jadval va dala tarixi kitobi yordamida amalga oshiriladi.
Download 213.53 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling