Mavzu: Alsgeymer kasalligining molekulyar mexanizmi
Download 10.5 Kb.
|
munisa
O’zbekiston Milliy Unversiteti Jizzax filliali “Amaliy matematika “fakulteti Biotexnalogiya yo’nalishi 50-21-guruh talabasi Po’latova Munisaning Biokimyo va molekulyar bialogiya fanidan tayyorlagan MUSTAQIL ISHI. Tekshirdi:Mustafaqulov Muhammadjon Abduvaliyevich.Mavzu:Alsgeymer kasalligining molekulyar mexanizmi. Re’ja: 1.Alsgeymer kasalligi nima. 2. Alsgeymer kasalligi alomatlari. 3.Alsgeymer sabablari. 4. Alsgeymerda qo’llab-quvvatlovchi terapiya.Alsgeymer — xotirani yo’qotish yoki demensiyaning eng keng tarqalgan shakli hisoblanadi. Kasallik odatda 65 yoshdan oshgan odamlarda aniqlanadi, ammo u erta yoshda ham paydo bo’lishi mumkin. Ko’pincha kasallik qisqa muddatli xotiraning buzilishidan boshlanadi. Ya’ni, odam yaqinda olingan ma’lumotlarni osongina unutadi va shu bilan birga uzoq o’tmishga oid faktlar va ma’lumotlarni osongina eslay oladi. Keyinchalik uzoq muddatli xotira ham buziladi va boshqa bir qator alomatlar paydo bo’ladi. Kasallikning erta yoshdagi ko’rinishini gen mutatsiyasi bilan o’zaro bog’lash uchun sabablar mavjud. Shuningdek, genetiklar yaqin qarindoshlari Alsgeymer kasalligiga chalinganlarni xavf ostida deb hisoblashadi. Kasallik paytida tanada bir qator patologik jarayonlar sodir bo’ladi. Masalan, miya to’qimalarida oqsillar noto’g’ri shakllanadi — amiloid beta va tau oqsillarining kontsentratsiyasi. Blyashka kichik peptidlardan hosil bo’ladi. Senil blyashkalari ham paydo bo’ladi. Bundan tashqari, neyronlarning va sinaptik birikmalarning «yo’qolishi» sodir bo’ladi. Bu miya yarim korteksining ayrim joylarini atrofiyasiga olib keladi. Oddiy qilib aytganda, asab hujayralarining yo’q bo’lib ketishi ko’p miqdorda bo’ladi. Asab impulslarini o’tkazishda zarur bo’lgan moddalar yetishmaydi. Kasallik asta-sekin rivojlanib boradi.Afsuski, so’nggi paytlarda Alsgeymer tobora keng tarqalmoqda va «yosharmoqda». Bu kasallik hozirda 45-65 yoshdagi odamlarda uchramoqda. Xavfli guruhga qarindoshlar ushbu kasallikdan aziyat chekadiganlardan tashqari, hayotining intelektual faoliyat bilan bog’liq bo’lmagan odamlar, qandli diabet va ortiqcha vazn, surunkali gipoksiya, bosh tomirlarining aterosklerozi va boshqa kasalliklarga chalingan kishilar kiradi.Download 10.5 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling