Mavzu: amaliy mashg’ulotlarga tayyorgarlik reja


Download 36.04 Kb.
bet2/6
Sana22.11.2023
Hajmi36.04 Kb.
#1794771
1   2   3   4   5   6
Bog'liq
AMALIY MASHG’ULOTLARGA TAYYORGARLIK

Seminar - bu ta’lim beruvchi bilan ta’lim oluvchilarning qo’yilgan maq-sadni birgalikda amalga oshirishga qaratilgan faoliyatini ta’minlashning tashkiliy shaklidir.


Seminarning o‘quv jarayonida tutgan o‘rni, bilim zaxirasiga ta’siri, asosiy funksiyalari va turlari

Ta’limning seminar shakli qadimgi Yunon va Rim maktablarida paydo bo‘lgan. Keyinchalik G‘arbiy Yevropa universitetlarida rivojlantirilgan. Bu uni-versitetlarda seminar talabaning adabiyotlar, manba ustida ishlashi vazifasini o‘tagan. XX asr boshlaridan seminar darslari talabalarning umumiy ilmiy dun-yoqarashini kengaytirishda, ularni muayyan fan tarixidagi muhim muammo va tadqiqotlar bilan tanishtirishda katta rol o‘ynay boshlagan. Hozirgi kunda seminarlarni quyidagi turlarini ko’rsatish mumkin:




SEMINAR TURLARI




O‘rganilayotgan fan
yoki kursni chuqur
o‘rganishga yordam
beradigan seminar
darslari

Ayrim muammo, muhim mavzuni o‘rganish uchun o‘tkaziladigan il-miy seminarlar

Tadqiqot
xarakteridagi
seminarlar.

Seminar -treninglar
Hozirgi paytda ularn
o’tkazish keng
qo'llanilmoqda



Seminar mаshg’ulоti quyidagi funksiyalarni bajaradi:

  1. Talabalarga professional ta’lim berish va tarbiyalash;

  2. Mustaqil ishlash malakasini o‘stirish;

  3. Bilimlarini mustahkamlash ijodiy qobiliyatlarini namoyon qilish;

  4. Mantiqiy fikrlashga o‘rgatish;

  5. Nutqini o‘stirish, ilmiy munozaralar olib borishga o‘rgatish;

  6. Mustaqil fikr yuritish va o‘z fikrini o‘rtoqlashishga o‘rgatish;

  7. O‘rtoqlari fikrini tanqidiy baholashga o‘rgatish;

  8. Nazariy olgan bilimlarini amaliyot bilan bog‘lash.

  9. Talabalar bilimini nazorat qilish va baholash;

Bu funktsiyalаr bir-biri bilаn bоgliq. Ulаr birgаlikdа mutахаssis kаdrlаr tаyyorlаshgа qo’yilgаn tаlаblаrni аmаlgа оshirishgа хizmаt qilаdi.
Amaliy mashg’ulotning bjshqa turlari bilan seminar mashg’ulotining maqsadi bir, vazifalari o’xshash, shu bilan birga u bajaradigan funksiyalar ham ko’rsatib turibdi, ular o’rtasda muhim farqlar bor: 1) amaliy mashg’ulotda asosiy diqqat mavjud bilimlarni o’rganishga, o’zlashtirishga qaratilsa, seminar ko’proq ijodiy fikrlashga yo’naltiradi; 2) amaliy mashg’ulot uchun tayyorlangan topshiriqlar B.Blum taksonomiyasining bilish, tushunish, qo’llash bosqichlari darajasida bo’lsa, seminar darslarida ko’proq tahlil, sintez, baholash darajalarini qamrab oladi.
Inson xotirasi – bu bizning biokompyuterdir. Odatda, yangi axborotni qabul qilar ekanmiz, avvalgi axborot qisman xotiradan ko‘tariladi. Axborotlar nihoyatda xilma-xil bo‘lib, inson har kuni o‘z hayotida qabul qiladigan axborotlar miqdori, ularni turlicha qabul qilinishi, xotirada saqlanib qolishi jihatidan bir-biridan farq qiladi. Psixologlarning fikricha, olingan axborot, go‘yoki filtrdan o‘tib, saralanib, ma’lum bir jihatlari bilan ajralib turadiganlari xotirada saqlanar ekan.

Download 36.04 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling