Mavzu: amaliy mashg’ulotlarga tayyorgarlik reja
Dаrsning аsоsiy bоsqichi: uzviy sаvоllаr muhоkаmаsi bоshlаnаdi. Savollar muhokamasi
Download 36.04 Kb.
|
AMALIY MASHG’ULOTLARGA TAYYORGARLIK
- Bu sahifa navigatsiya:
- O`qituvchi iloji boricha har bir uzviy savol muhokamasini uning xususiyatiga mos tushadigan metodlarni qo’llab o’tkazgani ma’qul
- 3. Yakuniy bosqich. Darsga yakun yasaladi.
2. Dаrsning аsоsiy bоsqichi: uzviy sаvоllаr muhоkаmаsi bоshlаnаdi. Savollar muhokamasi.
Bugungi mavzu muhokamasini «Ehtiyojlarning mazmuni. Ehtiyojlarning tarkibi. Individual, guruhiy va umumjamiyat ehtiyojlari» uzviy savolini muhokama qilishdan boshlaymiz, deya o‘qituvchi nimalarga alohida ahamiyat berish kerakligini tushuntiradi. Bu savolni an'anaviy uslub suhbat va savol-javob bilan muhokama qilish mumkin. Bunda, avvalo, ehtiyojlar deganda nimani tushunamiz? degan savol qo‘yamiz. Savolni muhokama qilish jarayonida talabalar diqqatini kelajakdagi taraqqiyot ana shu tanlov va qabul qilingan qarorlarga bog‘liq bo‘lishiga, u iqtisodiyotning regressiv, doiraviy, progressiv tarzda rivojlanishga olib kelishiga diqqatni tortish zarur. O`qituvchi iloji boricha har bir uzviy savol muhokamasini uning xususiyatiga mos tushadigan metodlarni qo’llab o’tkazgani ma’qul. Muhokama jarayonida biz odatda vaqt byudjetini qo’yilgan uzviy savollar miqdoriga qarab proportsional sarflashga harakat qilamiz. Lekin o’qituvchi savol muho-kamasi jarayonida uning murakkabligi, muammolik darajasiga, o’quvchi-talaba-larning o’zlashtirisi va boshqalarga ko’ra bir muncha o’zgartirishi mumkin. 3. Yakuniy bosqich. Darsga yakun yasaladi. O‘qituvchi darsni yakunlar ekan, talabalarga «Kimda qanday savol bor?» - deya murojaat qiladi. Talabalarning savoli bo‘lsa, o‘qituvchi javob beradi. So‘ngra guruhning seminar darsiga tayyorgarligini baho-laydi hamda eng faol qatnashganlarni alohida qo‘rsatib, ular to‘plagan ballni e’lon qiladi. Uzviy sаоllаr muhоkаmаsi bo’yichа o’z fikrini bildirаdi, kаmchiliklаrni, to’g’ri jаvоblаrni bаyon qilаdi. Tаlаbаlаr qаysi mаsаlаlаr, sаvоllаr bo’yichа qo’shimchа ishlаshlаri zаrurligini ko’rsаtаdi. Kelgusi seminar darsi mavzusini, unda qanday metodlar asosida olib borilisini e’lоn qilаdi, tayyorlanib kelish uchun tоpshiriqlаr bеrаdi. Seminar darsi mavzuning xususiyatdan kelib chiqib, turli metodlarni qo‘llab tashkil etiladi. Darsni samarali o’tishi uchun avval to’xtab o’tganimizdek, uning loyihasi, ya’ni texnologik xaritasini ishlab chiqishimiz zarur. Unda seminar darsi-da muhokama qilinishi zarur bo’lgan barcha savollar qanday tartibda olib borilishi rejalashtiriladi. O‘qituvchi va talabalarning qanaday vazifalarni bajarishi ko‘rsa-tiladi. Darsning maqsadi, o‘quv faoliyatining natijasi belgilanadi. O‘qitishning metodlari va o‘rganish texnikasi, o‘qitish vositalari aniqlanadi. Mazkur darsni o‘tgungacha talabalar bilishi lozim bo‘lgan bilim va malakalar ko‘rsatiladi. Har bir savolning muhokamasi qanday tartibda o‘tilishi, qanday topshiriqlar berilishi ko‘rsatiladi. Seminar (amaliyot) darsi texnologik xaritasi qo’llash ko’zda tutilgan metod va tayyorlangan topshiqlarga ko’ra farqlanadi. Ma’ruza darsining texnologik xaritasida uzviy savol muhokamasidagi da’vat. tushunish, tafakkur fazalarini ajratilmaydi. Bunga hojat yo’q. Chunki, darsning bu shaklida o’quvchi-talabalar unga qanday tayyorgarlik ko’rganlari, egallagan bilimlarini yfmjyish etishadi va muvofiq ravishda baholanishadi. O’qituvchi esa darsni tashkil etuvchi va unda qatnashganlarni reytibg mezjonlariga ko’ra baholashni amalga oshiruvchi, qarjr qabul qiluvchi hakam sifatida qatnashadi. Ko’rinib turibdi, bu yerda dars o’tish uchun metod tanlash, topshiriqlar tayyorlash, ularni bajarilganini baholashning mezonlarini ishlab chiqish nihoyatda katta ahamiyatga ega. Tanlangan metod va topshiriqlarga ko’ra texnologik xarita ham farqlanadi. Savollar muhokamasi individual, kichik guruhlarda ishlash, ilmiy doklad, referat muhokamasi va bochqalardagi farqlar aks etishini quyidagi texnologik xarnalar yfvunasi orqali ko’rish mumkin: Xulosa Amaliy mashg‘ulot, jumladan uning asosiy shakli bo‘lgan seminar darsi talabalarga professional ta’lim berish va tarbiyalash, mustaqil ishlash malakasini o‘stirish, mantiqiy fikrlashga o‘rgatish, nutqni o‘stirish, taxliliy va tanqidiy fikrlashga o‘rgatish, nazariy bilimni amaliyot bilan bog‘lash va bilimni nazorat qilish va baholash imkoniyatlari kengligi--bilan ta’limning boshqa shakllaridan ajralib turadi. Seminar darslarida fan dasturi bo‘yicha belgilangan uzviy savollarni muxokama qilinar ekan, iloji boricha har biri uchun alohida metod qo‘llagan ma’qul. U barcha talabalar faolligini ta’minlaydi. Buning uchun har bir darsga o‘qituvchi har tomonlama puxta tayyorlanishi dars jarayonida foydalanadigan topshiriqlar, dars o‘tishning texnologik xaritasini ishlab chiqishi zarur. Download 36.04 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling