Mavzu: amaliy mashg’ulotlarga tayyorgarlik reja


Uzoq muddat xotirada qoladigan axborotlarga qo‘yidagilarni kiritish


Download 36.04 Kb.
bet3/6
Sana22.11.2023
Hajmi36.04 Kb.
#1794771
1   2   3   4   5   6
Bog'liq
AMALIY MASHG’ULOTLARGA TAYYORGARLIK

Uzoq muddat xotirada qoladigan axborotlarga qo‘yidagilarni kiritish mumkin:

  1. qiziqarliligi, jo‘shqinligi kabi xususiyatlari bilan ajralib turuvchi axborotlar;

  2. tasavvur, his-tuyg‘u va shu kabi bir-birini eslatadigan, o‘zaro bog‘lanishdagi axborotlar;

  1. inson tomonidan tushunib, mohiyatiga yetilgan axborotlar;

4) faollik bilan qabul qilingan, o‘rganilgan, takrorlanib turiladigan axborotlar.
Aytib o‘tganimizdek, olimlarning ilmiy tadqiqotlari shuni ko‘rsatadiki, oddiy inson odatda axborotlarni olgan manbasi, shakliga ko‘ra turli darajada o‘zlashtiradi.
Olingan axborot go‘yo birinchi filtrdan o‘tib, axborot qisqa muddat yodda saqlanadi. Qisqa muddat yodda qolgan bilim ikkinchi filtrdan o‘tgach, sust bilim zahirasga aylanadi. Shu bilimni yodda saqlash, foydalanish, takrorlash tufayli faol bilim zaxirasiga aylanadi.
Bu bilimdan foydalanib, takrorlab turilmasa, sust bilim zaxirasiga aylanadi va bora-bora xotiradan ko‘tariladi.
Bulardan shunday xulosa chiqarish mumkin: talabalarning eng avvalo, o‘quv
materialini o‘zlashtirishi, yodda qolishi uchun olinadigan axborotni iloji boricha
eshitish va ko‘rish orqaligina emas, balki gapirish, o‘z faoliyatida sinab ko‘rish
orqali yetkazish katta ahamiyatga ega. Bunga erishishning yo‘li seminar darslarini
turli-tuman metodlar orqali olib borishdir. Aynan seminar darsida talabalar
ma’ruza, kitob, jurnal va hokazolar orqali olgan axborotlari, bilimlarini tushungan
holda gapirib berish, uni modellashtirish asosida sinab ko‘rish imkoniyatiga ega
bo‘ladilar.
Hozirgi paytda iqtisodiy fanlarni o‘rganishda nisbatan keng qo‘llaniladigan uslublardan: ekspress savol–javob, savollar tizimiga asoslangan muhokama, seminar mashg‘uloti rejasi bo‘yicha atroflicha suhbat, modellashtiruvchi o‘yin, doklad va referatlarni muhokama qilish, masala, mashq, test yechish va ularning natijasini muhokama qilish, munozara, cays study va boshqalarni ko‘rsatish mumkin.
3. Sеminаrgа tаyyorgаrlik ko’rish va dаrs o’tish mеtоdlаrini tаnlаsh. Seminar darsini texnologik yondashuv asosida tashkil etish.
Seminar mavzui ma’ruza mavzusi bilan bir xil bo‘lishi shart emas. Ba’zan mavzudagi ayrim savollar ma’ruzada ko‘rib chiqilsa, ayrimlarini seminarda muhokama qilish mumkin. Hozirgi paytda ma’ruzada ko‘rilgan mavzu albatta, seminarda ham muhokama qilinadi. Lekin ma’lum sharoitda seminar darsi va uning mavzusiga boshqacha yondashish mumkin. Aytaylik, adabiyotlar, axborot manbalari mavjud bo‘lsa, seminarda mustaqil o‘rganilgan mavzuni muhokama qilish mumkin.
Sеminаr o’tkаzish hаm 3 bоsqichgа bo’linаdi: tаshkiliy, аsоsiy, yakuniy.

Download 36.04 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling