Mavzu: amaliy mashg’ulotlarga tayyorgarlik reja


Download 36.04 Kb.
bet4/6
Sana22.11.2023
Hajmi36.04 Kb.
#1794771
1   2   3   4   5   6
Bog'liq
AMALIY MASHG’ULOTLARGA TAYYORGARLIK

1.Tashkiliy bоsqich.
Talabalar bilan salom-alik qilinadi. O‘qituvchi auditoriyada zarur jihozlar bor-yo‘qligini ko‘zdan kechirib chiqadi. Davomat tekshiriladi. So‘ngra o’qituvchi kirish so’zini аytаdi. Undа o’qituvchi o‘tgan seminar darsida o‘tilgan mavzuini o’quvchi-talabalar bilan birgalikda qisqacha takrorlab, yangi mavzu bilаn bоg’lаydi. Darsning qisqacha maqsadi, sеminаrni o’tkаzish tаrtibi, o’quvchi-tаlаbаlаr nimаlаrgа diqqаt qаrаtishlаri lоzimligi ko’rsаtilаdi. O‘tgan seminar darsida biz iqtisodiyot nazariyasi fanining predmeti va uslubi mavzusini yakunladik. Shu mavzuda biz iqtisodiy g‘oyalarning vujudga kelishi, iktisodiy nazariyaning fan sifatida shakllanish jarayoni, asosiy iqtisodiy maktablarni ko‘rib o‘tdik. Iqtisodiyot nazariyasi fanining predmeti, iqtisodiy qonunlar, kategoriyalar, hodisalar va ularni o‘rganishning uslublarini birgalashib muhokama qildik.
Iqtisodiyot nazariyasi barcha iqtisodiy fanlarning poydevori ekanligi, davlatning iqtisodiy siyosatining ilmiy asoslarini ishlab chiqishdagi tutgan o‘rni, normativ va pozitiv iktisodiy nazariyaning farqini o‘rgandik. Ijtimoiy – iktisodiy rivojlanish va uning muammolarini aniqlashda iqtisodiyot nazariyasi fanining ahamiyatini bilib oldik.
Bugun biz yangi mavzu: «Iqtisodiy resurslar va jamiyat ehtiyojlari» mavzusini muhokama qilamiz.
«Iqtisodiyot nazariyasi» fanini o‘rganishni aynan mana shu mavzudan boshlashimiz bejiz emas, chunki insonning butun hayoti turli-tuman ehtiyojlarini qondirishga qaratilgandir.
Bugungi mavzuda biz ana shu ehtiyojlarning tarkibi, ularning cheksizligi, ehtiyojlarni qondirish uchun zarur ne’matlarni ishlab chiqarish uchun resurslarni cheklanganligi, bundan kelib chiqadigan iqtisodiyotning bosh muammosi, tanlov va qaror qabul qilishni zarurati va boshqa masalalarni o‘rganamiz.
Darsga seminar mashg‘uloti rejasi bo‘yicha tayyorlanib kelish kerak edi. Darsga hamma tayyormi? - deya so‘rab, tayyorlanmay kelganlarni sababini aniqlaydi. Bugungi mavzu muhokamasini boshlaymiz deb, o‘qituvchi kirish so‘zini tugatadi.

Download 36.04 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling