Mavzu: Amaliy va laboratoriya ishlarini uyushtirish Reja


Biologiya tajriba xonasida ishlash havfsizlik texnikasi qoidalari


Download 125.54 Kb.
Pdf ko'rish
bet3/4
Sana08.05.2023
Hajmi125.54 Kb.
#1443993
1   2   3   4
Bog'liq
8 ma`ruza

Biologiya tajriba xonasida ishlash havfsizlik texnikasi qoidalari 
1. Qoidalar bilan o’quvchilar tanishgan holda frontal va ayrim-ayrim xildagi 
tajribalami bajaradigan mashg’ulotlar o’tkzamiz; 
2. Ish jarayonida faqat toza, quruq va yaxshi asboblardan foydalanish lozim; 
3. Hech qanday moddaning ta'mini totib ko’rmaslik, biologiya xonasida 
ovqatlanmaslik kerak; 
4. Xonadan hech qanday moddani boshqalarga bermaslik va o’quvchining o’z 
xohishi bilan hech qanday moddani yoki buyumni olib ketishga yo’l qo’ymaslik 
kerak; 
5. Uchuvchan moddalarni ehtiyotlik bilan hidlash; 
6. Biror narsa quyulayotgan idishga engashib qaramaslik (chunki suyuqlikning 
mayda tomchisi ham ko’zga sachrashi mumkun) 
7. Bug’latuvchi chinni idishga engashib qaramaslik (chunki suyuqlikning mayda 
tomchisi ham ko’zga sachrashi mumkin); 
8. Ko’zni saqlash (chunki zararli moddalarning eng mayda tomchisi ham ko’zning 
ko’rish qobiliyatini yo’qotishga olib keladi). 
9. Qizdirilayotgan suyuqlik bor probirkani ushlab qizdirilayotgan uning og'zi 
tomonini o’zingizdan va o’rtoqlaringizdan cnetga qaratish (chunki o’ta qizdirilib 
yuborilgan suyuqlik qaynab chiqib yuzga sachrashi mumkin); 
10. Probirkalarda moddaning eritmalarni qizdirish uchun ularni probirkaning 1/3 
qismiga quying; 
11. Qattiq moddalarni faqat quruq probirka va chinni idishlarda qizdirish kerak. 
12. Shisha idishlar qizdirilganda ularni spirt lanipasining pligiga tekizmaslik (chunki 
plik sovuq bo’lib, idishni darz qilib sindirib yuborishi mumkin); 
13. Qalin devorli shisha idishlar, o’lchov idishlar va hovonchalarni alanganda 
qizdirmaslik; 
14. Spirt lampasini faqat gugurtdan foydalanib yoqish, lekin yonib turgan lampaga 
uni qiyshaytirib yoqmaslik (chunki to’kilgan spirt alangalanib ketishi mumkin); 
15. Spirtli lampani faqat qalpoqchasi bilan o’chiring, puflamang; 
16. Ichida suyuqligi bor probirkani chayqatishda probirkani barmoq bilan berkitish 
yaramaydi; 
17. Reaksiyani kuzatayotganda pobirkani ko’zdan olisroqda tutish kerak. 

Download 125.54 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling