Mavzu: Amaliy va laboratoriya ishlarini uyushtirish Reja
Laborarotiya mashg’ulotlari bilan o’tkaziladigan darslar
Download 125.54 Kb. Pdf ko'rish
|
8 ma`ruza
- Bu sahifa navigatsiya:
- Laboratoriya mashg’ulotga tayyorlanish va uni o’tkazish
Laborarotiya mashg’ulotlari bilan o’tkaziladigan darslar – bu tipdagi darslarda
o’quvchilar o’qituvchi rahbarligida tirik va tabiiy obyektlarni, hayotiy hodisa va tajribalarni amaliy (mustaqil ishlash) metodlari vositasida o’rganadilar. O’simlik va hayvonlarning tabiiy holda o’zini o’rganilishi va ishda o’quvchilarni mustaqilligi laboratoriya mashg’ulotlarini xarakterli xususiyatlardandir. Biologiya bo’yicha o’tkaziladigan laboratoriya mashg’ulotlarining ta’limiy-tarbiyaviy ahamiyati katta. Laboratoriya mashg’ulotlarida olingan bilimlar o’quvchilar xotirasida uzoq vaqt saqlanadi. Laboratoriya darslari o’quvchilarda biologik obyekt va xodisalarni olish ko’nikmalarini hosil qilish va rivojlantirish jihatdan ham ahamiyatlidir, chunki bu darsda o’quvchilar faol bo’lishi bilan birga ular mustaqil ish ko’radilar. Laboratoriya mashg’ulotga tayyorlanish va uni o’tkazish- har bir laboratoriya darsi muayyan maqsadni nazarda tutadi. Biologiya bo’yicha laboratoriya mashg’ulotlari, unda o’quvchilar bajaradigan ishlarning xarakteriga va o’quvchilardagi mustaqil ish bajarish ko’nikmalariga qarab 2 xil bo’ladi. a) frontal uslubda. b) oldindan ish to’g’risida to’liq topshiriq berish yo’li bilan o’tkaziladi. Frontal uslub – bilan o’tkzailadigan laboratoriya mashg’ulotlarida o’quvchilar bajarilishi lozim bo’lgan xar bir ish bir qancha qismlarga bo’linib, ularning xar qaysisi yuzasidan o’qituvchi yo’l-yo’riq beradi, uni hamma o’quvchilar baravariga bajaradilar. Bu usulda labaratoriya mashg’ulotining ahamiyati shuki unda mustaqil ish baravariga boshlanib, bir vaqtda tugallanadi, ish natijasini aniqlash maqsadida qo’yilgan masalalarni o’quvchilar o’zlashtiradilar, biroq bu turdagi mashg’ulotlar o’quvchilarda mustaqil va tashabbuskorlik xislatlarini tarbiyalashga yetarli imkon bermaydi. Oldindan ish to’g’risida to’liq topshiriq berish yo’li – bilan o’tkaziladigan laboratoriya boshqacharoq tashkil qilinadi. Bunda o’quvchilarga barcha ish bo’yicha to’liq topshiriq beriladi. O’quvchi bu ishlarni boshidan oxirigacha mustaqil ravishda bajaradilar. Bu usulda laboratoriya mashg’ulotining tashkil qilish ancha qiyin bo’lib o’qituvchilardan puxta tayyorgarlik va pedagogik maharoti talab etadi. Bu usuldagi mashg’ulotni o’tkazishda quyidagi talablar qo’yiladi. a) o’quvchilarga bu mashg’ulot mazmuni maqsadi va ahamiyati yoritilib, topshiriq beriladi. b) laboratoriya mashg’ulotini o’quvchi mustaqil holatda barjarishi kerak. k) mashg’ulot davomida bajarilayotgan ishga doir rasmlar chiziladi. d) o’quvchilardan ish natijalari ko’rsatish talab etiladi. e) yuqoridagilarni barcha mashg’ulot oxirigacha tugatilishi kerak. Odatda laboratoriya ishlari o’quvchilar tomonidan individual (yakka) tarzda bajarilishi kerak. Shundagini o’quvchining ishda faolligi va mustaqilligi to’liq ta’minlanadi. Ular bilim bilan birga tegishli amaliy ko’nikmalar hosil qilib boradilar. Jihozlarning yetarli bo’lmasligi tufayli laboratoriya ishlarini 2-3 o’quvchidan iborat guruhlar bo’yicha tashkil qilinadi. Bunday hollarda guruhlar tarkibidagi har bir o’quvchi navbat bilan ish bajaradi. Mashg’ulotning samarali o’tishi ularga qanchalik puxta tayyorgarlik ko’rilishiga bog’liq. Har bir laboratoriya mashg’uloti uchun oldindan guruhlarga tayyorgarlik ko’rish uchun topshiriqlar berib yuboriladi. Bunda quyidagi ishlar bajariladi. 1) Darsda o’quvchilar bajaradigan laboratoriya mashg`ulotlarini aniq mazmunini belgilash. Bu ishlarning har birini o’qituvchining o’zi qilib ko’radi va unga ko’ra qancha vaqt ketishini aniqlaydi. Keyin shu ishlarni darsning qaysi qismida qanday maqsadda va qanaqa usulda o’tkazilishini ta’minlaydi. 2) Mo’ljallangan laboratoriya ishlari to’grisida o’quvchilarga beriladigan topshiriqlar, o’qituvchi o’tkaziladigan suhbat va tushuntirishning mazmunini o’z ichiga olgan mashg’ulotlar rejasini tuzish. 3) Laboratoriya mashg’ulotlari uchun zarur bo’ladigan jihoz va materiallarni yetarli sonda va miqdorda tayyorlash. Ko’pgina laboratoriya mashg’ulotlari uchun tegishli tabiiy tarqatma matariallarini tayyorlash kerak bo’ladi. 4) Laboratoriya mashg’ulotlariga o’quvchilar ham oldindan tayyorlanishlari maqsadga muvofiq hisoblanadi. Buning uchun ularga oldindan turlicha topshiriqlar beriladi. O’quvchilar laboratoriya mashg’ulotlarini bajarishga ham nazariy, ham amaliy jihatdan tayyorgarlik ko’rishlari kerak. Ular o’qituvchining topshirig’i bilan darslikning tegishli matnini o’qiydilar, unda ko’rsatilgan ish usulini o’rganadilar, tegishli tabiiy materiallar yig’adilar. Laboratoriya mashg’uloti qanday uslub bilan o’tkazilishiga qarab turlicha boshlanadi. Ammo har qaysi holda ham mashg’ulot boshlanishi oldindan uning maqsadini ta’kidlab o’tish kerak. Maqsadni aniq, ayniqsa muammo tarzda bo’lishi laboratoriya ishini qiziqish bilan ongli ravishda bajarilishini ta’minlaydi, bunda o’quvchilar izlanish yo’nalishida ish ko’radilar. Ba’zida laborotoriya mashg’uloti oldindan o’quvchilarning shu ishga aloqdor nazariy bilimlarini tekshirib ko’rishga to’g’ri keladi, ayrim hollarda esa, mashg’ulotning ishga oid kirish ma’lumotlarini hikoya qilish bilan boshlanadi. Laboratoriya mashg’uloti uchun zarur jihozlar oldindan tarqatiladi. Laboratoriya ishlari o’tkazish uchun zarur jihoz va material dars boshlanishi oldindan stollarga qo’yilgan bo’lishi mumkin. Laboratoriyaga ishlarini frontal uslub bilan o’tkazishda quyidagi qoidalarga amal qilish kerak. 1)Laboratoriya ishini ayrim qismlariga ajaratish va ularning bajarilish izchilligini aniq belgilash kerak, bunda ishning har bir bosqichi birmuncha tugallangan holda bo’lishi bilan birga oldingi va keyingi bosqichlariga mantiqiy bog’langan bo’lishi zarur. 2) Ishning har bir bosqichini amalga oshirish yuzasidan beriladigan topshiriqlar qisqa va aniq ifodalangan bo’lsin. O’qituvchi murakkabroq ishlarni qanday bajarish kerakligini tushuntirish bilan birga ularni amalda qilish kerakligini ham ta`kidlash kerak. 3) Ishning o’quvchilar tomonidan qanday bajarilayotganini o’qituvchi nazorat qilib borishi kerak. Ba’zan ayrim o’quvchilar ishga beparvo qarab jiddiy kamchiliklarga yo’l qo’yadilar. Shunga ko’ra bunday holning oldini olish zarur. Agar ish o’quvchining aybi bilan sifatsiz va natijasiz chiqqan bo’lsa, uni qaytadan qoidaga muofiq tarzda bajarish talab qilinadi. 4) Ishning har bir bosqichi bo’yicha qisqacha va umumlashtiruvchi suhbat o’tkazilishi ham juda muhimdir. Bu suhbatga o’quvchilarni ko’proq jalb qilish zarur. 5) Laboratoriya ishini bajarish davomida olingan bilimlarini yanada yaxshiroq mustahkamlash maqsadida o’quvchilarning o’rganilayotgan masalalarga doir sxematik rasm jadvallar chizishlarini tashkil qilish zarur. 6) Ishning barcha bosqichlari bajarilgach yakunlovchi suhbat o’tkazilishi zarur. Download 125.54 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling