Mavzu: Amazoniya tabiatining asosiy xususiyatlari va ekologik muammolari
Fransiya prezidenti Makron “bizning umumiy uyimiz yonyapti”, deb aytdi. Bolsonaru uni mustamlakachilikda aybladi
Download 0.5 Mb.
|
Amazoniya tabiatining asosiy xususiyatlari va ekologik muammolari
Fransiya prezidenti Makron “bizning umumiy uyimiz yonyapti”, deb aytdi. Bolsonaru uni mustamlakachilikda aybladiO‘tgan hafta Braziliyadagi yong‘inlar xalqaro mojaroga sabab bo‘ldi. 22-avgust kuni Fransiya prezidenti Emmanuel Makron “bizning umumiy uyimiz yonyapti” deb bayonot berib, “Katta yettilik”ning qolgan a’zolarini yuzaga kelgan vaziyatni muhokama qilishga chaqirdi. Bunga javoban Bolsonaru Fransiya prezidentini “mustamlakachilarga xos fikrlash”da, shuningdek, o‘z tvitiga 15 yil avvalgi suratni ilova qilib, “sensatsiya ortidan quvish”da aybladi. Bolsonaru aynan shunda uning mamlakatida yong‘inlarni mustaqil ravishda bartaraf etish uchun yetarlicha resurslar yo‘qligini aytgan edi. Ayni vaqtda u “Braziliyaga pul tikayotgan mamlakatlar buni yaxshi niyatda emas, balki uning ichki ishlariga aralashish maqsadida qilmoqda”, degan fikrni ham bildirdi. Ertasi kuni Fransiya prezidentining vakillari Bolsonaruni iyun oyida Osakada bo‘lib o‘tgan “Katta yigirmalik” sammiti doirasida Makron bilan bo‘lgan uchrashuv vaqtida yolg‘on gapirganlikda ayblab chiqdi. Braziliya agar Amazoniyadagi o‘rmon yong‘inlarini o‘chirishga faol kirishmasa, Fransiya Yevropa Ittifoqi va Merkosur mamlakatlari o‘rtasidagi umumiy savdo bitimining qabul qilinishini to‘xtatib qo‘yish bilan tahdid qildi. Ushbu shartnoma so‘nggi 20 yildan beri tayyorlanayotgan edi. Fransiyaning ushbu qarorini Irlandiya ma’qulladi, hozirda Yevropa Ittifoqiga raislik qilayotgan Finlyandiya esa Braziliya Amazonka o‘rmonlarini yo‘q qilishni to‘xtatmaguncha ushbu mamlakatdan mol go‘shti importini vaqtincha cheklashni taklif qildi. Makronni Yevropaning boshqa yetakchilari, jumladan, Germaniya kansleri Angela Merkel va Buyuk Britaniya bosh vaziri Boris Jonson ham qo‘llab-quvvatladi — ular Braziliya hukumatini yong‘inlarga qarshi kurashda yetarlicha jonbozlik ko‘rsatmayotganlikda aybladi. Ayni vaqtda ular bitim imzolanishining bekor qilinishiga qarshi chiqdi. Yevropa yetakchilarining chiqishlaridan so‘ng, Bolsonaru ma’muriyati vakillari yana xorijiy mamlakatlar unga “Braziliyani qayta qurishga” xalal berayotganliklarini ta’kidlab chiqqan bo‘lsa-da, Braziliya prezidenti oxir-oqibat yong‘inlarni o‘chirish uchun nisbatan keng ko‘lamli choralar ko‘rishga qaror qildi. Shunga qaramay, Bolsonaru o‘rmonlarni yo‘q qilish bo‘yicha qat’iy siyosatidan voz kechishga rozi bo‘ladimi-yo‘qmi, hozircha bu savol ochiq qolmoqda. Bu uning saylovoldi va’dalarining to‘g‘ridan-to‘g‘ri buzilishi bo‘lur edi. Boz ustiga, bu Braziliyani tez foyda ko‘rish imkoniyatidan ham mahrum qilishi mumkin. Joriy o‘rmon yong‘inlari — Xitoy va AQSh o‘rtasidagi savdo urushining bilvosita oqibatlaridan biri. Xitoy Amerikadan soya sotib olishni to‘xtatib, braziliyalik yetkazib beruvchilar bilan ishlashni boshlagan. Ushbu ehtiyojni qondirish uchun esa ishlab chiqaruvchilarga yangi-yangi plantatsiyalar kerak. Hozircha plantatsiyalar asosan sobiq savannalarga joylashtirilmoqda, biroq yaqin kelajakda fermerlar ushbu maqsad yo‘lida tropik hududlarni ham o‘zlashtirishni boshlab yuboradi. Ana unda o‘rmonlarni qayta tiklash mutlaqo imkonsiz ishga aylanadi. Foydalanilgan adabiyotlar Karimov I.A. O`zbekiston XXI asr bo`sag`asida: xavfsizlikka tahdid, barqarorlik shartlari va taraqqiyot kafolatlari .–T.: 1997. 2.Karimov I.A. O`zbekiston "milliy" istiqlol, iqtisodiyot, siyosat, mafkura. T., 1996. 3.Abirqulov Q. Iqtisodiy geografiya. T., 2004. 4.Алаев Э.Б. Социально-экономическая география. Понятийно-терминологический словарь. – М.: Мысль, 1983. 5.Akramov Z.M. O`zbekiston Respublikasi iqtisodiy va ijtimoiy geografiyasi o`quv dasturi. T., 1992. 6.Asanov G.R. Sotsial-iqtisodiy geografiya: termin va tushunchalar izohli lug`ati. - T.: O`qituvchi, 1990. 7.Asanov G.R., Nabixonov M., Safarov I. O`zbekistonning iqtisodiy va ijtimoiy jo`g`rofiyasi. -T.: O`qituvchi, 1994 Download 0.5 Mb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling