Mavzu: Amazoniya tabiatining asosiy xususiyatlari va ekologik muammolari
Bolsonaruni “tropiklardan chiqqan Tramp” deb atashadi. U ekologiya uchun xarajatlarni qisqartirib, NNTlarni o‘t qo‘yishlarda ayblamoqda
Download 0.5 Mb.
|
Amazoniya tabiatining asosiy xususiyatlari va ekologik muammolari
Bolsonaruni “tropiklardan chiqqan Tramp” deb atashadi. U ekologiya uchun xarajatlarni qisqartirib, NNTlarni o‘t qo‘yishlarda ayblamoqdaBolsonaru 2018-yil oktabridagi prezident saylovida g‘alaba qozongan. Uni o‘ng kayfiyatdagi populistik nuqtai nazarlari sabab “tropiklardan chiqqan Tramp” deb atashadi. Xususan, u Amerika prezidenti kabi iqlim o‘zgarishiga qarshi kurashga shubha bilan qaraydi va buni so‘l lobbichilarning siyosiy tashviqoti deb hisoblaydi. The New York Times’ning yozishicha, Braziliya hukumati ko‘p yillar davomida ushbu mamlakatning Amazoniya o‘rmonlari, o‘z-o‘zidan, butun sayyoraning himoyachisi degan imidjni yaratishga urinib kelgan. Atrof-muhit muhofazasi bilan band tuzilmalarning byudjeti oshirilgan, qo‘riqlanadigan tabiiy hududlardan xo‘jalik maqsadlarida foydalanganlik uchun ko‘plab jarimalar joriy etilgan. Biroq 2014 yildan so‘ng Braziliya davomli iqtisodiy inqiroz ichida qoldi va Bolsonaru saylovoldi tashviqoti davomida iqtisodiyotni, xususan, o‘rmonlar bilan band yerlardan foydalanishni kuchaytirish orqali jonlantirishga va’da berdi. U prezidentlik vakolatlarini bajarishga kirishgan 2019-yilning yanvar oyida o‘tgan yilning shu davridagi nisbatan 39 foiz ko‘proq yer o‘rmonlardan tozalandi. Iyul oyida Braziliyaning Kosmik tadqiqotlar milliy instituti sun’iy yo‘ldosh orqali olingan suratlarga asoslanib, yong‘inlar maydoni 88 foizga ko‘payganini ma’lum qildi. Shundan so‘ng Bolsonaru institut direktorini axborotdan “Braziliyaga qarshi tashviqot” uchun foydalanishda ayblab, uni ishdan haydadi. O‘tgan hafta Braziliya prezidenti o‘rmonlarni yoqib yuborishda aynan uning sa’y-harakatlari bilan ishsiz qolgan va endi uni ag‘darishga urinayotgan nodavlat-notijorat tashkilotlar aybdor bo‘lishi mumkinligini ta’kidlab chiqdi. Ayni vaqtda Bolsonaru bu borada uning o‘zida hech qanday dalil yo‘qligini, faqat ichki sezgilariga asoslanib fikr bildirayotganini tan oldi. News’ning qayd etishicha, o‘rmon yong‘inlari soni keskin o‘sishi bilan bir vaqtda mamlakatning yangi hukumati tabiatni muhofaza qilish bilan shug‘ullanuvchi idoralarning xarajatlarini qariyb uchdan biriga qisqartirdi. Bu ommaviy yong‘inlarning oldini olishga xalal bergan omillardan biri bo‘lishi mumkin. Shuningdek, BBC News 2019-yilda qo‘riqlanadigan tabiiy hududlardan xo‘jalik maqsadlarida foydalanganlik uchun jarimalar miqdori birdan kamayganiga ham e’tibor qaratgan. Boshqa tomondan, braziliyalik advokat Marianjelika de Almeydaning Britaniya OAViga bergan izohiga ko‘ra, avvalgi yillarda amaldorlar orasida jarimalar bo‘yicha qo‘yilgan rejalarni bajarish uchun ham vakolatni suiiste’mol qilish holatlari ko‘p bo‘lgan. O‘z navbatida, Al Jazeera’ning mahalliy Folha do Progresso nashriga tayanib xabar berishicha, o‘rmon yong‘inlarining maydoni birgina Para shtati fermerlari 10-avgust kuni “olov kuni”ni uyushtirganidan so‘ng keskin kattalashgan. Qayd etishlaricha, fermerlar shu yo‘l bilan Bolsonaruga “ishlashga tayyor ekanliklari”ni namoyish etishni maqsad qilgan. Download 0.5 Mb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling