Mavzu: Amerika qit’asi mamlakatlariga umumiy tavsif. Reja: 1 Amerika qit’asining kashf etilishi. Amerika qit’asining xududiy bo‘linishi
Amerika qit’asining tabiiy sharoiti, aholisi va mehnat resurslari
Download 25.08 Kb.
|
Amerika
3. Amerika qit’asining tabiiy sharoiti, aholisi va mehnat resurslari.
Amerika qit’asi hududlaridan Shimoliy Amerika va Markaziy Amerika tabiiy resurslariga boy. Bu o‘rinda, ayniqsa AQSH, Kanada va Meksika keskin ajralib turadi. AQSH va Kanada tabiiy resurslarning xilma-xil turlari va ulkan zaxiralariga ega. Meksika ham neft, polimetall, rudalari va kimyoviy xomashyo resurslariga boy. Neft Meksika qo‘ltig‘idan qazib olinadi. Markaziy Amerika mamlakatlarining asosiy tabiiy boyligi – bu o‘rmonlardir. O‘rmonlarda qimmatbaho daraxtlar o‘sadi. Janubiy Amerika va Karib havzasi mamlakatlarining tabiiy sharoiti va tabiiy resurslari ancha boy va xilma-xildir. Tabiiy sharoitlarining hususiyatlarini Janubiy Amerika va Karib havzasi hududlarining nam tropik va mo‘tadil iqlim mintaqalarida bo‘ylab joylashganligi hamda okean va dengizlar bilan o‘ralgan keng tog‘lik va pasttekisliklarning mavjudligi belgilaydi. Unumdor tuproqlarga ega bo‘lgan keng tekisliklar va qulay tog‘ oralig‘i vodiylari Janubiy Amerikaning deyarli barcha hududlarida xilma-xil xo‘jalik tarmoqlarini keng rivojlantirishga imkon beradi. Tabiiy namlik ko‘rsatkichlarining, asosan, yuqori va mo‘tadillik darajasi uning bir tomondan o‘simlik qoplamiga boy eng yashil, asosan, qirg‘oq cho‘l sahrolardan deyarli xoli (agar tor va kichik maydondagi Atakama cho‘lini hisobga olmasak) mintaqasi bo‘lishiga sababchidir. Shimoliy va Markaziy Amerika mamlakatlarida hozirgi kunda 500 mln dan ortiq aholi istiqomat qiladi. Aholining asosiy qismi AQSH, Meksika va Kanadaga to‘g‘ri keladi. Qolgan mamlakatlarda 0.3 mln kishidan (Beliz) 13.0 mln kishigacha (Gvatemala) aholi yashaydi. Aholi asosan tabiiy ko‘payish va qisman migratsiya (AQSH, Kanada) hisobiga o‘smoqda. Aholi sonining o‘rtacha yillik o‘sish sur’atlari AQSH va Kanadada 0.6-0.7 (%) foizdan Gvatemala, Gonduras va Nikaraguada 2.5-3.0 (%) foizgacha yetadi. Aholi notekis joylashgan. Uning asosiy qismi materikning g‘arbiy va sharqiy sohillarida, dehqonchilik uchun qulay bo‘lgan tekislik va tog‘ oldi mintaqalarida istiqomat qiladi. AQSH va Kanadaning Buyuk ko‘llarga tutash hududlarida, Atlantika va Tinch okeani sohillarida aholi, ayniqsa zich joylashgan. Urbanizatsiya darajasi AQSH va Kanadada 80% gacha, Meksikada 76.0%, Gondurasda 46.5%, qolgan mamlakatlarda u ancha past darajaga ega. Janubiy Amerika va Karib havzasi mamlakatlari aholisining son jihatdan tez ko‘payish davri XX asrning 60-70 yillariga to‘g‘ri keladi. Aholisining tabiiy o‘sish ko‘rsatkichlari hozir bu mintaqada 13 (jahon bo‘yicha 12) (‰) promilliga tengdir. Janubiy Amerika va Karib havzasi aholisining etnik tarkibi asosan uch irq xalqlariga borib taqaladi. Ular: mongoloid (tub xalqlar - mahalliy hindular), yevropoid va negroid irqiga mansub xalqlardir. Download 25.08 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
ma'muriyatiga murojaat qiling