Mavzu: Amerika qit’asi mamlakatlariga umumiy tavsif. Reja: 1 Amerika qit’asining kashf etilishi. Amerika qit’asining xududiy bo‘linishi
Amerika qit’asining hududiy bo‘linishi
Download 25.08 Kb.
|
Amerika
2. Amerika qit’asining hududiy bo‘linishi.
Amerika qit’asi rasman 4 ta hududga 1. Shimoliy Amerika. (20.36 mln km2) 2. Markaziy Amerika (1.466 mln km2) 3. Janubiy Amerika (17.8 mln km2) 4. Karbib havzasi (0.2 mln km2) hududlariga bo‘linadi. Shimoliy va Markaziy Amerika mintaqalariga AQSH, Kanada, Kosta-Rika, Salvador, Gvatemala, Gonduras, Meksika, Nikaragua, Panama va Beliz davlatlari kiradi. Mamlakatlarning aksariyat qismi respublikalar (Kosta-Rika, Gvatemala, Gonduras, Nikaragua, Panama, Salvador) dan iborat. Federativ respublikalarga AQSH va Kanada kiradi. Kanda - hamdo‘stlik tarkibidagi mustaqil federativ davlat, Beliz - esa hamdo‘stlik tarkibidagi davlat. Mamlakatlarning geografik o‘rni juda qulay, ularning ba’zilari (AQSH, Kanada, Meksika, Gvatemala, Gonduras, Nikaragura, Kosta-Rika, Panama) ikki, hatto uch okean akvatoriyasiga chiqish yo‘liga ega. Janubiy Amerika va Karib havzasi mamlakatlariga Panama davlatidan janubda joylashgan barcha davlatlar hamda Karib havzasi mamlakatlari Janubiy Amerika va Karib havzasi mamlakatlari deb ataladi. Ma’lumki Amerika qit’asi kashf etilgandan so‘ng ko‘p o‘tmay Janubiy Amerika Ispaniya va Portugaliya tomonidan bosib olingan. XIX asr davomida Janubiy Amerikadagi ko‘pchilik davlatlar o‘z mustaqilligini qo‘lga kiritdilar. So‘ngi mustamlakalar XX asrning 60-70 yillariga kelib ozodlikka erishdilar. Endilikda bu mintaqada mustaqil davlatlar mavjud, 1 ta (Gviana) mustamlaka. Karib havzasida esa mamlakatlarning umumiy soni 27 ta, shundan 6 tasi mustaqil, 14 tasi hamdo‘stlik tarkibidagi mustaqil 7 tasi mustamlaka davlatlardan iborat. Janubiy Amerikaning hudududi shimolda Panama davlat chegaralaridan boshlanib janubdan to Olovli Yer orollarigacha cho‘zilgan. Janubiy Amerika va Karib havzasi mamlakatlarining geografik o‘rni hususiyatlarini, asosan, ularning Atlantika va Tinch okeanlari bilan o‘rab turilishi belgilaydi. Boliviya va Paragvaydan boshqa barcha mintaqa davlatlarining ana shu okean havzalariga tutashligi ularning jahon bozorlari bilan bog‘lanishida muhim vosita bo‘lib xizmat qiladi. 1914-yilda qurilgan Panama kanali Janubiy Amerika va Karib havzasi mamlakatlari iqtisodiy geografik o‘rnini keskin yaxshiladi.
Download 25.08 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
ma'muriyatiga murojaat qiling