Mavzu: Amerika qo’shma shtatlari.
Reja:
1. Ikkinchi jahon urushining AQSH uchun oqibatlari.
2. AQSH ichki siyosatida liberalism va konserva tizmning orni.
3. AQSHning ichki siyosati.
4. AQSHning tashqi siyosati.
5. AQSH – O’zbekiston siyosati.
1. Urush AQSHni iqtisodiy va harbiy jihatdan dunyoning eng
qudratli davlatiga aylantirdi.
Bunga, birinchidan, urushning AQSH hududiga daxl
qilmaganligi uchun erishildi. Urush harakatlaridan to’rt yilda
300 ming kishi halok bo’ldi. Natijada AQSH urushdan eng kam
zarar bilan chiqdi. Uning to’g’ridan-to’g’ri zarari 1,2 mlrd.
Dollarni tashkil etdi. Bu ikkinchi jahon urushidan ko’rilgan
barcha zararning atigi 0,4 foizini tashkil etdi.
Ikkinchidan fashistik davlatlar blokiga qarshi urushayotgan
davlatlarga ko’plab miqdorda qurol-yarog’ va boshqa sanoat
hamda qishloq xo’jalik mahsulotlari sotish hisobiga erishildi.
AQSH ichki siyosatini belgilashda liberalizm va
konservatizm mafkuralarining roli katta ahamiyatga ega.
Demokratlar partiyasi ichki siyosatda liberalism mafkurasiga,
Respublikachilar partiyasi esa konservatizm mafkurasiga amal
qiladilar.
Liberalizm mafkurasining mohiyatini mavjud jamiyatni
isloh etish tashkil etadi. Bu islohotlar quyidagi mazmunga
egabo’lishi ko’zda tutilgan:
mamlakat miqyosida yagona umumdavlat ijtimoiy ta’minot
tizimini yaratish; monopoliyalar iqtisodiy faoliyati va narx-
navoning shakillanishi ustidan jamoatchilik nazoratini
o’rnatish; bevosita demokratiyani yanada kengaytirish; davlat
boshqaruvi va siyosiy partiyalar boshqaruvi tizimida turli
millat, irq va jins vakillarining ishtiroki ular soniga nisbatan
proporsional bo’lishiga erishish.
soliq siyosati yordamida milliy daromadni qayta
taqsimlash. Bunda milliy daromaddan tekin tibbiy xizmat,
alohida kam ta’minlangan qatlamiga moddiy yordam
ko’rsatishga, kam ta’minlangan oilalarga, bolalarga nafaqa
to’lash, maktablarda tekin nonushta va hamda tekin umumiy
o’rta ta’lim berilishiga erishish.
Urushdan keyingi dastlabki yillarda ichki siyosat
rekonversiya, ya’ni mamlakat hayotini harbiy izdan tinch izga
solish muammosi birinchi o’ringa chiqdi. Nega shunday bo’ldi?
Urush yillarida AQSH qurolli kuchlarida 12 mln. kishi xizmat
qildi. 1974-yilga kelib ularning sonini 1-1,5 mln, kishiga
tushurish haqida qaror qabul qilindi.
Binobarin, 10,5-11 mln. harbiyni ish bilan, uy-joy bilan
ta’minlash zarur edi. Davlat bu muammoni hal etishga
qaratilgan qator muhim qonunlar qabul qildi.
Rekonversiyaning yana bir muammosi – bu urush yillarida
davlat qurgan zavodlar taqdiri masalasi edi. Davlat ularni
qurishga 17 mlrd. dollar sariflagan. Urushdan keyin davlat o’z
mulkini yarim bahosiga bo’lsa ham korporatsiyalarga sotdi.
Ichki siyosatda mayday va o’rta korxonalar ko’payishiga
alohida e’tibor berdi.
Do'stlaringiz bilan baham: |