Мавзу: Амир Насруллохон даврида Бухоро амирлигининг ички ва ташқи сиёсати


Download 276 Kb.
bet2/9
Sana07.03.2023
Hajmi276 Kb.
#1246382
1   2   3   4   5   6   7   8   9
Bog'liq
Amir Nasrullohxon davrida Bu (1)

Ishning aprobatsiyasi: Bitiruv malakaviy ishning asosiy mazmuni va xulosalari Qarshi Davlat universiteti Tarix fakulteti “O’zbekiston tarixi” kafedrasi qoshidagi “Yosh o’lkashunoslar” to’garagi yig’ilishlarida bir necha bor muhokama etilib himoyaga tavsiya etilgan.
Ishning tuzilishi: Kirish, ikki bob, xulosa, foydalanilgan manba va adabiyotlar ro’yxati va ilovalardan iborat bo’lib, 59 sahifani tashkil etadi.
1. Amir Nasrulloxonning Buxoro taxtiga o‘tirishi va hokimiyat uchun kurashi
1.1. Amir Nasrullohxon shaxsining tarixiy manbalar va adabiyotlardagi
talqini

Tarixiy taraqqiyotning muayyan bosqichida hokimiyat tepasiga obyektiv va subyektiv shart-sharoitlar natijasida turli kuchlar­ning kelishi, o‘z navbatida, jamiyat hayotida keskin o‘zgarishlarni ro‘y berishiga hamda muayyan islohotlarni amalga oshishiga olib keladi. Binobarin, Buxoro davlatida ham hokimiyatning ashtarxoniylar su­lolasidan mang‘itlar vakillari qo‘liga o‘tishi ma’lum bir omillar­ning ta’siri ostida ro‘y bergan. Buxoro davlatchiligi tarixida so­dir bo‘lgan ushbu jarayonlarning mazmun va mohiyatini o‘rganishda ilmiy jamoatchilik o‘rtasida turli xil yondashuvlar ilgari surila­di.


Tarixiy manbalardan ma’lumki, ashtarxoniylar sulolasi hukm surgan davrda, ayniqsa, uning oxirgi vakillaridan biri Abulfayz­xon hukmronligi yillarida (1711-1747) davlatda o‘zboshimchalik, boshboshdoqlik, o‘zbek qabila-urug‘lari o‘rtasida hokimiyat uchun ku­rash, ayrim hududlarning mustaqillikka bo‘lgan intilishlarining kuchayishi bilan bog‘liq holatlar Buxoro davlatini ham ichki ham tashqi siyosatda to‘la tanazzul yoqasiga olib kelgan edi. Jamiyat hayo­tida bunday muammolarning yuzaga kelishiga asosiy sabablardan bi­ri – ashtarxoniylar sulolasining so‘nggi vakili Abulfayzxonning davlatni boshqarishdagi rolining pasayganligi va uning yetarli boshqaruv qobiliyatiga ega emasligida edi.
Sharqshunos Anke fon Kyugelgen ma’lumotlariga e’tibor qaratadigan bo‘lsak, ashtarxoniylarning so‘nggi vakillari davlatni boshqarish, uni mustahkamlash va davlatning ichki hamda tashqi xavf­sizligi masalalariga jiddiy e’tibor qaratmaganlar1. Buning oqi­batida joylardagi ichki siyosiy nizolarni hal etish va Eron davlati tomonidan bo‘lgan tashqi xavf oldida mamlakat ojiz bo‘lib qolgan edi.
Shu bilan birga, obyektiv sabablar bilan bir qatorda, bizning fikrimizcha, mamlakatda bunday xavfli vaziyatning yuzaga kelishiga quyidagi uchta subyektiv omil va voqealar ham muayyan darajada o‘zining ta’sirini o‘tkazgan:
Birinchidan, xonlikning muhim hududiy markazlaridan biri hisoblangan hamda mamlakatning asosiy iqtisodiy, ma’rifiy va harbiy resurslari joylashgan Samarqand bekligini xonning asosiy raqiblaridan biri bo‘lgan Rajab Sulton boshqaruviga o‘tishi;
Ikkinchidan, nomusulmon bo‘lgan jo‘ng‘orlar quvg‘inidan qochgan qozoq ulamolariga nisbatan xon hokimiyati tomonidan yetarli e’ti­bor bo‘lmaganligi va buning oqibatida musulmonlar o‘rtasida katta obro‘ga ega bo‘lgan ushbu ulamolarning yetti yil davomida sarson-sargardonchilikda bo‘lishlari aholining xonga bo‘lgan hurmat e’ti­borini yo‘qolishiga olib kelgan;
Uchinchidan, xonning bevosita yo‘l qo‘yib berishi natijasida Ibodullo xitoy va uning tarafdorlari tomonidan muqaddas qadam­jo hisoblanadigan Xo‘ja Bahovuddin xonaqosining vayron etilishi aholining kuchli noroziligini kelib chiqishiga sabab bo‘lgan1.
Binobarin, 1721-1722 yillarda Samarqandning Rajab Sulton boshqaruviga o‘tishi nafaqat Buxoro xonligiga qarshi qaratilgan g‘alayon sifatida, balki mamlakat zaiflashuvining asosiy sabablari­dan biri sifatida baholanadi. Qozoq va qoraqalpoqlarning 1723 yildan 1730 yilgacha davom etgan isyonining asosiy sababchilaridan biri ham Rajab Sultonning yaqin kishisi Shahrisabz hokimi Ibrohimbiy Kenagas edi. Buning oqibatida, Abulfayzxon va uning harbiy qo‘shini isyonchi kuchlar oldida himoyasiz qolgan edi. Mamla­katda tinimsiz davom etayotgan g‘alayonlar natijasi o‘laroq hamda o‘sha davrda ro‘y bergan tabiiy ofatlar (surunkasiga uzoq muddat yomg‘ir yog‘ishi) sababli haydaladigan yerlarning dehqonchilik uchun yaroqsiz ahvolga kelishi va o‘z navbatida aholining katta qismini Samarqand va Miyonqol hududlarini tark etishga majbur etgan. Sharqshunos An­ke fon Kyugelgenning ma’lumotlariga ko‘ra, otaliq lavozimida faoliyat yuritgan Muhammad Hakimbiy (Muhammad Rahimning otasi) isyonchilar va ichki dushmanlar bilan tinchlik yo‘lida muzokaralar olib borishi natijasida muayyan muddat davomida barqarorlikni saqlashga muvaffaq bo‘lgan. Shu bilan birga, yuqorida nomi tilga olingan Ibodullo xitoy o‘z tarafdorlari va boshqa xitoy-qipchoq urug‘iga mansub bo‘lgan aholi bilan birgalikda Miyonqolda amirga qarshi qo‘zg‘olon ko‘targan va buning oqibatida bir qator shaharlar vayrona holatga tushib qolgan. Bunday vaziyatda Abulfayzxon Ibo­dullo xitoyning qilmishlariga yarasha jazo berish o‘rniga, aksincha, uni devonbegi (“devonxona boshlig‘i”) lavozimiga tayinlagani xalq­ning haqli ravishda Abulfayzxon xokimiyatiga nisbatan norozili­gini va unga qarshi borish ruhiyatini keltirib chiqargan.
Shuni alohida ta’kidlash joizki, Muhammad Hakimbiy Abul­fayzxon hukmronligi davrida davlat hokimiyatiga qarshi chiqqan qo‘zg‘olonchilarga qarshi kurashda bir qator muvaffaqiyatlarga erish­gan. Bundan ijobiy tarzda foydalangan Muhammad Rahim davlat ho­kimiyatini egallashga qaratilgan faoliyatini mustahkamlay borgan.
Hokimiyatning ashtarxoniylar qo‘lidan mang‘itlar qo‘liga o‘ti­shida yana bir asosiy va muhim omil bu tashqi-siyosiy vaziyat hisob­lanadi. Xususan, Eron shohi Nodirshohning tashqi-siyosiy faoliyati asosan Buxoro xonligini o‘z ta’sir doirasiga olishga qaratilgan­ligi, o‘z navbatida, xonlikda davlat hokimiyatini tubdan o‘zgarishiga sabab bo‘lgan.
Eron shohi Nodirshohning o‘g‘li Rizoquli 1737-1738 yillarda ashtarxoniylar qo‘shini bilan Qarshi bekligida va Shulluk vohasida to‘qnashib, o‘zbek qo‘shinlarini mag‘lubiyatga uchratadi. Shu bilan bir­ga, uzoq maqsadlarni ko‘zlagan Nodirshoh asirga olingan o‘zbek qo‘shinlariga nisbatan g‘amxo‘rlik ko‘rsatadi va otaliq Muhammad Doniyolbiyni asirlikdan ozod etadi. Yuqoridagilar bilan cheklan­masdan, Nodirshoh o‘g‘li Rizoqulining nomaqbul harakatlari uchun Abulfayzxondan uzr so‘rab, undan an’anaga ko‘ra sulh tuzishni tak­lif qiladi.
Ikki davlat hukmdorlari Amudaryo qirg‘oqlarida uchrashib, Eron va Turon mamlakatlari o‘rtasida barqaror ittifoqni mustah­kamlashga kelishib oladilar. Mazkur uchrashuvda Muhammad Hakim­biy va uning o‘g‘lini ozod etilishi ikki davlat o‘rtasidagi barqaror tinchlikni o‘rnatishda muhim omil bo‘lib xizmat qilgan. Ikki davlat o‘rtasida tinchlik muzokaralarini o‘tkazishda Muhammad Hakimbiy va uning o‘g‘li Muhammad Rahimlarning xizmati katta bo‘lgan. Bunday vaziyatdan unumli ravishda foydalangan Muhammad Rahim hokimiyat­ni egallash uchun Nodirshoh bilan samimiy munosabatda bo‘lishga in­tiladi.
Nodirshoh Muhammad Rahimning hokimiyatni boshqarishga bo‘l­gan qobiliyatini ko‘rib, unga o‘z o‘g‘li kabi yondashadi hamda hokimiyat­ni egallashda amaliy yordam ko‘rsatadi. Xususan, Nodirshoh Muham­mad Rahimga o‘z harbiy kuchini mustahkamlashi uchun askarlar sonini 6000 dan 18000 gacha ko‘paytirishiga hamda Muhammad Hakimbiyning vafotidan so‘ng uni otaliq lavozimini egallashiga imkoniyat tug‘di­rib beradi.
Shu bilan birga, Nodirshoh Abulfayzxon davlatidagi ichki g‘alayonlarga o‘z munosabatini bildirib, ularni oldini olish va qarshi kurashish lozimligiga alohida e’tibor qaratadi hamda davlat boshlig‘ini ushbu jarayonlarga befarq bo‘lmaslikka chaqiradi. Xusu­san, Nodirshoh ushbu masalada xonga yozma ravishda murojaat etib, Abulfayzxonning siyosatini qattiq tanqid qiladi. Ayrim manbalar­da, aksincha, Nodirshohning xonga nisbatan hayrihoh ekanligi hatto unga ehtirom ko‘rsatib, uni o‘z xizmatiga olishlik istagi borligini bildirganligi to‘g‘risida gap boradi. “Shu maqsadda Nodirshoh ikki asosiy huquqiy hujjat – farmon(yorliq)ni qabul qiladi. Birinchisi, Abulfayzxonni o‘z lavozimidan ozod etish va uning o‘rniga o‘g‘li Abdulmo‘minni xon etib tayinlash haqida, ikkinchisi, Muhammad Ra­himni Movarounnahr sultoni (amir ul-umaro) etib tayinlash haqida edi”. Biroq Abulfayzxon Nodirshoh xizmatida faoliyat yuritish taklifini rad etadi.
1743 yilning dekabr oyida Nodirshoh o‘n ikkita shia mazha­biga mansub bo‘lgan imomlar va sunniylik mazhabiga mansub bo‘lgan eron, afg‘on va Movarounnahr ulamolarini e’tiqodning har qanday vaziyatida “kelishuv”ga erishish mumkinligiga undash maqsadida to‘p­laydi. Uchrashuvda Bog‘dod shahrining qozisi Abdullo as-Suvaydiy yig‘ilish bayonini olib borish uchun hakam sifatida tayinlanadi. Uchrashuvga yetmishta eron, yettita afg‘on va yettita Movarounnahr muf­tiylari, qozilari va imomlari tashrif buyurgan. Sunniylar tarafi­dan vakil sifatida mashhur Buxoro qozisi hamda Ko‘kaldosh madrasa­sining mudarrisi Xodi Xo‘ja ibn Alouddin, shialar tarafidan esa Nodirshohning diniy va huquqiy masalalar yuzasidan muallimi mullaboshi Ali Akbar so‘zga chiqqanlar.
Mazkur uchrashuvda har doimgidek sunniylarning shialik aqi­dasiga qaratilgan da’volari ustunlik qilib turgan. Munozara davo­mida shia mazhabining vakillari Ali Akbar va uning safdoshlari dastlabki ikki xalifa Abu Bakr va Umar safdoshlarini kamsitish­ni, vaqtinchalik nikoh masalasini hamda Hazrat Ali Muhammad Payg‘ambarning yolg‘iz vorisi ekanligini tan olishni rad etish to‘g‘ri­sidagi kelishuvga rozi bo‘lganlar. Sunniylik vakillari o‘z navbati­da shialik ta’limotini, ya’ni to‘rt asosiy huquq maktablari qatori­da ja’fariya mazhabini tan olishga tayyor ekanliklarini bildirgan­lar. Yig‘ilishning yakunlovchi qismida ishtirok etgan ulamolar yagona kelishuvga imzo qo‘yganlar1.
Mazkur kelishuv g‘oyaviy jihatdan ulamolar o‘rtasidagi muayyan barqarorlikni qaror toptirgan bo‘lsada, amalda diniy oqimlar o‘rtasidagi kelishmovchiliklar keyinchalik ham davom etgan.
Mavjud adabiyotlarda Buxoro davlatida ashtarxoniylar sulola­sining inqirozga uchrashi va hokimiyat tepasiga mang‘itlar sulolasi vakillarining kelishi to‘g‘risida turli xil yondashuvlar ilgari su­rilgan. Xususan, R.Grausset, S.Beker kabi xorijlik olimlar oxirgi joniylar yoki ashtarxoniylar 1758 yilgacha hukmronlik qilganlik­lari va oxirgi ashtarxoniy Abulg‘ozixon ekanligi to‘g‘risida fikr bildiradilar. Shundan kelib chiqib, mang‘itlar hokimiyat tepasiga 1785 yilda kelganliklari va uning birinchi hukmdori Shohmurod ekanligi to‘g‘risida ma’lumot beradilar.
Milliy adabiyotlarda ham ushbu masalaga turlicha yondashiladi. Xususan, II jildlik O‘zbekiston halqlari tarixi kitobida shay­boniylarga qarindosh bo‘lgan ashtarxoniylar sulolasi (joniylar) hokimiyatni 1601 yildan 1753 yilga qadar boshqarganligi haqida so‘z yuritilib, biz tadqiq etayotgan masala yuzasidan jumladan, shunday deyiladi: “joniylarning so‘nggi vakili Abulg‘ozi qat’iyatli emas edi. U Shohmurodga otaliq lavozimini egallash va amalda hokim bo‘lishga rozilik berishini so‘rab bir necha marta murojaat qildi. U ko‘p marta rad javobini bergach, nihoyat rozi bo‘ldi, vazirlik (1785-1800) lavozimini egallab, qo‘zg‘olonlarni tinchitdi va davlatda tar­tib o‘rnatdi. So‘ng Abulg‘ozini taxtdan ag‘darib 1785 yilda o‘zi taxtga o‘tirdi”.
Mazkur ma’lumotdan ashtarxoniylar sulolasi 1785 yilgacha hukmronlik qilgan, degan xulosaga kelish mumkin. Muhammad Rahim­biy vafotidan keyin 1758 yilda uning yosh nevarasi Fozil To‘ra taxtga o‘tiradi, unga Muhammad Rahimning katta amakisi Doniyolbiy otaliq tayinlanadi. Muhammad Rahimning o‘limi haqidagi xabar vi­loyat hokimlarining markaziy hokimiyatga qarshi harakatlarini ku­chaytirib yuboradi. Buxoroga yurishlar boshlangan bir vaziyatda Do­niyolbiy ularga qarshi qo‘shin tortishga majbur bo‘ladi va uzoq davom etgan muzokaralardan keyin viloyat hokimlari bilan Fozil To‘rani taxtdan chetlatish haqida kelishib olinadi.
Taxtga nomigagina ashtarxoniylardan Abulg‘ozi (1753-1785) o‘tqaziladi, lekin otaliq Doniyolbiyning o‘zi (1758-1785) amalda haqiqiy hokim bo‘lib qolaveradi. Ashtarxoniy Abulg‘ozi amalda hokimiyat egasi bo‘lmasa ham rasman xon sifatida tan olingani uchun ushbu sulolaning 1785 yilgacha hukm surganligi to‘g‘risida xulosa chiqarish mumkin deb hisoblaymiz.
Ushbu jarayonlar haqida tadqiqot olib borgan tarixchi olim Sh.Vohidovning yozishicha, Buxoro davlatida XVIII asrning ikkinchi yarmidan boshlab mang‘it sulolasining namoyandalari hukmronlik qilgan. Ushbu sulolaning asoschisi Rahimbiy ibn Hakimbiy Xudoyor bo‘ladi. Rahimbiy Abulfayzxon o‘limidan so‘ng uning o‘g‘illari Ab­dullo va Abdulmo‘minga otaliqlik qiladi (1747), keyin 1756 yili sayidlar, xo‘jalar va ruhoniylar tarafidan Buxoroda xon qilib ko‘tarilgan bo‘lsa ham, u o‘zini “noib-ul-hukumat” – hokim o‘rinbo­sari, deb bilgan. Rahimbiy Abulfayzxon qiziga uylangan edi. 1756 yili Muhammad Rahimbiy o‘lgandan so‘ng o‘rniga amakisi Doniyolbiy otaliq hukumatni qo‘lga oladi. U xonlikka da’vo qilmay, avval Fo­zil To‘rani keyin Abulg‘oziy degan kimsani xon qilib, o‘zini ularga noib deb e’lon qiladi. Uning o‘g‘li Shohmurod 1785 yili Buxoroda amir-ul-mo‘minin nomi bilan taxtga ko‘tariladi. U amakisining xo­tini Abulfayzxon qiziga uylanib, keyin chingiziylarga qo‘shildi. Amir Shohmurod vafotidan keyin amir Haydar, amir Husayn, amir Umar, amir Nasrullo, amir Muzaffar, amir Abdulahad, amir Olim­xonlar Buxoro amirligida hukmronlik qilganlar”1.
Shu o‘rinda ta’kidlash joizki, mazkur masalalar yuzasidan mam­lakatimiz huquqshunos olimlari yetarli izlanishlar olib bormagan­lar. Davlat va huquq tarixi masalalari bilan shug‘ullanuvchi olim­lar Buxoro davlatchiligi shakllanishida o‘ziga xos o‘rin tutadigan ushbu davr to‘g‘risida qisman to‘xtalib o‘tadilar, xolos. Shu jihatdan olganda, mamlakatimizda amalga oshirilgan tarixiy-huquqiy tadqi­qotlarda davlat boshqaruvining ashtarxoniylar qo‘lidan mang‘itlar boshqaruviga o‘tishi tarixiy-huquqiy jihatdan asoslanmagan. Masa­lan, M.A.Hamidova o‘zining “O‘zbekiston davlati va huquqi tarixi” nomli o‘quv qo‘llanmasida “davlat boshqaruvi Abulfayzxon o‘limidan so‘ng mang‘itlar qo‘liga o‘tgan” degan jumla bilan kifoyalangan.
Prof. Z.Y.Muqimov davlat boshqaruvining ashtarxoniylar qo‘lidan mang‘itlar qo‘liga o‘tishining asosiy sababi sifatida Mu­hammad Hakim otaliqning hokimiyatni o‘z qo‘liga olishi va Eron shohi Nodirshohning o‘zbek xonliklari yerlariga bostirib kirishini ko‘rsatadi2.
Milliy davlatchilik tarixi masalalari bilan shug‘ullangan Azamat Ziyoning “O‘zbek davlatchiligi tarixi” asarida ashtarxoniy­lar hokimiyatining zaiflashuvi hamda mang‘it hukmdorlari boshqaru­viga o‘tishiga sabab bo‘lgan omillar xususida to‘xtalib o‘tilmasdan, ko‘proq Muhammad Rahimning davlatni boshqarish faoliyati haqida so‘z yuritiladi.
Prof. D.A.Alimova va akad. E.V.Rtveladzelar Nodirshohning O‘rta Osiyoga bostirib kirishi va Muhammad Hakimbiy bilan shart­noma tuzganligi xususida ma’lumot1, A.Sagdullayev va O‘.Mavlonov­larning tadqiqotlarida Abulfayzxon hukmronligi davrida mang‘it urug‘i vakillarining hokimiyatga intilishi kuchayganligi hamda Muhammad Hakimning Nodirshoh xizmatiga kirib o‘z avlodlariga hokimiyatni egallash uchun yordam berganligi to‘g‘risidagi fikrlar o‘z ifodasini topgan2.
Yuqorida ko‘rsatib o‘tilgan olimlarning asarlarini tahlil qilish va mavzuga oid boshqa bir qator tadqiqotlarni o‘rganish aso­sida xulosa qilish mumkinki, davlat hokimiyatini ashtarxoniylar qo‘lidan mang‘itlar boshqaruviga o‘tishiga sabab bo‘lgan omillar ularda atroflicha tahlil etilmagan. Ushbu davr to‘g‘risida birmuncha haqqoniy va keng ma’lumot berishi mumkin bo‘lgan tarixiy manbalar yetarli bo‘lishiga qaramasdan Buxoro davlatchiligi taraqqiyotida muhim o‘rin tutadigan mazkur davr tadqiqotchilar e’tiboridan chetda qolgan. Biz tomonimizdan dastlabki manbalarni o‘rganish va tahlil etish asosida hokimiyatning ashtarxoniylar sulolasidan mang‘itlar sulolasiga o‘tishiga sabab bo‘lgan omillar sifatida tashqi siyosiy vaziyat, Abulfayzxon hukmronligi yillarida davlatda o‘zboshimcha­lik, boshboshdoqlik singari illatlarning kuchayib ketishi ko‘rsa­tildi.
Xulosa o‘rnida ta’kidlash joizki, Buxoro davlati hokimiyati­ning ashtarxoniylar hukmronligidan mang‘itlar vakillariga o‘tishi­ga ham ichki ham tashqi-siyosiy omil muhim rol o‘ynagan. Xususan, so‘nggi ashtarxoniy Abulfayzxonning davlat boshqaruvi masalalari­da ichki ziddiyatlar va o‘zboshimchaliklarni o‘z vaqtida bartaraf eta olmasligi hamda tashqi-siyosiy vaziyatni to‘g‘ri anglab yetmasligining oqibatlari ham ta’sir etgan. Shu bilan birga, ijtimoiy-siyosiy va­ziyatdan kelib chiqib hudud birligini mustahkamlash, mamlakatni tashqi xavflardan oldini olish maqsadida mang‘it urug‘i vakillari Muhammad Hakimbiy va Muhammad Rahimlarning mohirona xizmat­lari ham alohida ahamiyatga egadir.
Ma’lumki, 2006 yilning 1 iyun kuni Amir Nasrulloh tavallud topgan kunga roppa - rosa 200 yil to‘ldi. 2010 yil 21 sentabrda esa Nasrullohxon vafot etgan sanaga 150 yil bo‘ldi. Darvoqe, 2006 yil 12 dekabrda Buxoroda mang‘itlar sulolasining rasmiy ravishda xonlik tepasiga kelganiga roppa-rosa 150 yil to‘ldi. 2007 yilning aprel oyida esa Amir Nasrullohxonning Buxoro taxtiga o‘tirganiga 180 yil bo‘ldi.
Mazkur ishda bu sanalarni keltirib o‘tishdan asosiy maqsad Amir Nasrulloh shaxsiyatini ulug‘lash yokit uning yubileylarini nishonlashga da’vat qilish bo‘lmay, balki Vatan tarixshunosligida so‘nggi yillarda tarixiy shaxslarning tavallud sanalari va boshqa ayyomlar bilan bog‘liq ilmiy tadqiqotlar va ilmiy-ommabop maqolalar kamayib ketayotganligi, xususan, tarixiy shaxslar va davlat arboblarining siyosiy qiyofasini ko‘rsatadigan va davlatchilik qarashlarini aks ettiradigan tadqiqotlar deyarli yaratilmayotganligi, xullas, tarixda o‘tgan davlat va siyosat arboblarining foliyati yetarli darajada yoritilmayotganligi, mabodo shunday maqolalar va kitoblar yozilsa ham ular asosan Amir Temur, Mirzo Ulug‘bek, Alisher Navoiy, Bobur kabi buyuk ajdodlarimizning faoliyatini ko‘rsatish bilan cheklanib qolayotganligidan xavotirlik tuyg‘usidir. Biz bugungi kunda Turkiston tarixida muayyan rol o‘ynagan va o‘zidan o‘chmas iz qoldirgan barcha ajdodlarimiz, xususan, davlat arboblari va harbiy sarkardalar faoliyatini butun ziddiyatlari va murakkab tomonlari bilan chuqur o‘rganishimiz, ularni targ‘ib va tashviq qilishimiz, ular yo‘l qo‘ygan xatolardan saboq chiqarishimiz va yana shunday xatolarga yo‘l qo‘ymasligimiz, tarixda o‘tgan ushbu shaxslarning har biriga baho berayotganda ajdodlarimiz shaxsiyati va faoliyatini zamonasozlik qilmasdan, ular yashab o‘tgan tarixiy sharoit va vaziyatdan kelib chiqqan holatda xolis baholashimiz lozim. Muammoga ana shu jihatdan obyektiv yondashganda Amir Nasrullohxon shaxsi XX-XXI asrlarda O‘zbekiston tarixi fanida qay darajada yoritildi va yoritilmoqda? Muarrixlarimiz uning hayoti va siyosiy faoliyatini, davlatchilik sohasidagi qarashlarini yetarli darajada xolislik bilan ko‘rsatib berishyaptimi?
Ma’lumki, XX asr boshlarida Buxoroda amirlik tuzumi va mang‘itlar sulolasi hukmronligiga qarshi keng miqyosdagi kurash, jadidchilik harakati va Yosh buxoroliklar partiyasining faoliyati natijasida, shuningdek, Rossiyada bolsheviklarning hokimiyat tepasiga kelishi va sovet Rossiyasining harbiy kuchlari bo‘lgan qizil armiya jangchilari tomonidan Buxoro shahriga qilingan bosqin oqibatida 1920 yil 2 sentabrda Buxoroda amirlik tuzumi ag‘darib tashlandi. Buxoroning ko‘p ming yillik tarixida ilk marta demokratik tuzum-respublika davri boshlandi. Aynan ushbu davr qisqa muddat (atigi 4-5 yil) davom etgan bo‘lishiga qaramasdan, bu yillar Buxoro tarixida muhim bosqichni tashkil etadi. Biroq shu davrdan boshlab yangi tuzum faollari bo‘lgan Yosh buxorolik jadidlar o‘zlarining yaqindi mahv etilgan g‘animlari-mang‘it amirlarini keskin tanqid qilishga kirishdilar. Bu ishning boshida taniqli adiblarimiz Ayniy va Fitrat turishdi. Yirik davlat arbobi Fayzulla Xo‘jayev esa ularning g‘oyaviy mafkurachisi hisoblangan. Bu holat 1925 yildan keyin, O‘zbekiston SSR tuzilgach, ayniqsa, avj olib ketdi.
Sadriddin Ayniyning “Buxoro jallodlari” (1920), “Buxoro inqilobi tarixi uchun materiallar” (1920-1921; Moskva, 1926), “Tarixi amironi Mang‘itiyai Buxoro” (“Buxoro Mang‘it amirlari tarixi”) (Toshkent, 1923) kabi tarixiy tadqiqotlari, “Qullar”, “Doxunda” singari tarixiy romanlari va keyinchalik yozilgan “Esdaliklar” asarida, Fitratning “Amir Olimxonning hukmronlik davri” (Dushanbe, 1930) risolasida mang‘itlar sulolasining butun “kirdikorlari” ochib tashlandi. Buxoro tarixining qariyb 200 yil davom etgan davri, mang‘it hukmdorlari (amirlar) faoliyati faqat qora bo‘yoqlarda tasvirlandi. Tanqid tig‘i dastavval mang‘itlar sulolasining so‘nggi hukmdori Amir Sayyid Olimxon (1881-1944) ga qarshi qaratilganligi o‘sha davrdagi siyosiy va harbiy vaziyatlar taqozosiga ko‘ra normal hol hisoblanadi. Biroq barcha mang‘it amirlarini, jumladan, Amir Nasrulloni asossiz ravishda qoralash jarayoni yoppasiga ommaviy kampaniyaga aylantirildi. Bu holat Qo‘qon tarixnavislik maktabiga mansub jadid taraqqiyparvari Ishoqxon Ibratning “Farg‘ona tarixi” asarida ham o‘zining yaqqol ifodasini topgan. Ibrat va Fitrat tomonidan Nasrullohxon “Botur qassob”, “Qassobning botiri” degan mash’um nomlarga sazovor bo‘ldi.
Fitrat o‘zining 1930 yili yozgan “Amir Olimxonning hukmronlik davri” nomli tarixiy risolasida barcha mang‘it amirlari singari Amir Nasrullo faoliyatini ham faqat qoralash bilan shug‘ullanadi. Fitratning ushbu asaridan quyidagi ixtibosni o‘tmish o‘rinli.
“Amir Haydardan keyin uning o‘g‘li Amir Husayn taxtga o‘tirdi, biroq ikki oyu necha kundan keyin u vafot etdi. Uning o‘rnini amir Umard egalladi. Biroq amir Haydarning o‘g‘li amir Nasrullo o‘zining birodariga qarshi lashkar tortib Buxoroni o‘rab oldi va hukumatni o‘z qo‘liga oldi. Nasrullo oldin amir Umarni omon qoldirib, Buxorodan chiqarib yubordi, ammo o‘z ahdiga vafo qilmay orqasidan jallodini yubordi. Jallod amir Umar boshini keltirdi. Nasrullo o‘zining boshqa aka-ukalarini ham turli hiylalar bilan o‘ldirdi va Buxoro taxtiga hech qanday raqibsiz ega bo‘ldi. Unga “qassobning botiri” laqabi berilgan edi” (Fitrat. Amir Olimxonning hukmronlik davri. T.: Minhoj, 1992, 8-bet).
Alloma Fitratga nisbatan ehtirom va hurmatimz qanchalik baland bo‘lmasin, bu asar bolsheviklarning maxsus buyurtmasi bilan yozilganligi uchun unda tarixiy haqiqatdan chekinilganligi, mang‘it hukmdorlari faoliyatini baholashda sinfiy yondashuv ustun bo‘lganligini alohida ta’kidlab o‘tish lozim. Shu jihatdan olib qaraganda risoladagi ushbu so‘zlarni Nasrulloh hayoti to‘g‘risidagi tarixiy haqiqat deb qabul qilmaslik lozim:
1.2. Amir Nasrullohxonning hokimiyat uchun kurashi

Buxoro amirligi Buxoro davlatining zaiflashib qolganligidan foydalangan Eron shohi Nodirshoh XVII asrning 30-40-yillarida Buxoro xonligiga yurish qiladi. Nodirshoh Buxoro xonligida katta mavqega ega bo’lgan mang’it urug’idan chiqqan otaliq Muhammad Hakimbiy bilan shartnoma tuzadi va u Buxoro xonligining oliy hukmdori deb tan olinadi. Abulfayzxon amalda hokimiyatdan chetlatib qo’yiladi, Hakimbiy Buxoroning to’la vakolatli hokimi etib tayinlanadi. 1743 yilda Hakimbiy, uning o’g’li Muhammad Rahim Nodirshoh xizmatiga kiradi. Nodirshoh 1747 yilda vafot etgach, Muhammad Rahim hokimiyatni o’z qo’liga olishga kirishadi.


Buxoro xonligida katta nufuzga ega bo’lgan mang’it qabilasining vakili Muhammad Rahim 1747 yilda Abulfayzxonni, so’ngra rasman xon deb (soxta xon) e’lon qilingan uning o’g’illari Abdulmo’min va Ubaydullo sultonlarni o’ldirib, hokimiyatni o’z qo’liga oladi. Muhammad Rahim 1756 yilda taxtga o’tirib, o’zini Buxoro amiri deb e’lon qiladi va hokimiyatni mustaqil idora qiladi, Mang’itlar sulolasiga asos soladi. Shundan e’tiboran Buxoro xonligi Buxoro amirligi deb atala boshlandi. Amirlikda hokimiyat 1920 yilgacha Mang’itlar sulolasi qo’lida bo’ldi.
Muhammad Rahim xukmronligini beklik-viloyatlardagi boshqa qavmlardan bo’lgan hokimlar tan olmadilar. Amir mang’itlarga tayanib hokimiyatni markazlashtirishga intildi. Barcha qabilalarning hukmdorlarini Buxoroga yig’ib, ulardan markaziy hokimiyatga bo’ysunishni talab qildi, aks holda qattiq jazolanishi haqida ogohlantirdi. Viloyatlardagi ko’pgina hokimlar, bebosh amaldorlar hokimiyatdan chetlashtirilib, er-mulki tortib olinib boshqa joylarga ko’chirildi. Ular o’rniga amir qabiladoshlaridan tayinlandi. Muhammad Rahim Buxoro minorasi yonidagi o’z qarorgohini maxsus qurdirgan Arkka ko’chirdi. O’zboshimcha beklarni Arkka chaqirib qattiq jazoladi. Tarqoqlikni bartaraf etish maqsadida ko’pgina bekliklarga - Samarqand, Jizzax, O’ratepa, Xisor, Boysun, Shahrisabzga qarshi qonli urushlar qildi, ko’pgina viloyatlar vayron bo’ldi. Muhammad Rahim Nurotada istiqomat qiluvchi burgut qabilasi qo’zg’olonini bostirib, ularning xarbiy istehkomlarini buzib tashlab, o’zlarini Buxoro tumaniga ko’chirdi. Miyonqal’a qipchoqlariga hujum qilib, istexkomlarini buzib tashlaydi, yo’lboshchilarini qatl etib, qolganlarini ko’chirib yuboradi.
Muhammad Rahim vafotidan keyin o’zaro urushlar yanada kuchaydi. Viloyat hukmdorlari mang’itlarning markaziy hokimiyatiga qarshi qo’zg’olonlar ko’tardi.
Kenagas, yuz, baxrin, burgut, saroy qabilalarining qo’zg’olonlari, xokimiyatga o’tirgan Doniyolbiyning ularni bostirish uchun qilgan urushlari minglab odamlarning yostig’ini quritdi. Doniyolbiy qo’shinlar xarajati uchun qo’shimcha soliqlar joriy etib aholi noroziligini oshirdi. Buxoro hunarmandlari va tijorat ahli 1784 yilda qo’zg’olon ko’tardi. Qo’zg’olonni bostirish jarayonida minglab odamlar qurbon bo’ldi.
Amir Ma’sum («begunoh amir») deb nom olgan Shohmurod (1785-1800 yillar) tarqoqlikka qarshi kurashni davom ettirdi. Amir Shohmurod boshqaruv tartibini o’zgartirish, amaldorlar tarkibini yangilash choralarini ko’rdi. Amir ikki yirik davlat arbobi - Davlat qushbegi bilan Nizomiddin qozikalonni saroy, qo’shin va boshqa sohadagi amaldorlar huzurida o’z qo’li bilan o’ldirdi. Soliqlarni tartibga soldi. Buxoro aholisiga tarxan yorlig’ini topshirdi. Unga binoan aholi savdo daromadidan boj to’lashdan, hunarmandlar pul yig’imidan, majburiy mehnat va soliqlardan ozod etildi.
Shuningdek, xiroj, nikoh puli, tarozi haqi va boshqa yig’imlar miqdori kamaytirildi. Shohmurod davrida Buxoro amirligi nisbatan mustahkamlangan bo’lsada, o’zaro urushlar to’xtamadi. G’arbiy chegaralarda esa Xiva xoni qo’shinlari xujumga o’tar, ekinzor va bog’lar payhon qilinar, qishloqlar vayron bo’lar, odamlar va chorva mollar haydab ketilar edi.
Tarixga Xoni shahid (Shahid xon) nomi bilan kirgan mang‘itlar sulolasining yettinchi hukmdori Amir Nasrulloh Bahodurxon 1806 yil 1 iyunda Buxoro shahrida Amir Haydarning xonadonida ikkinchi o‘g‘il sifatida dunyoga keldi. Bu haqda mashhur alloma Ahmad Donish o‘zining “Ta’rixi saltanati mang‘itiya” asarida yozib o‘tgan. (Ba’zi tarixchilar Amir Nasrullohning tavallud sanasi to‘g‘risida boshqacha ma’lumotlarni yozib qoldirishgan. Ularning ifkricha, Amir Nasrulloh 63 yoshida 1860 yili vafot etgan. Demak, ularning yozganlaridan Amir Nasrulloh taxminan 1797 yilda tug‘ilganligi anglashiladi. Biroq, u Amir Haydar xonadonida ikkinchi o‘g‘il ekanligini e’tiborga olsak, Ahmad Donishning yozgan fikri haqiqatga ancha yaqinroq. Biz hozircha tarixiy adabiyotlarda Amir Nasrulloh tug‘ilgan sana sifatida 1806 yil qolishini qo‘llab-quvvatlaymiz.
Nasrullohxonning ma’naviy kamolotga erishuvida Buxoroda katta nufuzga ega bo‘lgan mashhur shayx Muhammad Husayn Alaviy Buxoriy (1785-1870) muhim rol o‘ynagan. Keyinchalik Nasrulloh o‘zining piri hisoblagan bu shayxni Romitan tumanidagi Qori Kamol qishlog‘idan Buxoro shahriga ko‘chirib keltirib, unga shayx Habibulloh xonaqosijan maxsus hujra ajratib bergan va nafaqa tayinlagan. Bu ma’lumotlarni tarixchi olim Muhammad Nasriddin Hanafiy Hasaniy Buxoriy (Amir Muzaffarning o‘g‘li) o‘zining 1910 yili Yangi Buxoroda nashr etilgan “Tuhfat az-zoirin” (“Ziyoratchilarga tuhfa”) asarida keltirib o‘tadi.
Nasrullohxon otasi Amir Haydar hamda birodarlari Husayn va Umarxonlarning hukmronligi davrida Qarshida hokimlik qilgan. Amir Haydar vafoti (1826 yil 6 oktabr) dan so‘ng hokimiyat uchun kechgan keskin kurashlarda birodarlari Amir Husayn (1797-1826) va Amir Umarxon (1810-1829) hamda boshqa ukalari ustidan g‘olib kelib, 1827 yil aprel oyining boshlarida 21 yoshida Buxoro amirligi taxtiga o‘tirdi. Amir Nasrullohxon Buxoro amirligi taxtiga o‘tirgan mang‘itlar sulolasining yettinchi hukmdori bo‘ldi. Tarixchi olim Mirzo Abdulazim Somiyning fikricha, Buxoroamirligi taxtini egallashda Nasrullohxonga otasining vaziri bo‘lgan Muhammad Hakimbiy Qushbegi katta yordam ko‘rsatgan. U Buxoroni qamal qilib turgan Nasrullohxon qo‘shinlariga shahar darvozasini ochib beradi1.
XIX asr 20-yillarida Buxoroda yuz bergan siyosiy voqealarning bevosita ishtirokchisi, hokimiyat uchun kurashda Amir Haydarning har uchala o‘g‘liga navbati bilan yordam bergan va uchala hukmdorning ham xizmatida ozmi-ko‘pmi muddat bo‘lgan munshiy va tarixchi Mirzo Shams Buxoriy (1804-taxminan 1865) keyinchalik yozgan “Buxoro, Qo‘qon va Qoshg‘arning ayrim voqea-hodisalari bayoni” nomli asarida (bu asarning so‘nggi qismi 1861 yil sharqshunos V.Grigoryev tomonidan Qozonda nashr etilgan) Amir Nasrullohning hokimiyat uchun kurashini tasvirlab, o‘sha paytda Buxoroda ko‘p qon to‘kilganligini yozadi. Mirzo Shams Buxoriyning fikricha, Buxoro shahrini egallash va Umarxonni hokimiyatdan ag‘darib tashlash jarayonida 7-8 ming kishi halok bo‘lgan. Bundan tashqari, Amir Nasrulloh o‘z hukmronligining dastlabki oylarida har kuni 50-100 kishini qatl qilib turgan, natijada ko‘plab kishilar Shahrisabz va boshqa joylarga qochib ketgan. Mirzo Shams Buxoriyning o‘zi ham bu paytda muayyan muddat Amir Nasrulloh xizmatida bo‘lganligi, biroq keyinchalik Shahrisabzga borib, u yerda 11 oy yashagach, so‘ngra Qo‘qonga-badarg‘alikda yurgan sobiq amir Umarxon huzuriga borganligi inobatga olinadigan bo‘lsa, u Amir Nasrullohga muxolifatda bo‘lib, uning faoliyatini haddan tashqari qora bo‘yoqlarda tasvirlanganligining sabablari oydinlashadi1.
Keyingi davr tarixchilari va sayohatchilarining Amir Nasrulloh haqidagi fikrlarini umumlashtirib aytadigan bo‘lsak, Nasrulloh o‘zining barcha potensial raqiblarini qisqa muddat mobaynida yo‘qotgan yohud ularni Buxorodan badarg‘a qilgan. Ushbu fikrga e’tiroz bildirish qiyin. Biroq, u har kuni Buxoroda 50-100 kishining qonini to‘kkanligi esa mubolag‘adan boshqa narsa emas.

Download 276 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7   8   9




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling