Мавзу: Амир Насруллохон даврида Бухоро амирлигининг ички ва ташқи сиёсати


Download 276 Kb.
bet1/9
Sana07.03.2023
Hajmi276 Kb.
#1246382
  1   2   3   4   5   6   7   8   9
Bog'liq
Amir Nasrullohxon davrida Bu (1)


Amir Nasrullohxon davrida Buxoro amirligining ichki va tashqi siyosati




MUNDARIJA


KIRISH…………………………………………………………………..3-6


1. Amir Nasrulloxonning Buxoro taxtiga o‘tirishi va hokimiyat uchun kurashi…………………………………………..……………………………..7-21

1.1. Amir Nasrullohxon shaxsining tarixiy manbalar va adabiyotlardagi talqini.……………………………………..………………………….…………7-17


1.2. Amir Nasrullohxonning hokimiyat uchun kurashi………….……..18-21




2. Amir Nasrulloxonning Buxoro amirligini markazlashgan davlatga aylantirish yuzasidan olib borgan tadbirlari.……….…………………….. 22-52

2.1. Nasrullohxon davrida Buxoro amirligining ijtimoiy-iqtisodiy hayoti…………………………………………….……………………………22-44


2.2. Amir Nasrullohxonning harbiy islohotlari va harbiy yurishlari…..45-52




Xulosa.………..………………………………………………………..53-55


Tavsiyalar.…………………………………………………………………56


Adabiyotlar ro‘yxati…………………………………………………..57-59


Ilova........……………………………………………………………….60-61
Kirish


Mavzuning dolzarbligi: Mustaqillik yillarida jamiyatimiz hayotining barcha sohalari­da bo‘lganidek, ijtimoiy-siyosiy va ma’naviy yo‘nalishlarda ham milliy o‘zligimizni anglash, davlatchiligimiz tarixining noma’lum sahifalarini qaytadan o‘rganish, asossiz ravishda unutilgan davlat arboblarimiz hamda mutafakkirlarimizning boy ilmiy-ijodiy me­rosini yoritish bilan bog‘liq izlanishlarga keng yo‘l ochildi. Ta’kid­lash joizki, o‘zbek xalqining tarixiy-madaniy merosida davlat va huquq masalalariga bag‘ishlangan asarlar salmoqli o‘rinni egallay­di. Ushbu merosni o‘rganish, ilmiy tahlil qilish bugungi kunning dolzarb vazifalaridan biridir. Bu masalada Prezident I.A.Karimov shunday deb ta’kidlaydi: “Xalqning juda boy tarixi va madaniyatini, o’lkaning o’ziga xos noyob xususiyatlarini bilmagan va bilishni ham istamagan bu odamlar respublika hayotini bosib-yanchib, qing’ir o’zanga solishga kirishdilar”1.
Darhaqiqat, bugungi kunga kelib, o‘zbek milliy davlatchiligi tarixini ilmiy-nazariy va amaliy jihatdan tadqiq etish dolzarb vazifalardan biriga aylanmoqda. Respublikamiz Prezidenti I.A.Karimov ta’bi­ri bilan aytganda: “O‘zlikni anglash tarixni bilishdan boshlanadi. Isbottalab bo‘lmagan ushbu haqiqat davlat siyosati darajasiga ko‘ta­rilishi zarur”2.
O‘zbekiston davlatchiligi boy tarixga ega bo‘lib, uning uzoq davrlar davomida tarkib topgan nazariy tajribalarini za­monaviy, demokratik qadriyatlar bilan uyg‘unlashtirish va jamiyatimiz turmushida ulardan yanada kengroq va samaraliroq foy­dalanish hozirgi kunda dolzarb vazifalardan biridir. Shu bois, xalqimizning boy ilmiy-ma’naviy merosini, xususan milliy dav­latchiligimiz tarixida o‘ziga xos davr hisoblangan Amir Nasrullohxonning Buxoro amirligi ichki va tashqi siyosatida tutgan o’rnini o’rganishni milliy istiqlol mafkurasi talablari­dan kelib chiqqan holda o‘rganishga, hozirgi kunda O‘zbekiston tarixi fani oldida turgan eng muhim masalalaridan biri sifatida qaralmoqda.
Shu bois, Buxoro amirligi tashkil topi­shi davridagi ijtimoiy – siyosiy shart-sharoitlar, Buxoro amirligi­ning shakllanish va rivojlanish bosqichlari, Buxoro amirligi mar­kaziy va mahalliy boshqaruv amirlikda amalga oshirilgan tashqi siyosiy va diplomatik munosabatlar, Amir Nasrulloning harbiy, boshqaruv, diplomatik aloqalari va uning o‘ziga xos xususiyatlari, manbalarga tayangan holda muayyan darajada tadqiq etishga harakat qilindi.
Mavzuning o’rganilganlik darajasi: O‘zbekiston davlatchiligi boy tarixga ega bo‘lib, uning uzoq davrlar davomida tarkib topgan nazariy tajribalarini o’rganish hozirgi kunda dolzarb vazifalardan biridir. Jumladan, Amir Nasrullohxon davrida Buxoro amirligining ichki va tashqi siyosatini tadqiq etish dolzarb mavzulardan biri hisoblanadi. Istiqlol sharofati tufayli tarix fani yanada rivojlantirildi.
Tanlangan mavzuning tarixshunoslik tahlili shundan dalolat beradiki, mazkur muammoni ilmiy jihatdan o‘rganish borasida qator ijobiy ishlar bajarildi. Hozirgi davrga kelib, ushbu mavzu bo‘yicha ijtimoiy-gumanitar fan olimlari izlanishlari turli nashrlarda e’lon qilindi, umumlashtiruvchi asarlar, monografiya, risolalar chop etildi.
Mavjud adabiyotlarni konseptual-metodologik nuqtai-nazaridan ikki guruhga bo‘lish mumkin. Birinchi guruhga mansub qatorga sovetlar mustabid tuzumi davrida yaratilgan asarlar kirgan bo‘lsa, ikkinchi guruhni istiqlol davrida yozilgan, chop etilgan monografiya, risola, kitob, maqolalar tashkil etadi.
Sovetlar mustabid tuzumi davrida Buxoro amirligining ichki va tashqi siyosatini, xususan Amir Nasrullohxon davri tarixiga oid juda ko‘plab asarlar yaratildi. Bular orasida, ayniqsa, va boshqalarning asarlarini alohida qayd etish lozim.
Mustaqillik yillarida O‘zbekiston madaniyati tarixi, nazariyasiga oid qator ilmiy tadqiqot ishlari amalga oshirildi. Xususan, H.Bobobekov, Sh.Karimov, M.Sodiqov, Vohidov Sh, D.A.Alimova, E.V.Rtveladze, Sagdullayev A., Mavlonov O‘, Ziyo Azamat va boshqalarning asarlari va ilmiy tadqiqotlarida o’rganilayotgan muammoga munosabat jiddiy yangi metodologiya asosida tahlil etilgan1.
BMIning davriy chegarasi: Ishning davriy chegarasi Buxoroda mang’itlar sulolasining hukmronlik yillariga bag’ishlangan bo’lib, xususan, ishda Amir Nasrullohxon davrida Buxoro amirligining ichki va tashqi siyosati yoritiladi. Bu 1753-1920 yilgacha bo’lgan davrni o’z ichiga oladi.
BMIning maqsad va vazifalari: Bitiruv malakaviy ishining asosiy maqsadi Amir Nasrullohxon davrida Buxoro amirligining ichki va tashqi siyosatini yoritishdan iborat bo’lib, maqsadga muvofiq quyidagi vazifalar belgilab olindi:.
-Amir Nasrullohxonning Buxoro taxtiga o‘tirishi va hokimiyat uchun kurashini o’rganish;
-Amir Nasrullohxon shaxsining tarixiy manbalar va adabiyotlardagi talqinini yoritish;
-Amir Nasrullohxonning hokimiyat uchun kurashini tadqiq etish;
-Amir Nasrulloxonning Buxoro amirligini markazlashgan davlatga aylantirish yuzasidan olib borgan tadbirlarini yoritish;
-Nasrullohxon davrida Buxoro amirligining ijtimoiy-iqtisodiy hayotini tahlil qilish;
-Amir Nasrullohxonning harbiy islohotlari va harbiy yurishlarini bayon etish.
BMIning nazariy-uslubiy asoslari: O’zbekiston Respublikasi Prezidenti I.A.Karimov asarlarida bayon qilingan Vatanimiz tarixini ilmiy manbalarga tayangan holda haqqoniy o’rganish, xolislik va tarixiylik an‘analariga asoslangan yangi uslubiy yondashuvlar, muhim ahamiyatga ega bo’ldi. Ishni bayon qilishda milliy istiqlol g’oyasi talablariga rioya qilindi. Shuningdek, O’zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining tarix fanini rivojlantirishga doir qarorlarida ta‘kidlangan ko’rsatmalar, yo’l-yo’riqlar ham asosiy nazariy-metodologik asos bo’lib hisoblanadi.
BMIning ilmiy yangiligi va ahamiyati: Ishda ilmiy adabiyotlarga tayangan holda Buxoroda mang’itlar sulolasining hukmronlik yillariga bag’ishlangan asarlar, xususan, ishda Amir Nasrullohxon davrida Buxoro amirligining ichki va tashqi siyosatiga doir manbalar tahlil qilindi.
Tadqiqot natijasida qo’lga kiritilgan yakuniy xulosalardan O’zbekiston tarixining o’qitishda, uslubiy qo’llanmalar tayyorlashda foydalanish mumkin. Shuningdek, Buxoroda mang’itlar sulolasining hukmronlik yillari ya’ni, 1753-1920 yilgacha bo’lgan davr tarixi bilan qiziquvchilar ham foydalanishlari mumkin.

Download 276 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
  1   2   3   4   5   6   7   8   9




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling