Мавзу: Амир Насруллохон даврида Бухоро амирлигининг ички ва ташқи сиёсати


Amir Nasrulloxonning Buxoro amirligini markazlashgan davlatga aylantirish yuzasidan olib borgan tadbirlari


Download 276 Kb.
bet3/9
Sana07.03.2023
Hajmi276 Kb.
#1246382
1   2   3   4   5   6   7   8   9
Bog'liq
Amir Nasrullohxon davrida Bu (1)

2. Amir Nasrulloxonning Buxoro amirligini markazlashgan davlatga aylantirish yuzasidan olib borgan tadbirlari
2.1. Nasrullohxon davrida Buxoro amirligining ijtimoiy-iqtisodiy hayoti

Sobiq ittifoq tuzumi davrida mang‘itlar sulolasi vakillariga bir tomonlama yondashilib, ular davrida hech qanday islohotlar amalga oshirilmagan, ushbu davlat boshliqlari asosan maishatbozlik va jangu-jadallar bilan ovora bo‘lib, mamlakat hayotida jiddiy o‘zgarishlar qilishga urinmaganlar degan qarashlar hukmron edi. Mang‘itlar davri tarixnavislari ma’lumotlari, tarixiy hujjatlar, dastlabki manbalar va sayohatchilarning yo‘l xotiralarini o‘rganish va tahlil qilish o‘z navbatida, ushbu fikrlarning asossiz ekanligi­ni ko‘rsatadi.


O‘rganilgan tarixiy manbalar mang‘itlar sulolasi vakillari­ning barchasini ham faoliyati yuqoridagi yondashuvlar asosida baho­lashga loyiq emasligidan dalolat beradi. Shu jihatdan olganda, tahlil etilgan manbalarga asoslanib, albatta, bunda jamiyat rivoj­lanishiga ta’sir etgan obyektiv va subyektiv omillarni hisobga ol­gan holda, Buxoro amirligi davlatchiligining shakllanish va rivoj­lanishini muayyan bosqichlarga ajratib o‘rganish maqsadga muvofiq deb hisoblaymiz. Biz bunda mang‘itlar sulolasining dastlabki va­killari tomonidan amalga oshirilgan islohotlar o‘z navbatida, mam­lakatni birlashtirish va aholi turmush tarzini yengillashtirishda muayyan darajada ijobiy ahamiyat kasb etganligini davrlashtirish uchun mezon sifatida belgilashga harakat qildik.
Agar Buxoro amirligi davlatchiligi taraqqiyotini ushbu nuqtai-nazardan qaraydigan bo‘lsak, uni quyidagi ikki bosqich doirasida o‘rganish maqsadga muvofiqdir:
Birinchi bosqich – dastlabki to‘rt mang‘it hukmdorlari Muham­mad Rahim, Muhammad Doniyolbiy, amir Shohmurod, amir Haydar­ning davlatni shakllantirish va rivojlantirish borasidagi siyosiy-huquqiy, iqtisodiy hamda madaniy-ma’rifiy sohadagi faoliyatlari davrini o‘z ichiga oladi. Buxoro amirligi taraqqiyotining ushbu bosqichini siyosiy-huquqiy, diniy, madaniy hayot, tashqi diplomatiya va tashqi savdo masalalarida ijobiy natijalarga erishilgan davr sifatida e’tirof etish mumkin.
Mang‘itlar sulolasining asoschisi Muhammad Rahim (1747-1759) o‘z hukmronligini dastlab, mamlakatni mustahkamlash hamda davlat uchun muhim bo‘lgan mustaqil yoki yarim mustaqil holatga kelib qolgan ma’muriy-hududiy birliklarni qayta birlashtirishga harakat qilishdan boshlagan1.
O‘z navbatida, Muhammad Rahim davlatni mustahkamlash va ma’muriy-hududiy birliklarni birlashtirish yo‘lida tashqi siyosiy to‘siqlarga duch kelgan. Mahalliy tarixnavislar Muhammad Sharif va Xumuliylarning guvohlik berishicha, afg‘on sarkardasi Ahmadshoh Durroniy Burgut va Miyonqol hududlarida kechgan siyosiy g‘alayonlar­ning yuzaga kelishiga sababchi bo‘lgan va mahalliy aholini Muhammad Rahim qo‘shiniga qarshi kurashda chetdan turib qo‘llab-quvvatlab tur­gan. Muhammad Rahim Buxoro amirlari orasida mamlakatning barcha hududida muayyan darajada tinchlikni saqlay olgan, davlatning chega­ralarini mustahkamlagan hamda tashqi dushmanlardan himoya qilgan yagona davlat boshlig‘idir. O‘z navbatida, u mamlakatni birlashti­rishda muayyan darajada to‘siq bo‘lib turgan Afg‘oniston davlati bi­lan sulh shartnomasini (1750yil) imzolashga erishadi.
Muhammad Rahim davlatni boshqarishning eng maqbul usuli sifatida o‘zi tomonidan shakllantirilgan “yangi davlat” (sulola, davlat, hukumat, hokimiyat, taqdirdagi baxtli burilish)ni ko‘rsata­di. Tarixnavis Xumuliyning ma’lumotiga qaraganda, Muhammad Rahimning “yangi davlati” davlat tepasiga yangi sulola – mang‘it su­lolasining kelishi bilan bog‘liq edi. Shu bilan birga, tegishli manbalarni chuqur tahlil etish, Muhammad Rahim davrida davlatni tashkil etish borasida jiddiy o‘zgarishlar ro‘y bermaganligi to‘g‘risida xulosa chiqarishga ham imkon tug‘diradi. Bunda Muhammad Rahimning unvonlar berish va davlat mansablari tizimiga qisman o‘zgartirish kiritish bilan cheklanganligini ko‘rsatib o‘tish mumkin, xolos. Shu bilan birga, Muhammad Rahim ashtarxoniylar davridan meros bo‘lib qolgan salbiy oqibatlar, ya’ni qo‘shni davlatlar bilan doimiy urushlar olib borishga qisman chek qo‘ygan va mamlakatda mu­ayyan darajada tartib o‘rnatishga erishgan. Bu esa o‘z navbatida, amir­likda savdo-sotiq va dehqonchilik ishlarining rivojlanishiga turt­ki bo‘lgan.
Dastlabki manbalarga asoslangan xorij tadqiqotlarida ham Muhammad Rahimning davlat boshqaruviga ijobiy baho beriladi. Xususan, Anke fon Kyugelgen “Muhammad Rahim mamlakatni rivoj­lantirdi va mamlakatda yashovchilarni baxtiyor ayladi. U davlatni boshqarish bilan birga o‘zini boshqarishni va fuqarolarni hurmat qilishni hamda ularning dardi bilan yashashni unutmadi” – deb qayd etadi. Tarixnavis Somiy ham Muhammad Rahimni saxiy, mehribon, oliyjanob hamda jazolashda qat’iy qaror qabul qiluvchi hukmdor sifatida ta’riflaydi.
Mang‘itlar sulolasining keyingi vakili Muhammad Doniyolbiy (1759-1785) Muhammad Rahim davrida uning siyosiy va iqtisodiy ma­salalar bo‘yicha yordamchisi va maslahatchisi lavozimida faoliyat yuritgan. U davlat tepasiga kelishi bilan oldindan mang‘itlarga qarshi bo‘lib kelgan o‘zga urug‘lar tomonidan turli g‘alayonlar kelib chiqqan. G‘alayonchilar Muhammad Doniyolbiyning hukmdorligi legi­tim (qonuniy) emasligini ro‘kach qilib, hokimiyat tepasiga chingi­ziy(ashtarxoniylar)lar kelishini talab qiladilar. Amirlikka qa­rashli bo‘lgan Shahrisabz, Miyonqol va Qarshi bekliklarida yana muss­taqillik uchun kurash avj olib ketadi.
Shuni alohida ta’kidlash joizki, Muhammad Doniyolbiy Mu­hammad Rahim vafotidan keyin mamlakatda eng yuqori unvon hamda lavozimga ega shaxs edi. Shuning uchun ham Muhammad Doniyolbiy barcha olimu-fuzalolar, din peshvolarining tanlovi asosida davlat­ni boshqara boshlagan.
Muhammad Doniyolbiy birinchi navbatda davlatda tartibsizlik­larni bartaraf etishga va huquqbuzarliklarni oldini olishga e’ti­bor qaratgan. Ikkinchi o‘rinda u nafaqat Buxoro shahri balki amir­lik tarkibiga kiruvchi barcha bekliklarda savdo-sotiq, hunarmadchi­likni rivojlantirishga hamda fuqarolarga tinchlik va havfsizlik­ni ta’minlab berishga muyassar bo‘lgan. Muhammad Doniyolbiy ijti­moiy munosabatlarni huqukiy asoslarda tartibga solishning taraf­dori bo‘lgan. Shuning uchun u fiqh ilmi ulamolarini har taraflama qo‘llab-quvvatlagan. Manbalarda keltirilishicha, Muhammad Doniyol­biy barcha huquqiy masalalarda islom huquqshunoslaridan maslahat olgan.
Muhammad Doniyolbiy davlat va jamiyat boshqaruvidagi turli masalalarni kengashgan holda maslahatlashib amalga oshirgan. Xusu­san, 1781 yilda Rossiya hukumatining Buxoroda savdo shartnomasini tuzishga oid taklifiga u dastlab 92 o‘zbek urug‘i vakillarining fik­rini olishi lozimligini uqtirib o‘tadi.
Shuni ta’kidlash joizki, Muhammad Doniyolbiy so‘fizm ta’li­motiga alohida e’tibor qaratgan. Xususan, u Muhammad Rahimning vafotidan so‘ng mamlakatda boshlanib ketgan turli g‘alayonlarni ol­dini olish, xalq tinchligi va havfsizligini ta’minlash maqsadida so‘fizm namoyondalaridan biri hisoblangan Mahdumi A’zamning av­lodlaridan biri Ishoq Xojadan maslahat olib turgan. Binobarin, Muhammad Doniyolbiyning so‘fizm ta’limotini ashaddiy tarafdori ekanligi to‘g‘risida to‘liq ma’lumot bo‘lmasada, u o‘g‘li Shohmurodni ushbu ta’limotning yirik namoyondalaridan biri bo‘lib shakllanishi uchun barcha imkoniyatlarni yaratib bergan.
Muhammad Doniyolbiy vafotidan keyin uning o‘g‘li Shohmurod davlatni boshqarish vakolatini qo‘lga kiritadi. U Muhammad Doni­yolbiy davrida Karmana, Qarshi bekliklarini boshqaradi va ma’lum vaqt davomida davlatdagi eng oliy mansablardan biri bo‘lmish qush­begi lavozimida faoliyat yuritadi. “Boshdanoq u mamlakatda qattiq tartib o‘rnatishga kirishib, ishni sulola mavqeini rasmiy jihatdan mustahkamlashdan boshlaydi. Ya’ni soxta xonlik an’anasiga chek qo‘­yib, taxtga rasman o‘zi chiqadi, lekin xon emas, amir unvoni bilan”1.
Shohmurod davlat boshlig‘i – amir unvonini ta’sis etar ekan, ushbu unvonning o‘zbek va mo‘g‘ul urug‘lari an’analari bilan emas, balki shariat qoidalari asosida yuzaga kelganini asoslab beradi.
Huquqshunos olim Z.Muqimovning ta’kidlashicha, “Amir Shoh­murod soliqlardan ezilgan xalqning noroziligi kuchaygan davrda taxtga o‘tirganligi uchun ham birinchi islohotni soliqlarni tartib­ga solishdan boshladi. Butun Buxoro amirligi aholisiga tarxon yorlig‘i berib, o‘zidan avvalgi hukmdorlar joriy qilgan, shariatga to‘g‘ri kelmaydigan yorg‘u, boj, tarx, tushmol, yasoq kabi soliqlarni bekor qildi3. Amir Shohmurod tomonidan amalga oshirilgan soliq islohotlari uning soliq solish va uni undirishni tartibga keltirishga oid farmonlarida aks etgan.
Amir Shohmurod tomonidan o‘tkazilgan sud – huquq islohot­lari o‘z navbatida, mamlakatda sud ishlarini yuritishda nohaqlik­larga chek qo‘yilishiga, qozilar tomonidan muayyan darajada odillik, adolat va insonparvarlik ruhida sud jarayonlarini amalga oshirish­ga imkon yaratib bergan.
Ushbu sud-huquq islohotlarining yana bir muhim jihati qozi­ning hukmidan norozi bo‘lgan tarafning qozi-ul-quzzotga yoki amirga shikoyat qilish huquqini qo‘lga kiritganligida ko‘rinadi. O‘z navba­tida, qozikalonga yoki amir nomiga yozilgan shikoyatnoma o‘rganib chiqilib, qozining hukmini asosli ravishda qozi-ul-quzzot bekor qilishi hamda uning qarorini faqat amir bekor qilishi mumkin bo‘lgan.
Amir Shohmurod tomonidan o‘tkazilgan sud-huquq islohotlari o‘z davrida nafaqat Buxoro amirligi, balki boshqa xonliklar uchun ham progressiv ahamiyatga ega edi. Shu bilan birga, amir Shohmurod sudlovni tashkil etish, xususan, quyi sud qozilarining tayinlani­shi borasida ham muayyan o‘zgarishlarni amalga oshirgan. Binobarin, amir Shohmurodning bevosita tashabbusi bilan qirq a’lamdan (qonunshunoslardan) iborat tarkibda oliy sud (qozixona) palatasi tuzilgan. Ushbu palatada qozilarning hukmidan norozi bo‘lib yozil­gan arz va shikoyatnomalar shariat normalari bilan birga, amir Shoh­murod tomonidan tuzilgan qoidalar to‘plami asosida ko‘rib chiqil­gan. Sud palatasida arz yoki shikoyatnoma ko‘rilayotganda da’vogarning shaxsan o‘zi ishtirok etish imkoniyatiga ega bo‘lgan.
Amir Shohmurod tomonidan amalga oshirilgan ushbu islohot­lar xorij olimlari tomonidan ham e’tirof etilgan. Xususan, ing­liz olimi X.Malkolmning ta’kidlashicha, amir Shohmurod davlat va huquq islohotchisi, islom huquqi normalarining g‘oyaviy va ama­liy kurashchisi hamda davlat boshlig‘i sifatida qirq a’lam sudi ish­larida ishtirok etganda taraflarning o‘zaro kelishuvi, jabrlanuvchi va ayblanuvchi tomonlarning o‘zaro yarashuvining tarafdori edi. U amirlik xazinasidan jabrlanuvchining foydasiga yetkazilgan zarar­ning yarmini qoplash uchun ayblanuvchining kelajakda ijtimoiy tar­biyalanishi, oilasi, farzandlari qarovsiz qolib ketmasligining ol­dini olish maqsadida foizsiz mablag‘ ajratish amaliyotini qo‘llagan. Ushbu xususiyati bilan amir Shohmurod tomonidan amalga oshirilgan yarashuv mexanizmi o‘z davri uchun muhim ahamiyatga ega bo‘lgan. Ta’kidlash joizki, amir Shohmurod tomonidan o‘tkazilgan ushbu is­lohot bugungi kunda sud-huquq amaliyotida muhim amaliy ahamiyatga egadir.
Amir Shohmurod shariat normalariga mutlaqo zid bo‘lgan va uning talablariga javob bermaydigan zid bo‘lgan barcha normalar­ning amal qilishini bekor qilgan. Tarixnavis Somiyning ma’lu­motlariga qaraganda, harbiy sohadagi boshqaruv faoliyatini ulamo­larning fatvosi asosida olib borgan hamda aynan uning davrida huquq manbasi bo‘lmish sunnaga sezilarli darajada amal qilingan.
Shohmurod vaqf mulklari hamda ulardan tushadigan soliq va boshqa majburiy to‘lovlar hisobidan eski madrasa, masjid, honaqo, maktab va mozorlarni qayta tiklaydi. Madrasa mudarrisi, muftiy, imom, qozi va boshqa diniy mansablarga nomzodlarni tayinlashda ularning shariat normalariga amal qilish darajasi, huquqiy bi­limlari va huquqiy savodxonligiga e’tibor qaratgan.
U shariat normalarini chuqur o‘zlashtirgan madrasa talabalari­ga soliqlar hisobidan qo‘shimcha talabalik haqlari berish tizimini joriy qilgan. Shohmurod nafaqat ta’lim jarayonida, balki boshqa fuqarolarning ham islom huquqi normalarini bilishlikka da’vat etish bilan birga, ularga keng imtiyoz va imkoniyatlar yaratib bergan.
Bu borada Xumuliyning ta’kidlashicha, amir Shohmurod fiqh­shunos olimlar va viloyat beklaridan amirlikning barcha hududlari­dagi masjid va madrasalarda aholiga haqiqiy islom huquqi norma­lariga asoslangan odat va majburiyatlarni tushuntirishni hamda ularning shar’iy huquqiy bilimlari darajasini yanada oshirishni talab qilgan.
Amir Shohmurodni o‘z navbatida islom fiqhshunosligi murab­biysi sifatida ham e’tirof etish mumkin. Shohmurod madrasalarda xanafiy mazhabi, xususan, Burhoniddin al-Marg‘inoniyning “Al-Hidoya” asari, Imom Al-Moturidiyning g‘oyalari, Qur’oni Karimni talqin qilish va uni sharhlash bo‘yicha Andalusiyalik mashhur Ash-Shotibiy asarlaridan foydalangan holda dars mashg‘ulotlarini o‘tkazgan.
Tarixnavis Miriyning ta’kidlashicha, amir Shohmurod so‘fiy­lik ilmini, islom huquqi normalari va majburiyatlari haqidagi ilmlarni Shayx Safardan, Qur’oni Karim ilmini esa uch murabbiy­dan, ya’ni Hofiz Ashur, Nodir Boqi qori va Niyozquli qorilardan tahsil olib o‘rgangan.
Shu bilan birga, amir Shohmurod huquqiy masalalarga oid bo‘lgan kitoblar yozgan. Xususan, xanafiya mazhabiga oid bo‘lgan barcha fatvolar va qoidalarni mujassamlashtirgan “Fatvoyi ahli Buxoro” va “Ayn ul-Hikma” nomli to‘plamlarini ko‘rsatib o‘tish mumkin. Shu jihatdan olganda, amir Shohmurodning ushbu asarlarini bugungi kunda milliy davlatchilik tarixini o‘rganish va uni ilmiy tahlil etishda nodir va qimmatli huquq manbasi sifatida qarash lozim.
Amir Shohmurod nafaqat Buxoro shahrida balki amirlikning turli viloyatlariga borib ulardagi masjid va madrasalarda shariat huquqi normalari va ularni tadbiq etishga oid masalalar yuzasidan mashg‘ulotlar o‘tkazib kelgan. Masjidlarda imomlik qilib, namoz tugaganidan so‘ng “oliy yig‘in”(majlisi oliy)ni chaqirgan hamda un­ga ilm ahlini, qozilarni, hadisshunos olimlarni to‘plagan. Ushbu majlislarda islom huquqi normalariga, huquqiy odatlarga asoslan­gan holda aholiga ularning fiqhiy muammolarga oid savollariga javob qaytargan.
Amir Shohmurod Buxoro amirligi hududida qishloq xo‘jaligi­ni yanada rivojlantirish, qishloq xo‘jaligi mahsulotlari va yer unumdorligini oshirish maqsadida ariqlar, zovurlar qazdirgan, da­ryo va irmoqlarni qaytadan ta’mirlagan.
Amerikalik olim G. Xembli amir Shohmurod shaxsiga, uning davlat boshlig‘i va davlatni boshqarish san’atining o‘ziga xosligiga alohida e’tibor berib, Shohmurodning yoshlik yillari Buxoroning qadimiy Masjidi Kalonida diniy va dunyoviy ilmlarni o‘rganish bilan o‘tganligini, u darvesh jamiyatining odatlari va kiyimlarini saqlab qolib, hatto o‘z qo‘shinlarini jangga boshlab borayotganda ham oddiy past bo‘yli otida borishini, harbiy yo‘lboshchi sifatida ajoyib tashkilotchilik qobiliyatiga ega ekanligini ta’kidlab o‘tadi.
O‘z navbatida G.Xembli amir Shohmurodning siyosiy-huquqiy faoliyatiga quyidagicha baho beradi: “U Afg‘onistonning Durroniy hukmdorlaridan Balxni tortib ololmasada, ammo Eronga qarshi Amudaryoni yildan-yilga muvaffaqiyatli kesib o‘tdi. Uning asosiy maqsadi Eron madaniyat markazi sanalmish Marvni egallab olish edi. Shuning uchun ham Buxoro aholisi amir Shohmurodni harbiy zafar­lari tufayli shariatning qat’iy talablari kabi hurmat qilardi”.
Tarixchi olim T.Fayziyev ham amir Shohmurodga davlat boshlig‘i sifatida quyidagicha ta’rif beradi: “Begunoh amir nomini olgan Shohmurod shariat ishlariga keng yo‘l ochgan, vaqflarni tiklagan, masjid va madrasalar ishiga katta e’tibor bergan. U zohidlarga xos hayot kechirib, mamlakatda ro‘y bergan siyosiy-iqtisodiy vaziyat taqo­zosiga ko‘ra, bir necha jangu-jadallarda bo‘ldi. Mang‘itlar saltana­tida bid’at va nomashru ishlarni tag-tomiridan uzgan birinchi hukmdor bo‘lgan”1.
Sobiq ittifoq davrida milliy davlatchiligimizni, xususan, adolatli hukmdorlarni hamda ular tomonidan amalga oshirilgan ko‘plab ezgu ishlarni o‘rganish uchun yetarli tarixiy manbalar mavjud bo‘lishiga qaramasdan, ularni o‘rganishga deyarli rag‘bat ko‘rsatilma­gan. Shu asosda davlatchilikni rivojlanishiga muayyan darajada o‘z hissasini qo‘shgan amir Shohmurodga o‘xshagan hukmdorlar faoliyati ham bir tomonlama ya’ni faqat salbiy nuqtai nazardan o‘rganilgan. Holbuki, o‘z davrida mang‘it hukmdorlarining faoliyatini tanqidiy tasvirlagan Ahmad Donish ham amir Shohmurodni xalifa Umar bi­lan bir qatorga qo‘yib amirlik gilamini kambag‘allik kiyimi bilan bezadi, jahon bog‘idan dushmanlik va yomonlik tomirini sug‘urib tashladi va adolat nihollarini o‘tkazdi, - deb uning faoliyatini yuk­sak baholagan edi.
Amir Shohmurod faoliyati yuzasidan xulosa o‘rnida aytish mum­kinki, mang‘itlar hukmronligi davrida Buxoro amirligida davlat­chilikni taraqqiy etib shakllanishi va rivojlanishi aynan u dav­latni boshqargan davrga to‘g‘ri keladi. O‘z o‘rnida yuqoridagi xislat­larga ega bo‘lgan davlat boshlig‘i haqida Prezident I.A.Karimovning quyidagi fikrlarini keltirib o‘tish o‘rinli deb hisoblaymiz: “Odil va oqil hokimiyat xalq kayfiyatini, uning irodasini albatta hisobga oladi. Xalqning iste’dodini, undagi barcha olijanob xis­latlarni ishga soladi, xalq g‘ayratini yaratuvchilik yo‘liga boshqa­radi”1.
Amir Shohmuroddan so‘ng davlatni boshqarish uning o‘g‘li Qar­shi bekligining hokimi amir Haydar qo‘liga o‘tadi. Amir Haydar davlatni boshqarish masalasida otasi amir Shohmurod siyosatining izchil davomchisi edi. Ushbu holat ayniqsa, uning ulamolarga muno­sabati va tashqi siyosatni izchillik bilan davom ettirishida ko‘rinadi.
Amir Haydar o‘z hukmronligi davrida asosan ichki dushmanlarga qarshi kurash olib boradi. Shahrisabz, Samarqand, Urgut beklikla­rida bo‘lib o‘tgan g‘alayonlar, Marv vohasi uchun Xiva xoni Muhammad Rahimxon bilan olib borilgan urushlar Amir Haydarni davlatda harbiy-siyosiy islohotlar o‘tkazishga majbur qildi.
U olib borgan tinimsiz kurashlar natijasida 1817-1850 yil­larda Balx vohasi qo‘lga kiritildi, Maymana, Badaxshon va Qunduz viloyatlari amirlik hududiga qo‘shib olindi. Amir Haydar davlatni boshqarishda asosan tashqi munosabatlarga e’tibor qaratadi, xusu­san, u afg‘on hukmdori Ahmad Shoh Durroniyning o‘g‘li SHo‘ja al-Mulkom bilan ikki mamlakat o‘rtasida o‘zaro do‘stlik rishtalarini qayta tiklashga muvaffaq bo‘lgan.
Buxoroga qo‘shni davlatlarning hukmdorlari amir Haydar hukmronligini zaiflashtirish maqsadida uning saroy a’yonlari va beklari, qarindosh-urug‘lari va birodarlariga turli va’dalar berib, ularning o‘zaro totuvligiga putur yetkazishga intilganlar. Markaziy hokimiyatga qarshi isyon ko‘targan Nosiriddin To‘ra 4000 askar bilan Marvdan chiqib, Chorjo‘yga kelganida amir Haydar unga qarshi Niyoz­bek parvonachini 10 000 kishilik qo‘shinga qo‘mondon qilib jo‘natgan.
Shuningdek, qo‘shni davlatlar Buxoro amirligi ichida ko‘taril­gan turli g‘alayonlardan o‘z maqsadlari yo‘lida foydalanishga urin­ganlar. 1821-1825 yillarda amir Haydarning soliq siyosatiga qarshi xitoy-qipchoqlar ko‘targan Miyonqol qo‘zg‘oloni katta qiyinchilik bi­lan bostirilgan. Ushbu qo‘zg‘olonga qo‘shni davlatlardan ko‘mak ko‘rsa­tilib, shu orqali Buxoro davlatini zaiflashtirishga harakat qilin­gan.
Amir Haydar boshqa mang‘it hukmdorlaridan farqli ravishda o‘z qo‘shinidagi askarlarga muntazam ravishda yaxshi maosh to‘lab borgan. Bundan tashqari u mamlakatdagi soliq yig‘uvchilarga yillik maosh ajratish bilan birga, ularga yiliga ikki marta sarupo ulashgan. O‘z navbatida kambag‘allar, yetim-yesirlar, qashshoqlar, darveshlar, muho­jirlar va mullalarga har yili nafaqa berish uchun katta miqdorda mablag‘ ajratgan. Shu bilan birga, amir Haydar amirlikda xitoy-qipchoqlar tomonidan yuzaga kelib turadigan turli mojarolarni ol­dini olish maqsadida ushbu hududlarga nisbatan turli to‘lovlar miqdorini kamaytirgan.
Amir Haydar mamlakatda muayyan darajada huquqiy tizimni mustahkamlashga ham harakat qilgan. Bu borada tarixchi olim Q.Rajabovning e’tirof etishicha, “Amir Said Haydar islom fiqhi­ning hanafiya mazhabiga oid “Al-favoid al-alfiya” nomli asar ham yozgan. Amir Haydar davlat hujjatlarini tizimlashtirishga alohida e’tibor qaratgan mang‘itlar sulolasining dastlabki hukmdorlaridan biri ekanligi bilan ham diqqatga sazovordir”. Tarixnavis Somiy ham amir Haydarni ziyoli davlat boshlig‘i va odil hukmdor sifatida baholab, uning davlat ishlari bilan nechog‘lik band bo‘lishiga qara­masdan olimu-fuzalolar bilan huquqiy mavzulardagi mashg‘ulotlar­da doimo ishtirok etishini hamda ularning fikriga tayanib ish tut­ganligini e’tirof etadi.
Amerikalik olim G. Xembli ham amir Haydarning davlatni boshqarishga oid xususiyatlarini inobatga olgan holda uning fao­liyatiga quyidagicha ta’rif beradi: “amir Haydar shahzodalarning rolini darveshlik bilan bir darajada muvaffaqiyatli bog‘ladi”. O‘z navbatida amir Haydarning maktub va nomalarini o‘rgangan olim Sh.Tilavov: “savodli va ilmli bo‘lmagan hukmdorning turli-tuman mavzularda shunchalar maktublar yozishiga ishonish qiyin”, - deb unga yuksak baho beradi.
Buxoro amirligi davlatchiligi rivojlanishining ikkinchi bosqichi 1826-1920 yillarni o‘z ichiga oladi. Ushbu davrda davlatda mang‘it sulolasidan amir Nasrullo, amir Muzaffar, amir Abdula­had, amir Olimxonlar hukmronlik qilganlar.
Amir Nasrullo hokimiyat tepasiga otasi amir Haydarning o‘limidan so‘ng olti oy o‘tgandan so‘ng kelgan. U milliy davlatchilik tarixida kuchli, jasur hamda qattiqqo‘l davlat boshlig‘i sifatida joy olgan.
Tarixchi va sayohatchilarning ma’lumotlariga qaraganda, amir Nasrullo hukmdor sifatida davlatning ichki va tashqi dushmanlari­ga haqiqiy zarbani berdi. Amir Nasrullo tomonidan olib borilgan harbiy-siyosiy islohotlar natijasida davlatning harbiy qudrati mustahkamlana borgan. Olib borilgan tinimsiz urushlar barobarida Qo‘qon xonligi (1842y) hamda Shahrisabz (1856y) bekligi egallanadi.
Amir Nasrullo tashqi siyosat masalasida oldingi davlat bosh­liqlaridan farqli ravishda, Markaziy Osiyoning iqtisodiy salo­hiyatiga talabgor bo‘lgan ikki yirik davlatlar Rossiya va Angliya bi­lan ochiq siyosat olib borish dasturini amalga oshirgan. XIX asr 30 yillarining boshlarida Buxoro amirligiga Vest-Indiya kompaniya­sining topshirig‘i bilan kelgan leytenant Aleksandr Berns bilan olib borilgan muzokaralar asosida Angliya davlati bilan qisqa muddatga bo‘lsada, o‘zaro hamkorlik munosabatlari o‘rnatiladi.
Shu bilan birga, ayrim tarixiy manbalarda amir Nasrullo shafqatsiz hukmdor sifatida e’tirof etiladi. Lekin ingliz olimi Uiler amir Nasrulloni: “shafqatsiz hamda mustabid hukmronligiga qaramasdan, u davlat qurilishi yo‘lida bir qator ijobiy ishlarni ham amalga oshirdi. O‘ziga sodiq harbiylar bilan birga professio­nal qo‘shin tashkil qildi, bir qancha sug‘orish loyihalarini va ma’­muriy-huquqiy islohotlarni amalga oshirdi” deb, uning davlatni boshqarish faoliyatiga ijobiy baho beradi.
Amir Nasrullodan keyin davlatni boshqargan mang‘it sulolasi vakillaridan amir Muzaffar, amir Abdulahad, amir Olimxonlar davri milliy davlatchilik tarixida kam o‘rganilgan davr bo‘lib, te­gishli manbalarda ushbu hukmdorlarga nisbatan deyarli ijobiy baho berilmagan. Istiqlol sharofati ila milliy davlatchilik manbala­rini tadqiq etish jarayonida yuqorida nomlari zikr etilgan hukm­dorlar tomonidan ham muayyan darajada islohotlarni amalga oshi­rishga harakat qilinganligiga guvoh bo‘lamiz.
Xususan, amir Abdulahad sud-huquq tizimini tubdan isloh qilishga hamda ushbu sohani yanada insonparvarlik tamoyili asosida shakllantirishga, amir Olimxon jamiyatda poraxo‘rlikni butunlay yo‘qotish va ta’lim tizimini tubdan isloh etishga uringanlar.
Buxoro davlatining butunlay Chor Rossiyasi tarkibiga qo‘shib olinishini oldini olish maqsadida amir Muzaffar chor hukumati bilan sulh shartnomasini tuzishga majbur bo‘lgan. Ushbu shartnoma asosida Buxoro amirligi tashqi va ichki siyosiy masalalarni hal qilishda mustaqillikdan mahrum bo‘lib Rossiya davlati ostidagi yarimmustamlaka davlatga aylandi. Ayniqsa, chor qo‘shinlarining 1871-1872 yillarda Zarafshon daryosi boshqaruvini nazoratga olish­lari Buxoroning bundan keyingi rivojlanishiga salbiy ta’sir o‘tkazgan.
Buxoro amirligi bilan Rossiya davlati o‘rtasida tuzilgan sulh shartnomasidan kelib chiqib, 1884 yilda Buxoro bilan Kattaqo‘rg‘on shaharlari orasida telegraf aloqasi hamda 1888 yilda Chorjo‘y, Amudaryo, Buxoro va Samarqandgacha, nihoyat 1898 yilda Toshkentgacha temir yo‘llari yotqiziladi.
Shu bilan birga, amirlik ijtimoiy hayotidagi o‘zgarishlar da­vom etib borgan. Maorif sohasida amalga oshirilgan yangi o‘quv usullari – “usuli jadid”ni joriy qilish maqsadida 1893 yilda Ismoilbek Gaspirinskiy shaxsan Buxoro amiri Abdulahad bilan muzokaralar olib borgan. Shu bilan birga, musulmon dini rivojiga alohida e’tibor bergan, natijada esa ulamolar soni 500 dan 150 ming kishiga ortgan.
Ma’lumki, Buxoro amirligining so‘nggi hukmdori amir Said Olimxon hukmronligi davri adabiyotlarda salbiy jihatdan yoritil­gan. Biz esa, ushbu amir davrini xolisona ravishda o‘rganishga harakat qildik.
Amir Said Olimxon mamlakatda tartib-intizom o‘rnatish, ma’rifatparvar-likka yo‘l ochish hamda obodonchilik ishlarini jon­lantirishga muayyan darajada harakat qilgan. Bu borada amir Said Olimxon o‘zining “Buxoro xalqining hasrati tarixi” nomli memuar asarida quyidagilarni yozadi: Buxoro minorasining past tomonida, bozorning ichki tomonida o‘z nomimdan Dor-ul-ulum – Bilim uyi bo‘lgan bir madrasa qurdirdim; har xil ilmdan dars beruvchi mual­limlar tayin ettirdim. Bozor va yo‘l obodligiga ko‘p harakat qildim, uch yil ichida Buxoro mamlakati ancha obod bo‘ldi, unga zeb-ziynat va tartib-intizom o‘rnatdim. Mening sa’yi-harakatimdan Buxoro aho­lisi va butun mamlakat mamnun bo‘ldi.
Amir Said Olimxon hukmronligi davrida “Yosh buxorolik­lar”ning talablari asosida bir qator islohotlar amalga oshirilishi mo‘ljallangan edi. Bu esa o‘z navbatida “Yosh buxoroliklar” hara­katini siyosiy-huquqiy masalalarni hal qilishdagi rolini yanada ku­chaytirdi. Jumladan:
-mahalliy soliqlar 10 foizgacha qisqartirilgan;
-harbiylar oylik haqi oshirilgan (piyoda xizmatchilarga oyi­da 3-9 rublgacha, otliq qo‘shinlarga 6-20 rublgacha);
-yoshi ulug‘ bo‘lgan harbiy xizmatdan ozod etilgan kishilarga oyida 3 rublgacha nafaqa tayinlangan;
-qozilarga sud jarayonida taraflardan aniq belgilangan miqdordagi boj haqi undirish buyurilgan;
-Rais – shahar boshlig‘ining xarajatlari qisqartiriladi;
-Muqaddas yerlardan foyda olishga ruxsat beriladi;
-Keng qamrovli homiylik faoliyatiga asos solingan.
Shuni alohida ta’kidlash joizki, amirlikda o‘tkazilishi ko‘zlangan islohotlar monarxiya davlat boshqaruviga hamda shariat normalariga asoslangan emas edi. Shuning uchun islohotning e’lon qilinishi bilan mamlakatda siyosiy vaziyat keskinlashib, turli kuch­larning qarshiligi yanada kuchaydi.
Shu bilan birga, Said Olimxonning davlat boshqaruvida iqtisodiy masalalarga ham alohida e’tibor qaratgan va bir qator yutuqlarga erishgan amir sifatida baholash mumkin. F.Xo‘jayevning ma’lumotlariga qaraganda, amirlikda bir qator hissadorlik jami­yatlari, banklar, sanoat va ishlab chiqarish korxonalari tashkil etil­gan. Olingan daromadlar temir yo‘l, aloqa va maishiy xizmat ko‘rsa­tish sohalariga ajratilgan1.
Buxoro amirligi davlatchiligi shakllanishi va rivojlanishi xususida quyidagicha xulosa chiqarish mumkin:
Birinchidan, tarixiy-ilmiy xolislikka asoslanib ushbu davrni ikki bosqichda o‘rganish muhimdir; ikkinchidan, bir yarim asrdan ortiq davlatchilikka ega bo‘lgan Buxoro amirligida davlat-huquqiy tartiblar muayyan darajada amal qilgan; uchinchidan, o‘z davrida ijo­biy xarakterlangan va bugungi kun uchun ham ahamiyatga ega bo‘lgan amir Shohmurod va amir Haydarlar boshqaruv faoliyatiga ijobiy baho berish mumkin; to‘rtinchidan, Buxoroning so‘nggi amirlari dav­lat mustaqilligi va xavfsizligini ta’minlashda muyayan darajada o‘z xissalarini qo‘shganlar; beshinchidan, Buxoro amirligi o‘sha dav­rda O‘rta Osiyoda siyosiy-huquqiy va iqtisodiy-ijtimoiy sohalarda yetakchilik qilgan; oltinchidan, amirlikda parokandalik va boshbosh­doqlikning kuchayib ketishiga tashqi omillar sezilarli darajada ta’sir etgan; yettinchidan, milliy davlatchilikning muhim davrida yo‘l qo‘yilgan xato va kamchiliklardan bugungi kunda rivojlanayotgan mustaqil O‘zbekiston amaliy faoliyati uchun tarixiy saboq chiqarish lozimdir.
Buxoro amirligi o’zbek xonliklari orasida o’zining hududiy o’rni, aholisi va tabiiy resurslari jihatidan muhim mavqeiga ega edi.
XIX asrga kelganda, Buxoro amirligining hududi qariyb 200 ming kvadrat kilometrni tashkil etardi. Uning chegaralari janubda Amudaryoning so’l qirg’og’idan boshlanib, Sirdaryogacha cho’zilib, qozoq juzlari bilan chegaradosh edi. Amirlik sharqda Pomir tog’lari, g’arbda Xiva xonligi chegaralarigacha bo’lgan hududni ishg’ol etardi.
Buxoro va Samarqand kabi yirik shaharlar joylashgan Zarafshon vodiysi amirlikning markaziy qismi hisoblanardi. Qashqadaryo va Surxondaryo vohalari, hozirgi Tojikiston hududidagi Vaxsh, Kafirnihon, Panj daryolari vodiysida joylashgan shahar va qishloqlar, hozirgi Turkmaniston hududidagi Murg’ob daryosi vohalaridagi erlar Buxoro amirligiga qarar edi.
Buxoro amirligining poytaxti Sharqda eng nufuzli shahar sifatida e’tirof etilgan Buxoroi Sharif edi. Yirik shaharlardan Samarqand, Qarshi, Shahrisabz, Kitob, Termiz, Sherobod, Hisor, Dushanbe, Ko’lob va boshqalar amirlik tasarrufida edi. Marv va Chorjo’y shaharlari uchun Buxoro amirligi bilan Xiva xonligi o’rtasida, Jizzax, O’ratepa va Xo’jand shaharlari uchun Buxoro amirligi bilan Qo’qon xonligi o’rtasida tez-tez urushlar bo’lib, bu shaharlar qo’ldan-qo’lga o’tib turardi.
XIX asr birinchi yarmida Buxoro amirligida 2 millionga yaqin aholi yashardi.
Aholi amirlikning sersuv vohalarida yashab, jazirama issiq, suvsizlik hukmronlik qiluvchi Qizilqum sahrolari va cho’llari kimsasiz yastanib yotardi. Zarafshon vodiysida 300-350 ming, Qashqadaryo vohasida 500 ming, Surxandaryo vohasida 200 ming, Sharqiy Buxoroda 500 mingcha aholi yashardi. Amirlikning yirik shaharlari - Buxoroda 60 ming, Samarqandda 50 mingga yaqin aholi yashardi.
Aholi etnik jihatdan ko’pgina elatlardan iborat bo’lib, ularning qariyb 57 foizi o’zbeklar edi. O’zbeklar bir qancha qabilalardan tashkil topgan bo’lib, ular orasida mang’it, saroy, qo’ng’irot, jabg’u, qarluq, qalmoq, nayman, qipchoq, ming, yuz qabilalari ko’pchilikni tashkil etardi. Ular asosan Zarafshon, Qashqadaryo va Surxandaryo vohalaridagi shahar va qishloqlarda yashardi.
Buxoro amirligining Xisor, Dushanbe, Sharqiy Buxorodagi Vaxsh, Kafirnihon va Panj daryolari vodiylarida, asosan tojiklar yashar edi.
Amirlikning janubiy va g’arbiy qismida turkmanlar, shimoliy-sharqiy tomonida qozoq va qirg’izlar yashardi. Shuningdek, amirlik hududida afg’onlar, eroniylar, arablar, yahudiylar, hindlar va boshqa etnik guruhlar mavjud edi.
Aholining aksariyat ko’pchiligi qishloqlarda istiqomat qilardi. Ular dehqonchilik, chorvachilik bilan shug’ullanardi. Sug’oriladigan erlarda paxta, bug’doy, sholi, jo’hori, bog’ va poliz mahsulotlari etishtirilar edi. Uzum, olma, nok, shaftoli, o’rik, gilos, anjir, qovun, tarvuz etishtirilardi. Meva-chevalar quritilib shirinlik o’rnida ishlatilardi.
Chorvachilikda qo’ychilik, qorako’l qo’ychiligi, hunarmandchilikda gilamdo’zlik, o’ymakorlik, zardo’zlik, tegirmonchilik, ko’nchilik, to’quvchilik, temirchilik, kulolchilik, beshikchilik, sandiqchilik, etikdo’zlik, moyjuvozlik, sovungarlik keng tarqalgan edi.
Amirlik iqtisodiy hayotida qoloqlik, turg’unlik hollari mavjud edi, aholining
turmushi past darajada edi. Erga egalik shakli ming yillar davomida o’zgarmay kelmoqda edi, aholiga solinadigan o’lpon va soliqlar haddan tashqari ko’p edi.
Aholi sotib olish qobiliyatining pastligi hunarmandchilikning rivojlanishiga to’sqinlik qilardi.
Buxoro amirligi monarxiya tipidagi davlat bo’lib, amir cheklanmagan hokimiyatga ega edi. Amir o’z fuqarolarini o’ldirishi yoki hayot qoldirishi, butun aholi mulkiga ega bo’lishga ham haqli edi, ko’ngli tusaganini qilardi.

Download 276 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7   8   9




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling