Мавзу: Амир Насруллохон даврида Бухоро амирлигининг ички ва ташқи сиёсати


Download 276 Kb.
bet7/9
Sana07.03.2023
Hajmi276 Kb.
#1246382
1   2   3   4   5   6   7   8   9
Bog'liq
Amir Nasrullohxon davrida Bu (1)

Sakkizinchidan, XIX asrga kelganda, Buxoro amirligining hududi qariyb 200 ming kvadrat kilometrni tashkil etdi. Uning chegaralari janubda Amudaryoning so’l qirg’og’idan boshlanib, Sirdaryogacha cho’zilib, qozoq juzlari bilan chegaradosh edi. Amirlik sharqda Pomir tog’lari, g’arbda Xiva xonligi chegaralarigacha bo’lgan hududni ishg’ol etdi;
To’qqizinchidan, Amir Nasrulloh o‘z hukmronligi davrida islom shariati ko‘rsatmalariga qat’iy amal qilgan. Nasrullohxon jasur va dovyurak kishi bo‘lganligi bois unga bahodurxon va boturxon unvonlari berildi;
O’nincidan, Amir Nasrulloh Buxoro taxtiga o‘tirgan yili dunyoga kelgan mashhur tarixchi va davlat arbobi Ahmad Donishning keyinchalik yozishicha, “Amir Nasrulloh vazmin va qo‘rqmas, qattiqqo‘l va zukko hukmdor edi. U o‘z hukmronligi davrida el va ulusda fitna chiqarishda nom qozongan, markaziy hokimiyatga qarshi urug‘-qabilalarning turli isyonlarida qatnashgan yoki ilgarigi amirlarga nisbatan ko‘rnamaklik qilganlarning barchani jazoladi va yo‘q qildi;
O’n birinchidan, XX asr boshlarida Buxoroda amirlik tuzumi va mang‘itlar sulolasi hukmronligiga qarshi keng miqyosdagi kurash, jadidchilik harakati va Yosh buxoroliklar partiyasining faoliyati natijasida, shuningdek, Rossiyada bolsheviklarning hokimiyat tepasiga kelishi va sovet Rossiyasining harbiy kuchlari bo‘lgan qizil armiya jangchilari tomonidan Buxoro shahriga qilingan bosqin oqibatida 1920 yil 2 sentabrda Buxoroda amirlik tuzumi ag‘darib tashlandi.
Ushbu mavzuni tahlilidan kelib chiqib quyidagi taklif va tavsiyalarni kiritishni lozim topdik:
1. Amir Nasrullohxon davrida Buxoro amirligining ichki va tashqi siyosatiga bag’ishlangan ochiq dars tashkil qilishni tavsiya etish mumkin;
2. Amir Nasrullohxon davri va Buxoro amirligining ichki va tashqi siyosatiga bag’ishlangan qo’llanma, maqolalar chop ettirish lozim.
3. Amir Nasrullohxon davrida Buxoro amirligining boshqaruv tizimini aks ettirgan fotoal’bom yaratilsa maqsadga muvofiq bo’ladi.

Download 276 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7   8   9




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling