Мавзу: Амир Насруллохон даврида Бухоро амирлигининг ички ва ташқи сиёсати
Download 276 Kb.
|
Amir Nasrullohxon davrida Bu (1)
- Bu sahifa navigatsiya:
- Ikkinchidan
- To’rtinchidan
- Yettinchidan
Birinchidan, aholining siyosiy-huquqiy tafakkurini yanada boyitish maqsadida, milliy o‘tmishimizning intellektual boyligiga tayangan holda yosh avlodni vatanparvarlik va insonparvarlik ruhida tarbiyalashning muayyan mexanizmini ishlab chiqish hamda amalga oshirish maqsadga muvofiqligi ko’rsatib berildi;
Ikkinchidan, amir Shohmurod tomonidan amalga oshirilgan islohotlardan tarixiy-huquqiy asos sifatida foydalanish mumkin; Uchinchidan, keyingi davr tarixchilari va sayohatchilarining Amir Nasrulloh haqidagi fikrlarini umumlashtirib aytadigan bo‘lsak, Nasrulloh o‘zining barcha potensial raqiblarini qisqa muddat mobaynida yo‘qotgan yohud ularni Buxorodan badarg‘a qilgan. Ushbu fikrga e’tiroz bildirish qiyin, biroq, u har kuni Buxoroda 50-100 kishining qonini to‘kkanligi esa mubolag‘adan boshqa narsa emasligi yoritildi; To’rtinchidan, Amir Nasrullo hokimiyat tepasiga otasi amir Haydarning o‘limidan so‘ng olti oy o‘tgandan so‘ng kelgan. U milliy davlatchilik tarixida kuchli, jasur hamda qattiqqo‘l davlat boshlig‘i sifatida joy oldi; Beshinchidan, Tarixchi va sayohatchilarning ma’lumotlariga qaraganda, amir Nasrullo hukmdor sifatida davlatning ichki va tashqi dushmanlariga haqiqiy zarbani berdi; Oltinchidan, Amir Nasrullo tomonidan olib borilgan harbiy-siyosiy islohotlar natijasida davlatning harbiy qudrati mustahkamlana borgan. Olib borilgan tinimsiz urushlar barobarida Qo‘qon xonligi (1842y) hamda Shahrisabz (1856y) bekligi egallandi; Yettinchidan, Amir Nasrullo tashqi siyosat masalasida oldingi davlat boshliqlaridan farqli ravishda, Markaziy Osiyoning iqtisodiy salohiyatiga talabgor bo‘lgan ikki yirik davlatlar Rossiya va Angliya bilan ochiq siyosat olib borish dasturini amalga oshirgan. XIX asr 30 yillarining boshlarida Buxoro amirligiga Vest-Indiya kompaniyasining topshirig‘i bilan kelgan leytenant Aleksandr Berns bilan olib borilgan muzokaralar asosida Angliya davlati bilan qisqa muddatga bo‘lsada, o‘zaro hamkorlik munosabatlari o‘rnatildi; Download 276 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling