Mavzu: “Amir Temur davlatining xalqaro munosabatlar tarixidagi o‘rni”
Download 36.8 Kb.
|
Amir Temur davlatining xalqaro munosabatlar tarixidagi o‘rni
- Bu sahifa navigatsiya:
- 3. Amir Temur saroyida elchilarni qabul qilish marosimlari..... KIRISH
MAVZU: “Amir Temur davlatining xalqaro munosabatlar tarixidagi o‘rni” Reja: 1.Amir Temurning xalqaro maydondagi diplomatik siyosati......... 2.Amir Temurning xalqaro munosabatlarda olib borgan iqtisodiy siyosati ................................................................................... 3. Amir Temur saroyida elchilarni qabul qilish marosimlari..... KIRISH Buyuk sarkarda va hukmdor Amir Temur davrida xalqaro munosabatlar va uning tarixda tutgan o‘rni haqida so‘z yuritishdan oldin bir fikrni ta'kidlab o‘tish joiz. 2700 yildan ortiq davlatchilik tarixiga ega o‘zbek xalqining o‘tgan ming yilliklardagi xalqaro aloqalari juda kam o‘rganilgan, chunonchi, tashqi siyosiy munosabatlar diplomatiyasi masalalari deyarli tadqiq qilinmagan. Shu ma'noda mazkur yo‘nalishda qo‘yilgan har bir qadam katta qiziqish uyg‘otishi tabiiy. Shunga qaramay biz temuriylar, ayniqsa, Amir Temur davri tashqi siyosiy aloqalari va diplomatiyasini hech bir mubolag‘asiz xalqaro munosabatlar tariximizning eng yorqin sahifalaridan deya olamiz. Ko‘rilayotgan davr xalqaro munosabatlariga baho berayotganda bir qoidani yodda tutmoq darkor, ya'ni markazda voqelik turishi kerak, nainki bir shaxs yoki shaxslar. Tarixiy voqelikni har taraflama va chuqur tahlil qilmasdan turib, avvaldan qandaydir bir ijtimoiy yo hissiy buyurtma bilan bir mavzu, yo shaxsni ulug‘lash, oqlash yo qoralash, xaspo‘shlash maqsad qilib qo‘yilsa boshi berk ko‘chaga kirib qolish, qolganlarni ham o‘sha yoqqa boshlab ketish hech gap emas. Tarixiy voqelik to‘g‘ri anglab olingandagina tarixiy shaxslar roli va xizmatlari yaqqol bilinadi. Bundan tashqari tadqiq qilinayotgan mavzu va makon haqida ham to‘g‘ri va aniq tasavvurga ega bo‘lish nihoyatda muhim. Shu ma'noda Amir Temur davri xalqaro munosabatlari va diplomatiyasi mag‘zini chaqishda eng avvalo, o‘sha zamondagi jahon siyosiy, iqtisodiy, mafkuraviy manzarasini bilib olishga to‘g‘ri keladi. Zero, Amir Temur dunyo miqyosida o‘z davrining moxir siyosatchisi va diplomatdir. Demak, biz, avvalo, ana shu «o‘yin maydoni»dagi ahvolni, past balandliklarni, qonun-qoidalarni bilib olishimiz kerak. Shundagina Amir Temurning har bir muayyan vaziyat yo masalada tutgan siyosati va yondashuvining sabablarini ko‘ra olamiz. Ushbu referat ishining dolzarbligi ham ana shundadir. Bu o‘z o‘rnida Amir Temur davri davlatimiz tashqi siyosati va diplomatiyasining mohiyatini anglash uchun yo‘l ochib beradi. Ushbu mavzu o‘ta dolzarb bo‘lib, milliy iftixor, milliy g‘urur va milliy qadriyatlarimizni tiklash borasida qilinayotgan ishlarning bir debochasi desak adashmagan bo‘lamiz. Zero, Prezidentimiz ta'birlaricha “Siyosatda maslahat, mulohazakorlik, o‘ylab ish qilish qurol kuchidan ko‘ra o‘n baravar foydaliroqdir” – degan dono so‘zlar Amir Temurga mansubdir. Bu so‘zlar hozirgi tilda nizoli masalalarni siyosiy muloqot, ogohlantiruvchi diplomatiya yo‘li bilan hal qilishni bildiradi”– degan edilar. Shuni ham aloxida ta'kidlab o‘tish joizki Amir Temur o‘z harbiy harakatlarini uzoq va yaqin mamlakatlar ila faol diplomatik munosabatlar bilan birga olib borardi. Umuman u tinch yo‘l bilan qilingan barcha diplomatik harakatlar hech bir natija bermagan hollardagina tashqi diplomatik maqsadga erishishning bir vositasi sifatida urushdan foydalanar edi. Download 36.8 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling