MAVZU: AMIR TEMUR DAVRIDA DAVLAT BOSHQARUVI. A.TEMUR VA TEMURIYLAR DAVRI DAVLATCHILIGIDA ICHKI VA TASHQI SIYOSAT REJA: 1. AMIR TEMURNING SIYOSIY KURASH MAYDONIGA KELISHI. 2. TEMUR DAVLATIDA DAVLAT TUZILMASI. 3. A.TEMUR VORISLARI DAVRIDA ICHKI VA TASHQI SIYOSAT. O‘zbekiston davlatchiligi tarixining o‘rta asrlar davridagi yangi bosqichi buyuk sarkarda va davlat arbobi Amir Temur ibn Tarag‘ay Bahodir nomi bilan bog‘liqdir. Amir Temur nihoyatda murakkab siyosiy vaziyatda kurash maydoniga kirib keldi. U markazlashgan yirik imperya barpo etib uning obodonchiligi yo`lida tinimsiz harakat qildi. Ammo uning avlodlar davridan biroz bu davlatda o`zaro ichki kurashlar va bosh-boshdoqlik sabab inqirozga yuz tutdi. Tug‘luq Temur 1360 yilda Kesh viloyatini bosib oladi. bu viloyatning hokimi bo‘lgan Temurning amakisi Hoji Barlos Xurosonga qochadi. Manbalarning ma’lumot berishicha, Amir Temur Amudaryo bo‘yida amakisini kuzatar ekan amakisiga shunday murojaat qiladi: “Agar ikkovimiz ham vatanni tark etsak, merosiy yurtimiz shubhasiz begonalar qo‘liga o‘tib ketadi. Lozim topsangiz men podshoh (Tug‘luq Temurxon) xizmatiga borsam.”
Katta
Katta
Oliy
Oliy
Bosh
Mingboshi
Amir
O`g`illari
Yaqin
Qo`shin
Dargoh - eng oliy davlat idorasi. Uning boshlig`i ham tabiiy ravishda davlatning oliy hukmdori. Amir Temur davlat tepasiga kelgandan so`ng chingiziylardan bo`lmish Suyurg`atmishni xon, ya'ni oliy hukmdor deb e'lon qilgani ma'lum.
Dargoh
Arzbegi
Aminlar
Tavochi
Bosh
Adolat
Aminlar
Tavochi
Bosh
Amir Temur va Temuriylar davri Buyuk Ipak yo`li faoliyatining rivojlangan va so`nggi bosqichi bo`ldi. Savdo yo`llarida xavfsizlikning ta`minlanishi, savdo-sotiqning davlat tomonidan rag`batlantirilishi, shaharlarning markaz sifatida ahamiyati oshishi ichki va tashqi iqtisodiy-madaniy aloqalar rivojiga olib keldi.
Temuriylar orasida
Shoxrux
Ulug`bek
Husayn Boyqaro
Bobur
Davlatni markazlashtirishga, tinchlikni ta`minlashga va ilm- ma`rifatni rivojlantirishga katta e`tibor qaratishdi. Aynan ularning davrida ham davlat siyosati va boshqaruvida Amir Temur davridagi tizim saqlab qolindi.
Amir Temur vorislari orasida aynan yuqoridagi to`rt shaxs tashqi aloqalarda ham Temurning diplomatik merosiga amal qilib, uning bu boradagi siyosatini davom ettirdilar. Amir Temur vafotidan so`ng u tuzgan kuchli imperya asta sekin avlodlari orasida taqsimlanishi natijasida bosh-boshdoqlik boshlandi. Toj-u taxt uchun kechgan keskin kurashda temur avlodlari nafaqat o`z yaqinlarini balki oddiy xalqni ham juda qiyin ahvolga solib qo`yishdi. Xulosa qilib aytadigan bo`lsak Amir Temur va Temuriylar davri nafaqat mintaqamiz tarixida balki dunyo tamaddunida eng rivoj topgan davr hisoblanadi. Ularning ilm-fan, madaniyat, savdo-sotiq va xalqaro aloqalarga qaratgan yuksak e`tibori hali hanuz yevropa va sharq tarixchilari tomonidan munosib e`tirof etilib kelinmoqda. Foydalanilgan adabiyotlar: 1. A.Ziyo – O`zbek davlatchiligi tarixi 2. B.Eshov – O`zbekiston davlatchiligi va boshqaruvi tarixi 3. X.Boboyev – O`zbek davlatchiligi tarixi
Do'stlaringiz bilan baham: |