Muammoning o‘rganilganlik darajasi. Mavjud ilmiy adabiyotlar tahlili shuni ko’rsatmoqdaki, Amir Temur va Temuriylar davriga oid mustaqillik yillarida bir necha tarixshunoslik ishlari amalga oshirildi. Xususan, B.V. Lunin “Temur va Ulug’bek davri tarixi”3 nomli kollektiv monografiyada “Temur va uning davrini o’rganishga oid asosiy manbalar, hamda ilmiy adabiyotlarni tarixshunoslik nuqtai nazaridan tahlil qilib berdi.
E.V. Rtveladze va A.X. Saidovlar tomonidan tayyorlangan “Amir Temur dunyo fani ko„zgusida” (“Amir Temur v zerkale mirovoy nauki”4) nomli bibliografik nashrda chet tillarda chop etilgan Temur va uning davri tarixini o’rgangan xorijiy adabiyotlarni tizimga solinishini mukammallikka yetkazishga harakat qildilar.
Amir Temur hayoti, davri va davlatchilik faoliyatini tarixshunoslik nuqtai nazaridan tahlil etuvchi dissertatsiya ishlari himoya qilindi. Jumladan, Sh.O‟ljayevaning nomzodlik dissertatsiyasi XX asrning 50-60 yillarida Amir Temur va Temuriylar davri tarixshunosligiga bag„ishlangan bo’lsa, D. Abidjanovaning “XX asr 60-90 yillari ingliz tarixshunosligida Movarounnahrda Amir Temur hukmronligi davri” mavzusidagi nomzodlik ishida Amir Temur davri tarixiga oid ingliz tilidagi adabiyotlarning tahlili amalga oshirildi.
Kurs ishining maqsadi – Amir Temur va Temuriylar davrida ijtimoiy-iqtisodiy hayoti, ilmfan rivoji, me’morchilik va yer suv munosabatlari o’rganish, ularga xolis baho berish
Kurs ishining ilmiy-amaliy ahamiyati. Kurs ishi materiallaridan Amir Temur tarixiga oid O’zbekiston tarixi fanidan, tarixshunoslik o’quv fanlarida, maxsus kurslarda foydalanish mumkin.
Kurs ishining metodlarini tarixiy tadqiqotlar uchun umumiy qabul qilingan xolislik, tarixiylik, tanqidiylik tamoyillari, muammoviy mushohada, qiyosiy tahlil usullari tashkil etdi. Xususan, tarixshunoslikning o’ziga xos bo„lgan qiyosiy-tarixiy, muammoli-xronologik metodlardan foydalanildi.
Kurs ishining tuzilishi va hajmi. Kurs ishi kirish, ikki bob, xulosa, foydalanilgan manba va adabiyotlar ro’yxatidan iborat.
Do'stlaringiz bilan baham: |