Mavzu: amir temurning ichki va tashqi siyosati


Download 65.97 Kb.
bet1/6
Sana03.12.2023
Hajmi65.97 Kb.
#1798173
  1   2   3   4   5   6
Bog'liq
AMIR TEMURNING ICHKI VA TASHQI SIYOSATI (2)


MAVZU: AMIR TEMURNING ICHKI VA TASHQI SIYOSATI


Mundarija:
Kirish.……………………………………………………………………………....2
I bob. Amir Temurning ichki va tashqi siyosati…………………………………5
1.1. Amir Temurning siyosiy kurash maydoniga kirib kelishi………………….….5
1.2. Amir Temurning chet davlatlar bilan aloqalari…………………………….…10
II bob. Amir Temur davlatida boshqaruv tizimi……………………………….13
2.1. “Temur tuzuklari.” Amir Temur shaxsi va uning buyukligi………………….13
2.2. Amir Temur davrida siyosiy, iqtisodiy, ijtimoiy, madaniy hayot………….…23
Xulosa ………………………………………………………………………….…28
Foydalanilgan adabiyotlar………………………………...…………………….31

Kirish.
Amir Temur bizning buyuk bobokalonimiz hisoblanadi. U ham xuddi ajdodlarimiz Muqanna,Spitamen, Jaloliddin Manguberdi, Mahmud Tarobiy, Temur Maliklar kabi vatan ozodligi, yurt tinchligi uchun mo’g’ullarga qarshi kurashib, jasoratlar ko’rsatdi va mo’g’ullarni butunlay yurtimizdan quvib yubordi. Amir Temur o’zbek davlatchiligi tarixida muhim ahamiyatga ega bo’lgan, davlatchiligimiz shakllanishida muhim ahamiyat kasb etgan Temuriylar davlatiga asos soldi va dunyoning o’sha vaqtdagi eng qudratli davlatlaridan biriga aylantira oldi.
Mavzuning dolzarbligi. Amir Temur vatanimiz tarixida, o’zbek davlatchiligi taraqqiyotida beqiyos xizmat ko’rsatgan shaxs.Amir Temur jahon tarixida buyuk davlat arbobi, mashhur sarkarda sifatida e’tirof topgan yorqin siymodir.Afsuski, Amir Temur nomi sobiq mustamlakachilik va mustabid tuzum davrida qoralanib, avlodlar nazaridan chetga surilib kelinadi.Istiqlol tufayli o’z ona tariximizni xolisona yoritish, tarixiy haqiqatni qaror toptirish barobarida Amir Temur bobomizning nomini, nuroniy qiyofasini tiklash baxtiga muyassar bo’ldik. Birinchi Prezidentimiz I. A. Karimov tashabbusi bilan 1996-yilning Amir Temur yili deb e’lon qilinishi va shu yili buyuk bobokalonimiz tavalludining 660 yilligining mamlakatimizda va UNESCO tashabbusi bilan butun dunyo miqyosida keng nishonlanishi – bu hozirgi minnatdor avlodlarning , qolaversa, jahon ahlining bu buyuk zotga, uning ulug’vor ishlariga bildirgan cheksiz hurmati va e’zozi ramzidir.
Adolat va insof bilan tangri yaratgan bandalarini o’zimdan rozi qildim.Gunohkorga ham, begunohga ham rahm qilib, haqqoniyat yuzasidan hukm chiqardim. Xayr-ehson ishlarim bilan odamlar ko’nglidan joy oldim.
Amir Temur.
Mo‘g‘ullar hukmronligi davrida xalq azob chekdi, xo‘rlandi, talandi. Chig‘atoy xonlari bilan mahalliy aholi, zodagonlar o‘rtasida ziddiyat tobora keskinlashdi. Bu ziddiyatlar natijasida Chig‘atoy ulusi bo‘linib ketdi va bu bo‘lingan davlatlar o‘rtasida o‘zaro kurash avj olib, mo‘g‘ul xonlarining Movarounnahrga hujumlari ko‘paydi. Bunday vaziyat mamlakatdan, xalq orasidan kuchli, bilimli, irodali, vatanparvar, elparvar bir shaxsning chiqishini,bu shaxs yurtni ozod etib, uni birlashtirib, xalqni taraqqiyot sari yetaklovchilik rolini bajarishini taqozo etayotgan edi.XX asming 60-yillari oxirida 0 ‘zbekistonning taniqli faylasuf olimi Ibrohim Mo‘minov “Amir Temuming 0 ‘rta Osiyo tarixida tutgan o‘rni” nomli risola yozib, Temurning shu yurtga va xalq uchun qilgan xizmatlariga yuksak baho bergan edi. Buning uchun o‘sha davrdagi hukmron hukumat muallifning keyingi hayotiga ham, chop etilgan risolaning tarqalishiga ham ma’lum to‘siqlar qo‘ygani rost.“

Download 65.97 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
  1   2   3   4   5   6




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling