Mavzu: amir temurning ichki va tashqi siyosati


Download 65.97 Kb.
bet2/6
Sana03.12.2023
Hajmi65.97 Kb.
#1798173
1   2   3   4   5   6
Bog'liq
AMIR TEMURNING ICHKI VA TASHQI SIYOSATI (2)

Kurs ishining ob'ekti. Amir Temur davlatining boshqaruv tizimini tahlil qilish, uning asosiy qismlarini va xususiyatlarini o'rganish.
Kurs ishi predmeti. Amir Temur davlatining boshqaruv tizimini boshqa imperiyalar bilan taqqoslash va ularning boshqaruv tizimlariga qarshi solishtirish imkonini beradi.
Kurs ishining tarkibiy tuzilishi. kurs Ishida kirish, ikki bob, to’rt bo’lim, xulosa va foydalanilgan adabiyotlarda iborat.
I bob. Temur davlatining ichki siyosati va tashqi siyosati.
1.1. Amir Temurning siyosiy kurash maydoniga kirib kelishi.
Temur o’zining hayoti davomida harbiy iste’dodi, mohir sarkardaliga, diplomatliliga va yetuk davlat arbobi bo’lganligi tufayli yuksalish va insonparvarlik ruhi bilan sug’orilgan ulkan markazlashgan daatat tuzishga muvaffaq bo’ldi. Sohibqiron turk-Mug’ul an’analariga amal qilgan holda o’z davlati hududlarini suyurg’ol (ulus) tariqasida inom qilish yo’li bilan boshkargan. Temur Movarounnahrdan tashqaridagi yerlarini ulusga bo’lib, farzandlariga in’om etdi. Bu masalaning e’tiborli tomoni shundaki, garchi sohibqiron tomonidan bo’lib berilgan yerlar ichki mustaqillikka ega bo’lsalar-da, lekin amalda batamom markaziy hokimiyatga bo’ysundilar. Temurning o’ta darajadagi zukkoligini shundan bilsa bo’ladiki, u uluslar o’rtasida nizolar kelib chiqmasligi uchun ularning faoliyatini doimo nazorat qilib turadi. Temur davlatining eng ko’zga ko’ringan va muammoli tomoni sohibqiron kichik bir viloyat doirasida tarbiya topgan davlat mafkurasining boshqaruv tayanchi kuchli hokimiyat tushundi va davlat, saltanat ishlarini yuzaga chiqarishda kamchilikka yo’l qo’ymaydigan vazirlarni tanlashga harakat qildi. Amir Temur vazir to’rtta sifatga ega bo’lishi lozim hisoblagan: birinchisi-asllik, toza nasllilik, ikkinchisi-aql-farosatlilik, uchinchisi-sipohu raiyat axdidan xabardorlik to’rtinchisi-sabr-chidamlilik va tinchliksevarlik.
Amir Temur hukmronlik qilgan davrlarda davlatning markaziy ma’muriyati boshida devonbegi, arkbegi va to’rt vazir turgan. Vazirlar soliqlar yig’ish, meros ishlari, askarlar maoshi va ularni oziq-ovqat bilan ta’minlash, saroy xarajatlari bilan bog’liq bo’lgan ishlarni bajarganlar.
Bu davrlarda yerga egalikning baьzi turlari mavjud bo’lib, ular suyurg’ol yerlar, vaqf yerlar, jamoa yerlari edi. Xususiy egalari tarxon unvonini olganlar, davlatga soliq to’lashda ba’zi imkoniyatlarga ega bo’lganlar, vaqf yerlar masjid va madrasalarga qarashli yerlar bo’lib, ular soliq to’lashdan ozod qilganlar. Amir Temur davrida asosiy soliq daromad solig’i xiroj bo’lib, u olinadigan daromadning uchdan bir qismiga teng bo’lgan. Temur tuzuklarida yozilishicha, kimki biron sahroni obod qilsa, yoki yer osti suvlarini tortib oladigan inshoot qursa, yo, biron bog’ ko’kartirsa, yoxud biron tashlandiq yerni obod qilsa, faqat yerni o’zlashtirganining uchinchi yili (birinchi, ikkinchi yil umuman to’lamagan) qonun doirasda xiroj solig’i olingan. Undan tashqari ushr, mol, suvloq soliq turlari mavjud bo’lib, ular yillar davomida amal qilingan tartib-qoidalarga binoan to’plangan. Soliq to’plovchi soliq yig’ish jarayonida soliqni yaxshi so’zlar bilan to’plashi, aholini kaltaklash hollari, zanjirband etish hollari kelib chiqmasligini nazorat qilishi shart edi.
Amir Temur davlatni mustaxkamlashda qonun-qoidalarning tutgan o’rniga keng e’tibor berdi. Fransuz olimi Alfons de Lamartin Amir Temur davlati haqida shuday degan edi: «Yevropa Iskandarda, na Atillada va na Moskoviya zafarini quchgan fotih Napoleonda adolatli qonunlar asosiga qurilgan bunday boshqaruvni bunyod etgan emas». «Davlat ishlarini, - deb edi Amir Temur, - saltanat qonun-qoidalariga asoslaigan holda boshqardim. To’ra va tuzukka tayanib saltanatda o’z martaba va maqomimni mustahkam saqlab turdim».
Sohibqiron mamlakat obodonchiligiga ham juda katta e’tibor berdi. Dastlab, Samarqandni poytaxt qilib olgach, u katta imtiyozlarga ega bo’lgan shaharga aylanadi. Sohibqiron harakati bilan Samarqandda dunyoning yirik shaharlaridan keltirilgan binokorlar, me’morlar tomonidan masjidlar, madrasalar, maqbaralar barpo etildi. Hatto g’ariblarga oziq-ovqat beradigan g’aribxonalar, yo’lovchilar qo’nib o’tadigan sus joylar ham qurilgan. Shahar atrofi mustahkam devolar bilan o’ralib, Ohanin, Shayxzoda, Chorsu, Korizgoh, So’zangaron va Feruza kabi nomlar bilan darvozalar quriladi. Temurning qarorgohi sifatida noyob ma’muriy bino Ko’ksaroy va Bo’stonsaroylar ham aynan shu yerda quriladi. Temur noyob qurilishlardan tashqari Samarqand atrofida o’zining xeshu aqrabolariga atab turli go’zal bog’lar qurdirardi1.
Temur ulkan sohibqiron sifatida o’zining ona yurti Keshga katta diqqat-e’tibor bilan qaradi. Yozma manbalardagi ma’lumotlariga qaraganda, Amir Temur Shahrisabzda Oqsaroy, jome’ masjid, madrasalar barpo ettiradi. Sohibqirondagi ulug’ sahovatning yana bir tomoni shunda ediki, u bepoyon dashtlar bilan qamrab olingan Turkiston shahrini ham obodonchiligiga keng e’tibor berdi. Jumladan, Xoja Axmad Yassaviy maqbarasini qurish bilan bu yerda nafaqat obodonchilik, balki ko’chmanchi va o’troq aholi orasidagi munosabatni yaxshi yo’lga qo’yish, urug’lar o’rtasida tinchlik saqlash maqsadi yotgani ma’lum.
Amir Temur davrida yangi shaharlar, savdo va hunarmandchilik keng rivojlanganligini aytib o’tmoq lozim. Temurning sa’yi harakatlari bilan Buxoro, Shaxrisabz, Toshkent kabi shaharlar savdo va hunarmandchilik markazlari sifatida rivojlanib bordi. Ayniqsa, bu davrlarda hunarmandchilikning keng rivojlanishi shaxarlarda xunarmandchilik mahallalari, savdo rastalari soni ortib borganida katta ahamiyatga ega bo’ldi. Sohibqiron savdo yo’llari rivojiga, uning tinchligiga keng e’tibor berib bordi. Shaxsan o’zining nazorati ostida savdo yo’llari nazorat qilib borilishi savdo karvonlarining xavfsizligini ta’minladi.
Amir Temurning siyosiy kurash maydoniga kirib kelishi.
Mo‘g‘ullar hukmronligi davrida xalq azob chekdi, xo‘rlandi, talandi. Chig‘atoy xonlari bilan mahalliy aholi, zodagonlar o‘rtasida ziddiyat tobora keskinlashdi. Bu ziddiyatlar natijasida Chig‘atoy ulusi bo‘linib ketdi va bu bo‘lingan davlatlar o‘rtasida o‘zaro kurash avj olib, mo‘g‘ul xonlarining Movarounnahrga hujumlari ko‘paydi. Bunday vaziyat mamlakatdan, xalq orasidan kuchli, bilimli, irodali, vatanparvar, elparvar bir shaxsning chiqishini, bu shaxs yurtni ozod etib, uni birlashtirib, xalqni taraqqiyot sari yetaklovchilik rolini bajarishini taqozo etayotgan edi2. XX asming 60-yillari oxirida 0 ‘zbekistonning taniqli faylasuf olimi Ibrohim Mo‘minov “Amir Temuming O‘rta Osiyo tarixida tutgan o’rni” nomli risola yozib, Temurning shu yurtga va xalq uchun qilgan xizmatlariga yuksak baho bergan edi. Buning uchun o‘sha davrdagi hukmron hukumat muallif- ning keyingi hayotiga ham,chop etilgan risolaning tarqalishiga ham ma’lum to‘siqlar qo‘ygani rost. “Chig‘atoy ulusining zulmi, mayda feodal beklaming vahshiyona ezishi, mo‘g‘ul xonlari, Oltin 0 ‘rda beklarining Movarounnahrdagi to‘xtovsiz bosqinchilik yurishlaridan azob chekkan, xonavayron bo‘lgan, 150 yil mobaynida chet el hukmronligidan tinkasi qurigan mamlakatning mustaqillikka erishish talabi edi. Bu tarixiy zaruriyat Temurda, uning lashkarboshiligida ravshan ko‘rinadi”, deb yozgan edi Ibrohim Mo‘minov. Amir Temur 1336-yil 9-aprelda (hijriy 736, sha’bon oyining 25-kunida) Keshga qarashli Xo‘ja Ilg‘or (hozirgi Yakkabog‘ tumani markazidan 2-3 km uzoqlikda, Toshkent-Kitob poyezdi o‘tadigan temir yo‘lyaqinida) qishlog‘ida barlos beklaridan Amir Tarag‘ay ibn Barqal oilasida dunyoga keldi. Onasi Takina Mohbegim - Buxoro shariat qonunlari sharhlovchisining qizi bo‘lgan.Amir Temur shaxsiyati shakllanishi va kamolot darajasiga yetib borishida uning otasi Tarag‘ay Bahodir, birinchi ustozlari va ma’naviy murshidlari asosiy rol o‘ynaganlar. Manbalarda ta’kidlanishicha, uning birinchi o‘qituvchisi Mulla Alibek va undan keyingi birinchi ustozi Shayx Shamsiddinlar bo‘lgan. Temur ulardan boshlang‘ich ilm, ayni holda harbiy fanlar va taktikalarni o‘rganish bilan shug‘ullanib, o‘z oliy iste’dodi bilan o‘qituvchi va ustozini hayratda qoldirgan hamda “Qur’oni Karim”ni hifz etgan.
Kunlardan bir kun Temurning birinchi ustozi Shayx Shamsiddin Tarag‘ay Bahodir (Temurning otasi) bilan bir guruh shahar olim va ruhoniylarini chaqirib, ular huzurida Temurdan imtihon oladi. Temur barcha savollarga javob qaytarib, uchta suradan so‘ralgan oyatlami yoddan “Tajvid” (Qur’on oyatlarini to‘g‘ri o‘qish qoidalari)ga muvofiq o‘qib hammani qoyil qoldiradi. Ana shu manbalarga ko‘ra, ular Temurga “Hofiz ul-Qur’on” nomini beradi va ustozi uni iste’dodlariga teng keladigan boshqa bir ustozga topshirishni tavsiya etadi.Bu tavsiyadan so‘ng Tarag‘ay Bahodir o‘g‘li Temurni mashhur mudarris Abdulla Qutb madrasasiga yuboradi. U mudarris orif va olim kishi b o’lib , sha- har a’yonlarining farzandlari undan dars olar edi. Temur bu yerda fiqh va huquq ilmini chuqur egallab, asosiy fanlar boshlangich usullarini o‘zlashtirib oladi. Mudarris Abdulla Qutb maktub bilan Temumi Samarqandga mashhur so‘fi va orif Shamsiddin Kulolga taqdim etadi. Kulol uning ilmi va iste’dodidan xabar topib, o‘z q o iin i Temur boshiga qo‘yib, yuziga diqqat bilan qarab majlis ahliga “Men ushbu yigitning manglayida ulug‘ nur ko‘raman. U boshqa hech kim yetishmagan yuksak maqomga yetib boradi. Sizlar o‘zlaringiz uning olamgirligi va yetti iqlim podshohi boiganining guvohi boiursizlar”, deb bashorat qilgan ekan.Yosh Temur zamonasining barcha fanlariga qiziqib, o‘z murshidi rahbarligida turli tariqatlar taiim oti bilan oshno b o iad i, ma’naviyat ummoniga sho‘ng‘iydi. Qur’on oyatlarining tub mohiyatiga yetib borishga urinadi. Unda oyatlarni avvaldan oxiriga qarab va oxiridan aw aiiga qarab o‘qish ajoyib malakasi borligi ko‘rinadi. U mashhur orif Shayx Mahmud Shabistariyning “Gulshani roz” nomli kitobini qunt bilan o‘qib, uning irfoniy g‘oyalaridan g‘oyat ta’sirlanadi. Hokimiyatga erishib, Ozarbayjonni tasarruf qilgach, Mahmud Shabistariy vatani - Shabistar aholisini ardoqlab, ularning har biriga besh misqoldan, hammasi bo‘lib 18500 (o‘n sakkiz ming besh yuz) misqol oltin bag‘ishlaydi.Amir Temur yoshligidanoq harbiy o‘yinlarni yaxshi ko‘rgan. Bunga o‘zining tengqurlarini ham jalb qilgan. 16-17 yoshligida qilichbozlik, nayzabozlik va, ayniqsa, ov bilan astoydil qiziqadi. 20 yoshida chavandozlik bilan shug‘ullangan va tengqurlarini ikki guruhga b o iib , jang mashqlarini bajargan, ularga mahorat bilan rahbarlik qilgan. Amir Temur jiddiy fikrlashga odatlangan edi. Bu haqda u shunday eslaydi: “Men 10 yoshimda o‘zimda favqulodda hukmronlik va u lu g iik alomatlarini his qildim. O‘z oldimga keluvchi har bir kishini sezilarli darajada g‘urur va layoqat bilan qabul qildim”.
Bundan tashqari, u Movarounnahr feodallarining o‘zaro urushlarida qatnashib, asta-sekin atrofiga yaxshi qurollangan otliq askarlardan kichik lashkar to‘play boshlagan. Mamlakatda hali Chig‘atoy avlodlari hukmronligi davom etayotgan XIV asrning 60-yillarida u siyosat maydoniga kirib keldi. 1346-yili Chig‘atoy xoni Qozonxon amir Qozog‘on tomonidan oidiriladi, 1358-yilda amir Qozog‘on ham oidiriladi, natijada ulus 10 ga yaqin bekliklarga bo’linib ketadi. Xorazmda so‘fiylar, Qashqadaryoda barloslar, Ohangaron vodiysida jaloyirlar, Buxoroda sadrlar, Termiz atrofida sayyidlar hukmronligi boshlanadi va ularning beklari o‘rtasida o‘zaro urush, janjallar ko‘payib boradi. Buning ustiga yurtdagi ahvol mana shunday bir paytda mo‘g‘ullar Movarounnahrdagi mavqelarini qayta tiklashga harakat boshlagan edi. 1360-yilda Tugluq Temur (Chig‘atoy nabirasi, Duvoxonning o‘g‘li, Eminxo‘janing farzandi) ning, 1365-yilda Tugiuq Temur o‘gli Ilyosxo‘janing Movarounnahrga katta qo‘shin bilan yurishlari bunga misol boladi. Mana shunday yurishlarda Amir Temur vaziyatga qarab ish tutgan3. 1362-yilda Amir Temur hayotida bir voqea ro‘y berib, Seyistonda bo‘lg an jangda uning tanasiga bir umrlik jarohat muhrlandi. Amir Temur aynan shu jangda o‘ng qoiining tirsagidan va o‘ng oyogiga kamon o‘qi tegishidan qattiq jarohatlandi. U Tugluq Temur xizmatiga kirib, zimdan o‘z maqsadlari izmidan borgan b o isa, Ilyosxo‘ja bilan ochiq jang maydonida uchrashgan. Tugluq Temur Amir Temurning sadoqatli xizmatlarini baholab, uni Movarounnahr boshqaruvchisi qilib qo‘ygan bo‘lsa, Ilyosxo‘ja uni butunlay yo‘q qilishni maqsad qilgan edi. Shu bois, Amir Temur Ilyosxo‘ja kuchlariga qarshi kurash boshlaydi. Balxda turib Termiz va uning atroflarida mo‘g‘ullarning talonchilik qilayotganini eshitgach, yiqqan qo‘shini dushman qo‘shinidan 10 barobar kam bo‘lishiga qaramay, Ilyosxo‘ja yuborgan qo‘shinga qarshi urush ochadi. Bu urush 1363-yilda Jayhun daryosining chap sohilidagi Qunduz shahri yonida bo‘lib o‘tadi. Bu jangda Amir Temur kam qo‘shin bilan dushman qo‘shinini mag‘lubiyatga uchratib, o‘zining buyuk sarkardalik mahoratini ko‘rsatadi.



Download 65.97 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling