Moliyaviy yangiliklar va bozorning “ko’rinmas qo’li
Download 330.19 Kb.
|
Moliya
Moliyaviy yangiliklar va bozorning “ko’rinmas qo’liMoliyaviy yangiliklar va bozorning “ko‘rinmas qo‘li”Moliyaviy yangiliklar qaysidir markazlashtirilgan organlar tomo-nidan rejalashtirilmaydi, balki ayrim tadbirkorlar va firmalarning xarakatlari natijasida yuzaga keladi. Moliyaviy sohada innovatsiya-larning yuzaga kelishiga turtki bo‘ladigan asosiy iqtisodiy manfaatlar, to‘g‘risini aytganda, inson faoliyatining boshqa har qanday sohasida harakat qiluvchi manfaatlardan hech qanday farq qilmaydi. A.Smit qayd qilganidek, “Har bir individ o‘zining kapitalini eng ko‘p foyda keltirishi uchun ishlatishga harakat qiladi. Uning niyatiga, qoidaga ko‘ra, umumiy manfa-atlarga xizmat qilish kirmaydi, va u odatda ularni qondirishga qanchalik yordam berayotganini bilmaydi. Uni faqat o‘zining xavfsizligi va foyda tashvishga soladi. Biroq mutloq o‘zining foydasi uchun harakat qilayotgan individ, uning maqsadiga kirmaydigan natijaga ko‘rinmas qo‘l (invisible hand) tomonidan yo‘llanadi. O‘z manfaatlari izidan borib, u ko‘pincha haqiqatda qilmoqchi bo‘lganidan ko‘ra ko‘proq jamiyatning rivojlanishiga samaraliroq yordam beradiBu holatni misollar bilan izohlash uchun, yosh yigit 1965 yilda xorijga sayohatga ketayotib tushib qolgan vaziyatidagi masalalarni hozirgi kunda zamonaviy yosh yigit qanday hal qilish kerakligi bilan solishtiring. Bir necha o‘n yilliklar oldin xorijdagi sayohatchiga hech kim uning tilida gapirmaydigan joyda pul tugab qolishi mumkinligi to‘g‘risida doimo xavotirga tushishiga to‘g‘ri kelgan. Bu holatda uyga telegramma yuborishga va o‘z mamlakatidagi bankdan mahalliy bankka telegraf orqali pul jo‘nat-masini tashkillashtirishga urinishiga to‘g‘ri kelgan. Bu jarayon qanchalik uzundan-uzoq va qimmat bo‘lganligini tushuntirishning zaruriyati yo‘q. Xorijiy banklar bilan kredit liniya47larini ochish to‘g‘risida oldindan kelishuvlar faqatgina eng boy sayohatchilar uchun mumkin bo‘lgan.Bu holatni misollar bilan izohlash uchun, yosh yigit 1965 yilda xorijga sayohatga ketayotib tushib qolgan vaziyatidagi masalalarni hozirgi kunda zamonaviy yosh yigit qanday hal qilish kerakligi bilan solishtiring. Bir necha o‘n yilliklar oldin xorijdagi sayohatchiga hech kim uning tilida gapirmaydigan joyda pul tugab qolishi mumkinligi to‘g‘risida doimo xavotirga tushishiga to‘g‘ri kelgan. Bu holatda uyga telegramma yuborishga va o‘z mamlakatidagi bankdan mahalliy bankka telegraf orqali pul jo‘nat-masini tashkillashtirishga urinishiga to‘g‘ri kelgan. Bu jarayon qanchalik uzundan-uzoq va qimmat bo‘lganligini tushuntirishning zaruriyati yo‘q. Xorijiy banklar bilan kredit liniya47larini ochish to‘g‘risida oldindan kelishuvlar faqatgina eng boy sayohatchilar uchun mumkin bo‘lgan.Download 330.19 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling