Moliyaviy yangiliklar va bozorning “ko’rinmas qo’li
Download 330.19 Kb.
|
Moliya
Bizning davrda amalda xorijda xoxlagan xaridni kredit kartochkasi yordamida to‘lash mumkin. VISA, MasterCard i American Express kabi bunday kartochkalar yer sharining deyarli istalgan nuqtasida qabul qilinadi. Masalan, mehmonxona nomeriga haq to‘lash uchun Siz shunchaki o‘z kartoch-kangizni xizmatchiga berasiz va u telefon liniyasiga ulangan maxsus appa-ratga uni qo‘yadi. Sanoqli soniyalarda Sizning qarzni to‘lay olish qobili-yatingiz (ya’ni, Sizga ushbu kartochkani bergan bank to‘lovni kafolatlashi holati) tekshiriladi. Shundan so‘ng Sizga kvitansiyaga imzo qo‘yish va yana sayohatni davom ettirish qoladi, xolosAgar Siz kredit kartochkangizni topolmayotgan bo‘lsangiz, yo‘qolgan kartochkani beruvchi bank bilan ulangan yaqinda joylashgan istalgan bankka yo‘l olasiz. Bank uni bekor qiladi (undan boshqa odam foydalana olmasligi uchun) va yangisini beradi. Ko‘p banklarda bu holatda hatto kredit olishingiz ham mumkin. Xalqaro sayohatlar kredit kartochkalarining joriy qilinishi tufayli ancha qulay va arzon bo‘lib qolganligiga hech kimda shubha yo‘q. Ularni kashf qilish va tarqatish millionlab odamlarga foyda keltirdi va moliyani «demokratlashtirish»ga imkon tug‘dirdi. Lekin bu qanday ro‘y berdi? Quyida Sizlarga kredit kartochkalari misolida moliyaviy innovatsiya-larning rivojlanishiga ta’sir qiluvchi asosiy omillarni ko‘rib chiqishni taklif etamiz. Shuni alohida qayd etish joizki, bu jarayonda texnologiya48 eng muhim omil hisoblanadi. Kredit kartochkalarning qo‘llanilishi faqatgina tele-fon va kompyuter tarmoqlari, shuningdek, boshqa o‘ta murakkab telekom-munikatsiya tizimlari, axborotga ishlov berish uchun dasturiy ta’minot yaratilishi natijasida amalga oshdi. Biroq, kredit kartochkalari zamonaviy moliyaviy tizimning muhim qismiga aylanishi uchun, foyda olish maqsadida yangi imkoniyatlarning doimiy qidiruvida bo‘lgan va moliyaviy xizmatlarni taklif qiluvchi firmalar, ushbu ilgarilab ketgan texnologiyadan foyda-lanishga tayyor bo‘lishlari lozim edi. Bu narsa, o‘z navbatida, ikkinchi tomondan uy xo‘jaligi va boshqa firmalarga ushbu kartochkalarni sotib olishga tayyor bo‘lishlarini taqozo etar edi Download 330.19 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling