Mavzu: Amir Temurning o’z davlat chegaralarini kengaytirish uchun olib borgan kurashi Reja
Amir Temur - markazlashgan davlat asoschisi
Download 110.52 Kb.
|
Mavzu Amir Temurning o’z davlat chegaralarini kengaytirish uchu
Amir Temur - markazlashgan davlat asoschisi
Amir Temur 1370-yilda markazlashgan daviatga asos soladi. XIV asrning 60-yillarida Movarounnahrda hukm surgan og`ir siyosiy va iqtisodiy vaziyat mamlakatni birlashtirib, kuchli bir davlat tashkil etishni talab qilmoqda edi. Amir Temur o`z zamonining bunday talabini boshqa amirlarga nisbatan yaxshiroq tushunardi. Shuning uchun ham u markazlashgan davlat tuzishga kirishdi. Bunday maqsadni amalga oshirishda u ruhoniylar, harbiylar, savdogarlar va shahar hunarmandlari tabaqalariga suyanadi. Amir Temur bu ulkan maqsadini ro`yobga chiqarish ishini avvalo ichki g`animlariga qarshi kurashdan boshlaydi. 1370-yilning bahorida Amir Temur butun qo`shinlari bilan kuchli raqib, Balx hukmdori Amir Husaynga qarshi yoiga chiqadi. Qo`shin Termiz yaqinidagi Biyo qishlog`iga yetganida uning huzuriga taniqli sayidlardan Sayyid Baraka tashrif buyuradi.. Sayyid Baraka Amir Temur faoliyatini qo`llab-quvvatlab, unga Oliy hokimiyat ramzi tabl bilan yalov-bayroq tortiq qilib, uning buyuk kelajagidan bashorat qiladi. Bu voqea, shubhasiz, siyosiy ahamiyatga ega edi. Chunki u saltanatlik ramzi edi. Amir Temur qo`shini to Balxga yetib borgunicha, yo`1-yo`lakay unga yangi-yangi kuchlar kelib qo`shiladi. Bu paytga kelib Amir Husaynning ko`pchilik amirlari uni tark etadilar. Jangda Amir Husayn qo`shinlari yengiladi, ikki kunlik qamaldan so`ng, 1370- yilning 10-aprelida Balx shahri Amir Temurga taslim bo`ladi. Amir Husayn asir olinib, qatl etiladi. 1370-yilning 11-aprelida Chig`atoy ulusining bek va amirlari, viloyat va tumanlarning dorug`alari, Amir Temurning yoshlikdan birga bo`lgan quroldosh do`stlari, shuningdek, Amir Temurning piri Sayyid Baraka ishtirokida qurultoy o`tkaziladi. Qurultoyda Amir Temurning hukmdorligi rasman tan olinib, u Movarounnahrning amiri deb e'lon qilinadi. Markazlashgan davlatning tashkil etilishi Amir Temur davlatni siyosiy va iqtisodiy jihatdan mustahkamlashga kirishadi. U 1370- yil, iyul oyida Samarqandda qurultoy chaqirdi. Qurultoyda Shibirg`on hokimi amir Zinda Chashmdan boshqa Movarounnahrning barcha amirlari va qabila boshliqlari to`plandilar. Ikki daryo oralig`ida yashovchi turk-mo`g`ul qabila boshliqlari, barcha amirlar Amir Temur hokimiyatini tan oldilar. Samarqand davlat poytaxti deb e'lon qilindi. Samarqandda mustahkam devorlar, qal'alar hamda saroylar barpo etiladi. Amir Temur mamlakatda qonun va tartib ishlarini joriy etadi. Maxsus qo`shin tuzib, unga katta imtiyozlar beradi. Amir Temur yirik harbiy bo`linmalarning boshliqlari etib Joku, Sayfuddin, Abbos, Iskandar, A'lam Shayx, Ardasher qavchin va boshqalarni tayinladi. Tajribali harbiylar sipohsolarlikka tayinlandi. 1370-yildayoq Shibirg`on bo`ysundirildi. Zinda Chashm Amir Temur xizmatiga o`tdi. Am ir Temur sharqiy hududlarni mo`g`ullar ta'siridan ozod etish uchun Sharqiy Turkiston tomon bir necha marta yurish qilib, Mo`g`uliston xonlariga zarba berib, Farg`ona vodiysi hududlarini, O`tror, Yassi (Turkiston) va Sayramni o`z tasarrufiga oldi. Hisor, Badaxshon, Qunduz kabi viloyat amirlari ham Amir Temur hokimiyatini tan olib, unga bo`ysundilar. 1381-yilda Hirot, Seiston, Mozandaron egallandi. Saraxs, Jom, Qavsiya, Sabzavor shaharlari ham jangsiz Amir Temurga bo`ysundi va lining tasarrufiga o`tdi. Shu tariqa butun Movarounnahr va Xuroson birlashtirildi. Amir Temur saltanati bilan Oltin O`rda xonligi oralig`ida bu davrga kelib mustaqil bo`lib olgan Xorazm davlati qaror topgan edi. Qadimdan iqtisodiy va madaniy jihatdan Movarounnahr bilan bevosita bog`liq bo`lgan Xorazm mo`g`ullar davrida ikki qismga ajralib, markazi Urganch shahri bo`lgan Shimoliy Xorazm Oltin O`rdaga, markazi Kat qal'asi bo`lgan Janubiy Xorazm esa Chig`atoy ulusiga bo`ysundirilgan. XIV asrning 60-yillari oxirida Oltin O`rdada yuz bergan g`alayonlar vaqtida Qo`ng`irot so`filari Shimoliy Xorazmda yangi sulolarring mustaqil hukmronligini tiklab oladilar. So`ngra Kat va Xiva shaharlarini fath etib, Shimoliy Xorazm bilan Janubiy Xorazm yerlarini birlashtiradilar. Amir Temur esa butun Xorazmni Chig`atoy ulusining ajralmas qismi deb hisoblar edi. Shuning uchun u Xorazmni o`z davlatiga qo`shib olish siyosatini tutdi. Amir Temur 1372-yilda Xorazmga yurish qilib, uni egallaydi. Biroq tarixiy voqealarning taqozosi bilan Amir Temur Xorazmga besh marta harbiy yurish qildi, Xorazm 1388-yilda uzil-kesil bo`ysundirildi. Shunday qilib, Amir Temur Movarounnahr, Xuroson va Xorazmni birlashtirib, yirik markazlashgan davlat tuzdi. Bu ulkan hududda yashovchi xalqlarning birlashuvi ular taqdirida ijobiy ahamiyatga ega bo`ldi.5 Markazlashgan davlat - mamlakatnkig barcha hududida yagona hukmdor hokimiyati o`rnatilgan davlat. Tabl - katta nog`ora. Amir Temurning Vatanimiz va jahon tarixida tutgan o`rni Amir Temur 35 yil davomida mamlakatni boshqardi. Hindiston va Xitoydan Qora dengizga qadar va Orol dengizidan Fors qo`ltig`iga qadar bo`lgan g-'oyat katta hududni qamrab olgan ulkan saltanatni vujudga keltirdi. Bundan tashqari, Kichik Osiyo, Suriya, Misr va Quyi Volga, Don bo`ylari, Balxash ko`li va Ila daryosi, Shimoliy Hindistongacha bo`lgan mamlakatlarni o`ziga bo`ysundirdi. U nafaqat Movarounnahr va Turkistonni obod qildi, balki bo`ysundirilgan mamlakatlarning shaharlarini ham qayta qurdirdi. Bag`dod, Darband va Baylakon shaharlari shular jumlasidandir. Karvon yo`llarida rabotlar, qal'alar, ko`priklar, shaharkrda masjid va madrasalar hamda bog`-u bo`stonlar barpo etdi. Eng muhimi Eron, Ozarbayjon va Iroqdagi tarqoqlik va boshboshdoqlikka barham berib, Sharq bilan G`arbni bog`lovchi qadimiy karvon yo`llarini tikladi. Bu bilan nafaqat Movarounnahr, balki Uzoq va Yaqin Sharq mamlakatlarining iqtisodiy va madaniy taraqqiyotiga, xalqlar va mamlakatlarni bir-biri bilan yaqinlashtirishga ulkan hissa qo`shdi. Amir Temur Yevropaning Fransiya, Angliya va Kastiliya kabi yirik qirolliklari bilan bevosita savdo va diplomatik aloqalar o`rnatdi. Siyosiy tarqoqlik tugatilib, markazlashgan davlatning tashkil topishi katta ijobiy oqibatlarga olib keldi. Mamlakat ishlab chiqarish kuchlarini va mo`g`ullaraing bir yarim asrlik hukmronligi natijasida bo`hronga uchragan iqtisodni tiklash uchun qulay sharoit vujudga keldi. Ayni vaqtda xo`jalikning asosi bo`lgan sug`orma dehqonchilikda muayyan siljishlar ro`y berdi. Yangi-yangi kanallar qazilib, sug`orma dehqonchilik maydonlari kengaydi. Hunarmandchilik, ichki va tashqi savdo rivojlandi, fan va madaniyat ravnaq topib, shaharlar obodlashdi va gavjumlashdi. Amir Temur avvalo Osiyo sarkardasi edi. U o`zining g`olib askarlaridan o`z zamonasining taomili bo`yicha foydalandi. To`g`ri, jazo nihoyatda qattiq, ammo ko`pincha adolatli bo`lgan. Sohibqiron Amir Temur mashhur davlat arbobi, mohir sarkarda sifatida O`zbekistonda davlatchilikning yuksalishida muhim o`rin tutadi. Tarixiy manbalarda Amir Temur Sohibqiron nomi bilan bir qatorda "Sohibi jahon" hamda "Sohibi adl" — Adolat sohibi nomlari bilan ulug`lanadi. Sohibqiron Amir Temur davlat qurilishida O`zbekistonning o`tmishidagi davlatchilik tajribasidan, tartib-qoidalaridan keng foydalandi. O`z zamonasining talab, ehtiyojlaridan kelib chiqib davlat boshqaruvini takomillashtirdi, unga yangicha ruh va mazmun berdi. Davlatning tarkibiy tuzilishi harbiy- siyosiy tartiblarga asoslangan bo`lsa-da, jamiyat rivoji, barcha ijtimoiy tabaqalarning manfaatlarini ta'minlash nazarda tutilgan edi. Amir Temur saltanatida davlat boshqaruvi ikki idoradan - dargoh va vazirlik (devon)dan iborat bo`lgan. Dargohni Oliy hukmdorning o`zi boshqargan. Ijroiya hokimiyat - devonni devonbegi (bosh vazir) boshqargan. Devonda harbiy vazir, mulkchilik va soliq ishlari vaziri, saroy xarajatlari - moliya vaziri faoliyat yuritgan. Bulardan tashqari sarhadlar va tobe mamlakatlarning boshqaruvi bilan shug`ullanuvchi yana uch vazir bo`lib, ular devonbegiga hisobot berib turgan. Markaziy hokimiyat tizimida shayxulislom, qozikalon, sadri a'zam, dodxoh, yasovul, muhassil, tavochi, muhtasib va boshqa amaldorlar xizmat qilgan. Dargohda bosh hojib, xazinabon, xonsolar, qo`shchi, bakovul, kotiblar, bitikchilar, tabiblar, sozandalar, dasturxonchilar xizmatda bo`lgan. Suyurg`ol yerlar Amir Temur ulkan saltanat tasarrufidagi o`lkalarni o`g`illari, nabiralari va xizmat ko`rsatgan amirlarga suyurg`ol tarzida in'om qilib, ular orqali boshqardi. Movarounnahrdan tashqari o`z tasarrufidagi barcha viloyat va mamlakatlarni Amir Temur o`limidan biroz avval o`g`il va nabiralari orasida bunday taqsimlaydi: Ozarbayjon, G`arbiy Eron, Iroq, Armaniston, Gurjistonni - Mirzo Umar ibn Mironshohga, Forsni - Pirmuhammad ibn Umar Shayxga, Xuroson, Mozandaron, Ray va Seistonni - Shohruh Mirzoga, Sulton Mahmud G`aznaviy mulkini Kobul va Qandahordan Shimoliy Hindistongacha Sind daryosi havzasi bilan birga — Pirmuhammad Jahongirga, Toshkent, Sayram, O`tror va Ashparadan td Xitoy chegarasigacha — Ulug`bekka, Farg`ona, Tarozdan to Xo`tangacha, ya'ni Sharqiy Turkistonning janubi-g`arbini Ibrohim Sultonga berdi. Uluslar markaziy hukumatga itoat etsalar-da, ammo ular ma'lum mustaqillikka ega edilar. Ulus hukmdorlarining alohida davlat devonxonasi, qo`shini mavjud edi. Warning markaziy hukumatga tobeligi xirojning bir qismini Samarqandga yuborib turish va oliy hukmdor harbiy yurishlarida o`z qo`shini bilan qatnashish yoki talab qilingan askarni yuborib turishdan iborat edi. Qo`shin tuzilishi Amir Temur ichki va tashqi siyosatida asosan qo`shinga suyanar edi. Shuning uchun ham u qo`shin boshliqlarini tanlash va ularni tarbiyalash, harbiy qismlar va ularning joylashish tartibi, navkar va sarbozlarning qurollanishi hamda ichki intizom masalalariga nihoyatda katta ahamiyat berardi. Amir Temur qo`shini o`ntalik askariy birikmalar asosida tuzilgan harbiy qismlardan iborat edi. Lashkar tuman - o`n minglik, hazora - minglik, qo`shun - yuzlik va ayl - o`nlik birikmalariga bo`lingan. Amir Temur o`n minglik askarni boshqarish uchun tuman og`asi, minglik bo`linmalar uchun mirihazora, yuzliklar uchun qo`shunboshi va o`nliklar uchun esa aylboshi kabi harbiy mansablarni ta'sis etadi. Ularning haq- huquqlari, oylik maoshini darajasiga mos ravishda belgilab beradi. Janglarda bahodirlik ko`rsatib, g`alaba qozongan amir uchun in'omlar ham belgilab qo`yilgan. Biron qo`shinni yenggan, biror mamlakat yoki viloyatni zabt etgan amir bahodirlik martabasi, davlat kengashlariga bemalol kirish huquqi hamda biron sarhadning noibligi bilan siylangan. Askariy qismlarni viloyatlardan to`plash bilan tavochi mansabidagi amaldorlar shug`ullanar edi. Amir Temur qo`shinda qattiq harbiy intizom o`rnatadi. Har bir zobit (bo`linmaning qo`shun yoki aylboshisi) jang qilish uslublarini yaxshi bilishi farz sanalgan. Oddiy navkar nizomni qat'iy bajarishga majbur bo`lib, jangda ayovsiz va dovyurak bo`lishi, omonlik istagan dushmanga yumshoq muomala qilishi va adolatli bo`lishi lozim hisoblangan.6 Jangga kirish usuli Harbiy yurish paytida oldinda xabarchilar, ular orasidan yasovul bo`linmasi, undan keyinroqda manglay - avangard qism borardi. Manglay bilan qo`shinning asosiy qismlari oralig`ida esa qo`mondonning qarorgohi va uning yon-atrofida zaxira (rezerv) qismlar joylashgan bo`lib, u "izofa" deb yuritilgan. Amir Temur qo`shinining asosiy jangovar qismlari markaz, o`ng - burong`or va so`l - juvong`or qanotlaridan iborat bo`lgan. Har bir qanotning oldida bittadan qo`shimcha qo`riqchi manglay - avangardi, yon tomonida esa bittadan qo`riqchi askariy qo`shilmalar - qanbullav bo`lar edi. Shu tariqa qo`shin yetti qism - qo`llardan iborat edi. Sharafiddin Ali Yazdiy qo`shinni yetti qo`lga - qismga bo`lib joylashtirish tartibini birinchi bo`lib Amir Temur joriy qilgan deb yozadi. Bu qo`llar janglarda mustaqil harakat qilib, faqat qo`shin qo`mondoniga bo`ysungan. Amir Temur hayotlik davridayoq uning harbiy san'ati va davlat boshqarish uslubiga bag`ishlangan maxsus asar yaratilib, u "Temur tuzuklari" nomi ostida shuhrat topadi. Unda davlatni boshqarishda kimlarga tayanish, toj-u taxt egalarining tutumi (yo`nalishi) va vazifalari, vazir va qo`shin boshliqlarini tayinlash tartiblari belgilab berilgan. Tuzuklarda mamlakatni idora etish tartibi, davlat arboblari va qo`shin boshliqlarining burchi va vazifalari, amirlar, vazirlar va boshqa mansabdorlarning toj-u taxt oldida ko`rsatgan alohida xizmatlarini taqdirlash tartibi va boshqalar xususida bayon etiladi. Amir Temur turk, arab va eronliklar tarixini chuqur bilgan. Amaliy jihatdan foyda keltira oladigan har qanaqa bilimni, davlat ahamiyatiga ega bo`lgan har bir masalani hal etishda Amir Temur shu sohaning bilimdonlari va ulamolar bilan maslahatlashardi. Amir Temurning "... davlat ishlarining to`qqiz ulushini kengash, tadbir va mashvarat, qolgan bir ulushini qilich bilan amalga oshirdim", "Kuch - adolatdadur" degan so`zlari uning mamlakatni aql-zakovat va adolat bilan boshqarganligidan guvohlik beradi. Shunday qilib, Sohibqiron Amir Temur davlatni boshqarish va harbiy sohada o`ziga xos usul yaratib, shu asosda barpo qilgan davlati bilan dunyoni lol qoldirdi. Amir Temurning o’z davlat chegaralarini kengaytirish uchun olib borgan Temuriylar, Temuriylar davri — oʻrta asrlarda sohibqiron Amir Temur asos solgan markazlashgan buyuk saltanatni idora etgan sulola. T. hududi shimolda Ili daryosi va Xorazm (Orol) dengizidan janubida Fors qoʻltigʻiga qadar, sharqda Xitoy va Hindistondan gʻarbda Trabzun (Qora dengiz)ga qadar ulkan maydonni qamragan. Davlat tuzilishi, qonun va qoidalari jihatidan T. musulmon Sharqida oʻrta asrlarda hukm surgan davlatlardan katta farq qilmasada, ammo uning boshqaruv tizimi Turkiston va Movarounnahr davlatchiligining asriy anʼanalari, saltanatga kirgan mamlakatlar bilan madaniy aloqalar asosida yangi tartib va qoidalar bilan takomillashtirilgan. Markazlashgan davlat tepasida: Temur ibn Taragʻoy Bahodir (1370—1405); Shohrux ibn Temur (1409—47); Ulugʻbek ibn Shoxrux (1447—49); Abu Sayd ibn Sulton Muhammad (1458—69);Movarounnahrda (poytaxti Samarqand): Xapil Sulton (1405—09); Ulugʻbek (140949); Abdullatif (144950); Abdullo Mirzo (1450—51); Abu Sayd ibn Sulton Muhammad (1451—69); Sulton Ahmad Mirzo (1469—94); Sulton Mahmud Mirzo (1494—98); Sulton Ali Mirzo (14981500). Xurosonda (poytaxti Hirot): Shohrux (13961447); Ulugʻbek (144749); Abulqosim Bobur (1449—57); Shoh Mahmud Mirzo (1457); Abu Savd ibn Sulton Muhammad (1458—69); Yodgor Mirzo (1470), [[Husayn Boyqaro (1470— 1506); Badiuzzamon ibn Sulton Husayn (1506—07); Muzaffar Mirzo (150607). Siyosiy hayot. Nigʻoyatda kengayib ketgan davlat Amir Temur vafotidan soʻng vorislar oʻrtasidagi nizolar natijasida zaiflasha boshladi. 1405-yilning 16 mart kuni Mironshohning oʻgli Xalil Sulton Samarqandni egallab, oʻzini Movarounnahrning hukmdori deb eʼlon qiladi. Oqibatda shahzoda, amir va viloyat noiblarining noroziligi kuchayib, isyon va galayonlar koʻtariladi. Dastavval Fargʻonada Xudoydod bilan Shayx Nuriddin Xalil Sultonga qarshi qoʻzgʻalib, Oʻratepa va Fargʻonani egallab oldi. Bu davrda Xurosonda Shohrux, Balx, Gʻazni va Qandahorda Pirmuhammad; Gʻarbiy Eron va Ozarbayjonda Mironshohnnng oʻgʻillari Umar Mirzo va Abubakr Mirzo qokimi mutlaq boʻlib oladilar. Turkiston, Sabron, Oʻtror, Sayram viloyatlari amir Berdibekning tasarrufiga oʻtadi, Oltin Oʻrda amirlaridan Idiku Xorazmni zabt etadi. 1405 — 08 yillarda Balx, Xuroson, Seyiston, Kermon va Ozarbayjonda temuriy shahzoda va ayrim amirlarning birinketin koʻtarilgan gʻalayonlari kuchayib ketadi. Valiahd Pirmuhammad bunday gʻalayon va fitnaning qurboni boʻladi (1407-yil 22 fevral). 1408-yil 22 aprel kuni qoraqoʻyunli turkmanlarning yetakchisi Qora Yusuf bilan boʻlgan jangda Mironshoh halok boʻlib, Ozarbayjon va Iroq viloyatlari temuriylar qoʻlidan ketadi. 15-asrning 20y.larida bu ulkan mamlakat 2 davlatga boʻlingan edi. Ulardan biri Amudaryodan janubida joylashgan boʻlib, uni Shohrux boshqargan (markazi Hirot sh.) edi. Ikkinchisi esa, Amudaryodan shimolida — Movarounnahr va Turkistonda vujudga kelib (poytaxti Samarqand sh.) uni Oʻlugʻbek idora etgan edi. Ulugʻbek otasi Shohruxning koʻmagi bilan avval (1413) Xorazmni, soʻngra (1415) Fargʻona va Qashgʻarni oʻz tasarrufiga olib, davlatining gʻarbiy va sharqiy chegaralarining xavfsizligini taʼminlagan bulsada, ammo uning shim. va shim.sharqiy tomonlari xavotirli edi. Shu boisdan 15-asrning 30—40y.lari otasi Shoxrux bilan birga Dashti Qipchoqda Abulxayrxon bilan kurash olib borishiga toʻgʻri keladi. Chunki koʻchmanchi chorvadorlar Movarounnahrning viloyatlariga muttasil bostirib kirar va oʻtroq aholini gʻorat qilar edi. Movarounnahrni idora etishda, ayniqsa, tashki siyosatda Ulugʻbek T. ning bosh hukmdori Shogʻruxning irodasini izchil amalga oshiradi. Tashqi va ichki siyosatga aloqador har qanday masalani u otasi bilan maslahatlashib va kelishib, uning rozirizoligi bilan hal etgan. Shohrux 1447-yil 12 mart kuni nevarasi Sulton Muhammad isyonini bostirish vaqtida Ray viloyatida olamdan oʻtadi. Shohrux vafotidan soʻng, Xuroson va Movarounnahrda temuriy shahzodalar oʻrtasidagi nizolar yana avj oladi. Bu kurash oqibatida zamonasining mashhur olimi va hukmdori Mirzo Ulugʻbek 1449-yil 27 oktabrda 55 yoshida Samarqand yaqinida fojiali suratda halok boʻladi. Ulugʻbek Movarounnahrni 40 yil (1409—49) idora etdi. Bu davrda mamlakatning siyosiy hayotida keskin kurash davom etganligiga qaramay, u shiddatli harbiy yurishlar uyushtirishga intilmadi. Aksincha, u oʻz davlatini mustahkamlashga, mamlakat birligini saqlab qolishga va madaniy hayotni koʻtarishga harakat qildi. Ulugʻbek fojiasidan soʻng, hokimiyatga bir vaqtning oʻzida Samarqandda Ulugʻbekning kuyovi Abdullo Mirzo, Buxoroda esa Mironshohning nabirasi Sulton Abu Saidlar podshoh qilib koʻtariladi. Abdullo Mirzo mamlakatda barqarorlikni tiklash uchun barcha choralarni koʻradi, ammo T. taxtida uzoq vaqt oʻtira olmaydi. Avval u. amakivachchasi Abu Sayd bilan, soʻngra qarindoshi Alouddavla bilan kurashadi. Muhorabada ittifoqchilar gʻalaba qozonadi. Abdullo Mirzo jangda halok boʻladi. Abu Sayd Abulxayrxon yordamida Samarqandni egallab, Movarounnahrga hokim boʻlib qoladi. Temuriylar mulkining Xuroson qismi bu davrda Shohruxning nabirasi Abulqosim Bobur tasarrufida edi. 1457-yilgacha u Xurosonni oʻz qoʻlida tutib turadi. Har ikkala davlat oʻrtasida nizo kuchayib bordi. Yozma manbalarda qayd etilishicha, Xurosonda boshboshdoqlik avj olib, u boʻlaklarga boʻlinib keta boshladi. 1457-yilda Abulqosim Bobur vafot etgach, Abu Sayd Hirot shahrini egallab, saltanatning har 2 qismini birlashtiradi. Bu davrda Sulton Husayn (Umarshayxning nabirasi) Xorazmni egallab oladi (qarang [[Husayn Boyqaro). 1469-yil bahorida Abu Sayd (Ozarbayjon, Gʻarbiy Eron va Iroqqacha boʻlgan viloyatlarni egallab turgan) oqqoʻyunli turkmanlarga qarshi yurish qiladi. Mugʻon (Ozarbayjon) choʻlida Uzun Hasan bilan boʻlgan jangda Abu Said halok boʻladi. Otasining oʻlimidan soʻng, Abu Saidning vorislari Sulton Husayn bilan toʻqnashmay Movarounnahrga qaytadilar. 1469-yilning 24 martida Sulton Husayn Xuroson hokimi sifatida Hirotning taxtini egallaydi. Natijada T. mulki yana 2 mustaqil qismga boʻlinib ketadi. Movarounnahrda Abu Saidning oʻgʻillari Sulton Ahmad Mirzo, Sulton Mahmud Mirzo va Sulton Ali Mirzo hokimlik qiladi. Bu davrda Movarounnahr ham oʻzaro ixtilofdagi shahzodalar va mulkdor zodagonlarning viloyat hokimliklariga boʻlinib ketadi. Mamlakatning ijtimoiy va iqtisodiy hayotida sufiylik taʼlimotining yirik namoyandalari, xususan Xoja Ahrornmng taʼsiri kuchayadi, hatto u siyosiy hayotda ham muhim rol oʻynay boshlaydi. Mas., mamlakat urush xavfi ostida qolib, elyurt boshiga ogʻir tashvishlar tushgan paytda Xoja Ubaydulpogʻ Ahror bir necha bor uni bartaraf qilishga jonbozlik koʻrsatadi. Sulton [[Husayn Boyqaro idora qilgan davlat Sharqiy va Shimoliy Eron viloyatlari va Xorazmni birlashtirgan edi. U T.ning qariyb 40 yil hukm surgan soʻnggi yirik saltanati boʻlib, unda siyosiy vaziyat osoyishta emas edi. Xurosonda betoʻxtov davom etgan oʻzaro urushlarga, shahzoda va amirlarning boshboshdoqligiga qaramay mamlakat aholisining turmush tarzi va madaniy hayoti Movarounnahrdagiga nisbatan yuksakroq edi.7 Ammo mamlakatning siyosiy hayotida kuchayib borayotgan keskinlik ichki munosabatlarda tobora taʼsiri ortib borayotgan Dashtiqipchoklik oʻzbeklarning Movarounnahrda hokimiyatni qoʻlga olishini hamda T. sulolasining zaiflashuvini yanada tezlashtirdi. Davlat boshqaruvi. T.da avval hokimi mutlaq — Amir Temur, soʻngra esa uning vorislari bevosita hukmronlik qilishgan. Saltanatni devonbegi — bosh vazir boshliq 7 vazirlikdan iborat arkony davlat — Vazirlik mahkamasi boshqargan. Ulardan 1si — mamlakat varaiyat vaziri. U viloyat va tumanlardan toʻplanadigan hosil, soliqoʻlponlar va mamlakat obodonligi bilan shugʻullangan. 2si — vaziri sipoh, yaʼni harbiy ishlar vaziri. U navkarlarning taʼminoti (maoshi, oziq-ovqat va qurolyarogʻlari) bilan shugʻullangan. 3si — tijorat (savdo) vaziri edi. U tashqi savdo boji tam/a, chorvachilikdan toʻplanadigan za kot, egasiz qolgan molmulklarning tasarrufi, meros va merosxoʻrlar kabi masalalar bilan shugʻullangan. 4si — saltanatning moliya ishlari vaziri boʻlib, davlat xazinasining kirimchiqimlarini boshqargan. Chegara viloyatlari va tobe mamlakatlar boshqaruvini nazorat qilish uchun maxsus 3 ta vazir tayin etilgan. Ular mazkur viloyat va mamlakatlardan davlat xazinasiga tushadigan daromadlarni nazorat qilgan. Oʻz navbatida bu 3 vazir saltanatning "xolisa" deb yuritilgan bosh nazorat hayʼatini tashkil etgan. Bu 7 vazir devonbegiga boʻysungan va u bilan bamaslahat davlatning moliyaviy ishlarini amalga oshirganlar. Yozma manbalardan maʼlum boʻlishicha, Amir Temur va T. hukmronligi davrida saltanat devonxonasida Amir Dovud, Jaloluddin Firuzshoh, Gʻiyosuddin Shohmalik, Alouddin Alika Koʻkaldosh va Alisher Navoiydek dono devonbegilar bu oliy mansabda faoliyat koʻrsatganlar, mamlakatni obodonligi yoʻlida beqiyos xayrli ishlarni amalga oshirganlar. Devonxona qoshida arzbegi, sadri aʼzam, shayxulislom va ahdos qozisi kabi lavozimlar mavjud boʻlgan. Arzbegi fuqaro va sipohiylardan tushadigan arzu shikoyatlar hamda mamlakatdagi ahvol toʻgʻrisida maʼlumot toʻplash va bu borada oliy dargohga axborot berib turish kabi vazifalarni bajargan. Sadri aʼzam — bosh sadr mamlakatdagi barcha vaqf xoʻjaliklarini nazorat qilgan; davlat hamda yer egalari tomonidan vaqf qilingan yerlar va mulklarni kayd etgan va vaqfnomalar tuzib ularni qonunlashtirgan. Shayxulislom aholining turli ijtimoiy tabaqalari oʻrtasida shariat ahkomlari va islom aqidalarining bajarilishini nazorat qilgan. Davlatning bosh qozisi — qozi ulquzzot "ahdos qozisi" nomi bilan yuritilib u fuqaro ishlari bilan shugʻullangan. Saltanat mahkamasida kirimchiqimlarni qayd etuvchi maxsus munshi — kotib faoliyat koʻrsatgan. Mamlakat maʼmuriy jihatdan ulus, viloyat va tumanlarga boʻlinib, ular hokim, noib va tuman boshilar tomonidan boshqarilgan. Ularning aksariyati harbiy — amirlardan iborat edi. Har bir shahar va viloyatning moliya devoni, qozisi, muftisi, mutavallisi va muxtasibi boʻlgan. Lashkarlar uchun hatto maxsus qoziyi lashkar tayin etilgan. Har bir shahar va qalʼalarda qutvol (komendant) tayinlanib, unga shahar va qalʼa istehkomlarini taʼmirlash va ularning mudofaasi yuklangan. Fath etilgan viloyat va hududlar temurzodalar va xizmat koʻrsatgan amirlarga suyurgʻol tarzida inʼom qilinib, ular orqali boshqarilgan. Mac, Amir Temurning toʻngʻich oʻgʻli Jaxrngirga Balx viloyati; Umarshayxga Fors viloyati; Mironshohga Ozarbayjon, Iroq va Armaniston; Shohruxga Xuroson, Jurjon, Mozandaron va Seyiston berilgan. Garchi uluslar markaziy hukumatga itoat etsalarda, ammo ular maʼlum darajada mustaqil edilar. Ularda alohida devonxona, qoʻshin boʻlib markaziy hukumatga tobelik xirojining bir qismini Samarqandga yuborish va oliy hukmdor harbiy yurishlarida oʻz qoʻshini bilan qatnashish yoki talab etilgan sonda askar yuborishdan iborat edi. Suyurgʻolga ega boʻlgan viloyat hokimlari — shahzodalar oʻz uluslarida iloji boricha mustaqil hukmronlik qilishga intilgan. Markaziy hokimiyat esa, vaziyat jiddiylashgandagina ularning ichki ishlariga aralashgan. Shubhasiz suyurgʻol asosida shakllangan mulkchilik boshqaruv tartibining kuchayishi viloyatlar mavqeining oshishiga olib kelgan va ichki nizolarni keltirib chikargan. T.davrida oʻrta asr yirik mulkdorlari davlat tayanchi boʻlib, maʼmuriy jihatdan uning takomillashuviga suyurgʻolning keng tarqalishi jiddiy toʻsqinlik qilgan. Elyurtni boshqarishda harbiy kuchning ahamiyati katta boʻlgani tufayli uning takomiliga aloxida eʼtibor berilgan. Amir Temur amir va amir ulumaro — bosh amir kabi yuqori darajali harbiy unvonlar joriy etgan, qoʻshin boshliqlarini tanlash va ularni tarbiyalash, lashkariy qismlar va ularning joylashish tartibi, navkar va sarbozlarning qurollanishi hamda ularning intizomi masalalariga nihoyatda ahamiyat bergan (qarang Temuriylar harbiy sanʼati). Davlatni boshqarishda qurultoy va kengashlar oʻtkazish alohida oʻrin tutgan. Sharafuddin Ali Yazdiyning yozishicha, Amir Temur tomonidan Qarshi, Samarqand, Qorabogʻ va boshqa joylarda oʻtkazilgan qurultoy va kengashlarda shahzodalar, davlat maʼmurlari, harbiy boshliqlar, ulamolar va mulkdor zodagonlarning vakillari qatnashgan. Ularda mamlakatning iqgisodiy va siyosiy axvoliga oid masalalar muhokama etilib, qarorlar qabul etilgan va tadbirlar belgilangan. Mas., 1403-yilda Kavkazning Baylaqon shahrida chakirilgan kengashga olimu fuzalolar taklif etilgan. Ulardan mamlakatni boshqarishda, xususan, uning obodonligi yoʻlida amalga oshiriladigan xayrli ishlar — jamoat binolari va inshootlar qurilishlarida oʻz maslahatlari bilan koʻmak berishlari soʻralgan. Download 110.52 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
ma'muriyatiga murojaat qiling