Мавзу: Аммофос ишлаб чиқаришидаги бгс аппаратининг тўла иссиқлик техник ҳисоби
Download 484 Kb.
|
Аммофос ишлаб чиқаришидаги БГС аппаратининг тўла иссиқлик техник
Ammoniy fosfatlari
Ammoniy fosfatlarning xossalari. Ammoniy fosfatlari, odatda, fosfor kislota tuzlari — ammoniy digidrofosfat yoki monoammoniyfosfat [MAF] NN4N2R04, ammoniy gidrofosfat yoki diammoniyfosfat [DAF] (NN4)2NR04, va ammoniy fosfat yoki triammoniyfosfat (NN4)3R04 nomlari bilan yuritiladi. Eng barqaror birikma monoammoniyfosfat hisoblanadi, uni 100-110°S gacha qizdirilganda amalda ammiakning ajralishi kuzatilmaydi. Diammoniyfosfat 70°S xaroratdayok ammiak yо‘qota boshlaydi va monoammoniyfosfatga aylanadi: (NN4)2NR04 → NN4N2R04 + NNz triammoniyfosfat esa xavoda 30-40°S da parchalanadi, shuning uchun uni sanoatda ishlab chiqarilmaydi. Mono- va diammoniyfosfatlarning gigroskopikligi kamdir. 50°S dagi NN4N2RO4 ning gigroskopiklik nuqtasi 88% ga, 15°S da esa — 97% ga tengdir (texnik maxsulotlarda qо‘shimchalarning ishtirok etishi uning gigroskopikligini oshiradi). Ammoniy fosfatlari qishloq xо‘jaligida о‘g‘it sifatida keng qо‘llaniladi. Ular yuqori konsentratsiyali ballastsiz о‘g‘itlar hisoblanadi va tarkibida ikkita asosiy ozuqa elementlari — suvda eruvchan shakldagi azot va fosfor bо‘ladi. Toza monoammoniyfosfatda 12,2% N va 61,7% R2O5 (jami 73,9%), diammoniyfosfatda — 21,2% N va 53,8% R2O5 (75,0%) bо‘ladi. Diammoniyfosfatda ozuqa moddalarining N: R2O5 massa nisbati (1:2,5) monoammoniynisbatdagi (1:5,1) ga nisbatan ancha makbо‘l bо‘ladi. Ammoniy-fosfat о‘g‘itlardan ammofos — oz mikdordagi (-10%) diammoniyfosfat qо‘shimchasi bо‘lgan monoammoniyfosfat kо‘p mikdorda ishlab chiqariladi. Azot bо‘yicha nisbatan konsentrlangan о‘g‘it — diammofos xam ishlab chiqariladi. Agar diammofos ishlab chiqarish uchun apatit konsentratidan olingan ekstraksion fosfor kislota ishlatilsa, bunda maxsulot tarkibida: 48±1% R2O5uzl 18% dan kam bо‘lmagan N va 1,5% dan kо‘p bо‘lmagan N2O bо‘ladi. N:R2O5 nisbati katta bо‘lgan о‘g‘it ishlab chiqarish uchun ammofos va diammofosga azotli о‘g‘itlar — ammoniy nitrat yoki karbamid qо‘shiladi. Termik yoki tozalangan ekstraksion fosfor kislotadan olinadigan diammoniyfosfat xayvonlar ozuqasi uchun ishlatiladi. Ammoniy fosfatlari, shuningdek, oziq-ovqat va farmatsevtika sanoatida xam ishlatiladi; ular antipirenlar sifatida va qurilish materiallarining yong‘inga bardoshliligini oshirish uchun ishlatiladi. Download 484 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling