Мавзу: Аммофос ишлаб чиқаришидаги бгс аппаратининг тўла иссиқлик техник ҳисоби


Download 484 Kb.
bet5/6
Sana27.03.2023
Hajmi484 Kb.
#1300316
1   2   3   4   5   6
Bog'liq
Аммофос ишлаб чиқаришидаги БГС аппаратининг тўла иссиқлик техник

Absorbsiyaga Retur

6 — rasm. Ammoniylashtiruvchi donadorlagich (AD):
1 - qobiq; 2 — sochiluvchi komponentlarni uzatish tuzulmasi; 3 — ichki devorlarni tozalash uchun pichoq; 4 — bо‘tqa taqsimlagich; 5 — ammiakoprovod; 6-ammiak taqsimlagich; 8 — tayanch va qisqich g‘ildiraklar; 9 — tayanch xalqa; 10 — bandaj; 7 – tishli g‘ildirak.
Bu sxema bо‘yicha 1 t ammofos (53% P2O5 12% N) ga: bug‘latilgan kislota shaklida 0,588 t P2O5 0,151 t NN3, 9 m3 tabiiy gaz (34,8 Mj/m3); 67 kVt*s elektroenergiya talab etiladi.
Apatit konsentratidan olinadigan maxsulot tarkibida taxminan: 55-56,5% P2O5umum.; 54-55% P2O5uzl., 53-54% P2O5 suv.e. , 12-12,5% N, 0,5-1% N2O bо‘ladi.
Keltirilgan sxemalarni mukammallashtirish bо‘yicha turli takliflar berilgan. Masalan, kislotani neytrallashni bosim ostida amalga oshirishni kо‘rsatib о‘tiladi. Bunda reaksiya issiqligidan amalda deyarli tо‘la foydalanilishiga erishilishi mumkin. Konsentrlangan (50-54% P2O5) ekstraksion fosfor kislota rN = 4-4,5 gacha neytrallanishi 0,3-0,35 mPa bosimda quvurli reaktordan juda qisqa vaqtda о‘tishi (-0,1 s) hisobiga amalga oshiriladi. Neytralizatsiya issiqligi hisobiga 180-200°S gacha qizigan suspenziya minoradagi forsunkada changlanadi, u yerda atmosfera bosimi ushlab turiladi; shu bilan bir vaqtda massaning sovutilishi natijasida о‘z-о‘zidan bug‘lanish hisobiga qizigan eritmadan suv tezda yо‘qotiladi; kukunsimon ammofos xosil bо‘ladi. Uni donadorlanishi mumkin yoki nitroammofos va boshqa murakkab о‘g‘itlar olish uchun ishlatilishi mumkin.
III. Iqtisodiy samaradorlik ko’rsatgichlari.
1. Mahsulot ishlab chiqarish uchun kerak bo’lgan xomashyo miqdorini narxi (so’m) da, bir dona va yillik hajmidagi ifodasi.
2. Mahsulot ishlab chiqarishda ishchilarga beriladigan ish xaqqi. Bir dona mahsulot ishlab chiqarish uchun va yillik mahsulot uchun to’g’ri keladigan o’rtacha ish xaqqi.
3. Ishtimoiy fondga ajratiladigan mablag’. Ish xaqqiga nisbatan, yani ish xaqqining 16 % hisoblanib qo’shiladi.
4. Amarizatsiya ajratmasi 15%. Amartizatsiya ajratmasi asosiy fondga nisbatan hisoblanadi
5. Nakladnoy – bunga quydagilar kiradi. Mahsulot ishlab chiqarish uchun kerak bo’ladigan elektr energiyasi, issiq va sovuq suv, gaz va boshqa xarajatlar kiradi.
6. Yuqoridagilar jamlanganda bir dona va yillik mahsulot uchun ishlab chiqarish tannarxi kelib chiqadi.
7. Mahsulot ishlab chiqarilgandan so’ng uning ishlab chiqarish bahosi kelib chiqdi, endi mahsulotni qadoqlash, transport, reklama hizmatlari xarajatlari qo’shamiz.
8. Bu xarajatlar qo’shilganidan so’ng mahsulotning to’la tannarxi kelib chiqadi.
9. Bizda ishlab chiqarilgan mahsulotimizni to’la tannarxi kelib chiqqanidan so’ng unga foyda yani ma’lum bir (%) to’la tannarxning (15%) miqdori qo’shiladi va mahsulotdan tushadiga sof foyda kelib chiqadi.
10. Mahsulotning to’la tannarxiga foyda qo’shilganida korxona bahosi hosil bo’ladi.
11. Korxona bahosiga uning (20%) miqdori qo’shiladi. Bu QQS qo’shimcha qiymat solig’i bo’ladi.
12. Barcha xarajatlar soliqlarni qo’shib hisoblaganimizda mahsulotning sotish bahosi kelib chiqdi. Quydagi jadvalda bir donna va yillik mahsulot uchun sotish baxosi qo’shimcha qiymat solig’i, mahsulotning to’la tannarxi, ishlab chiqarish tannarxi va boshqa ko’rsatkichlar qiymatlari berilgan.
3.1-jadval
Asosiy ma’lumotlar
1 1 yilda qayta ishlov beriladigan xom ashyo miqdori Tonna 8912,56
2 Ishlab chiqarishdagi asosiy qurilmalar soni Dona 3
3 Qurilmalarning rejalashtirilgan o’rtacha ish unumdorligi Kg. /soat 57
4 Reja bo’yicha xom ashyodan mahsulot chiqishi % 97,89
5 Korxonaning ishlash rejimi Smena 1
6 Korxonaning ishlash vaqti Soat 24
7 Uskunalarning FIK 93

3.1. Ish vaqti fondini rejalashtirish


Yillik ish vaqti fondi:
bu yerda, Dk – dam olish kunlari, kun;
Bk – bayram kunlari, kun;
Ksm – smenalar soni, smena;

3.2-jadval


Korxona mahsuloti, tonna
№ Mahsulot nomi Bir yilda Bir sutkada Bir smenada Bir soatda
1 2 3 4 5 6
1. Ammofos 8 912 560 24417,97 24417,97 1017,41
Jami 8 912 560 24417,97 24417,97 1017,41
3.3-jadval
Ishchilar soatbay ish haqiga ustamalar, ming so’m da
№ Ko’rsatkichlar nomlanishi ming so’m
1 Soatbay ish haqi fondi 22 310
2 Kunlik ish haqi fondiga ustamalar:
A) Ichki to’xtashlar uchun qo’shimcha ustama (0,8 % soatbay fonddan)
B) balog’at yoshiga yetmagan va emizuvchi ayollarga imtiyozli soatlar uchun ustama (0,5 % soatbay fonddan)
178,48

-
3 Kunlik ish haqi fondi 178 480


4 Oylik ish haqi fondiga ustamalar:
A) Mehnat ta’tili uchun ustama (0,5% kunlik fonddan)
B) Davlat va jamoat topshiriqlarini bajarganligi hamda malakasini oshirish uchun xizmat safarida bo’lgan vaqtlar uchun ustama (0,4 % kunlik fonddan)
892,4

713,92
5 Oylik ish haqi fondi 3 926 606


3.4-jadval
Korxona sanoat ishlab chiqarish ish haqining jamlama jadvali
№ Ishlab chiqarish bulimlari nomi Ishlovchilar soni Ish haqi fondi, m.so’m
1 Asosiy ishlab chiqarish 4 2 408 268
5
6 Ma’muriy – boshqaruv personali (20 %)
Boshqa toifadagi ishlovchilar (10 %) 1
2 726 218
792 120
Jami 29 2 926 606

3.7-jadval


Loyixalashtirilayotgan (qayta jihozlayotgan) korxona asosiy texnologik uskunalari qiymati
№ Asbob-uskunalar nomi Soni Bir birlik narxi Umumiy qiymati, m.so’m.
1 2 3 4 5
1 Ammoniylashni tezlashtiruvchi qurilma 1 10718270 21 873 080
Jami 1 10718270 21 873 080
Bitta asbob – uskuna narxi shartnoma narx bo’yicha aniqlanadi.
3.5-jadval
Amortizatsiya ajratmalari xisobi
Oboekt nomlanishi Qiymati, ming so’m Amortizatsiya fondi, % Amortizatsiya summasi, ming so’m
Asbob – uskunalar (bosh smetaning 1+5+10 bandlari)
Bino va inshootlar (bosh smetaning 2+3+4+6+7+9 bandlari) 42 873 080 15

3 6 430 962


1 286 192,4


Jami 7 717 154,4

Yuqoridagi jadvalda maxsulot ishlab chiqarish bo’yicha barcha ma’lumotlar berildi. Endi korxonaninng yillik ishlab chiqarish xajmini rentabelligini ko’rib chiqamiz. Korxonaning mahsulot sotishdan olingan yillik tushum, maxsulot ishlab chiqarish tannarxi, maxsulot sotishdan olingan yalpi foyda, maxsulot sotishdan olingan sof foyda, asosiy vositalarni o’rtacha yillik qiymati, aylanma mablag’larni o’rtacha yillak qiymati, korxonaning jami mulki, o’z mablag’lar manbai, qarz mablag’ kabi ko’rsatkichlar keltirilgan. Bulardan foydalangan xolda rentabillikni aniqlaymiz.


Mahsulot sotish rentabilligi – korxonani mahsulot sotishdan olingan yalpi foydani mahsulot sotishdan olingan yillik tushimga bo’lamiz. Asosiy vositalar rentabilligi – mahsulot sotishdan olingan sof foydani asosiy vositalar qoldiq qiymatiga bo’lamiz. Aylanma mablag’lar rentabilligi – mahsulot sotishdan olingan sof foydani aylanma mablag’larni o’rtacha yillik qiymatiga bo’lamiz. Ishlab chiqarish tannarxi rentabilligi – mahsulot sotishdan olingan yalpi foydani maxsulot ishlab chiqarish tannarxiga bo’lamiz. O’z mablag’lar, korxonani jami mulki, korxonani qarz mablag’lari rentabilligini topishda yuqorida bajarilagan yani mahsulotni sotishdan olingan sof foyda nisbatan hisoblaymiz. Bu ko’rsatkichlar quydagi jadvalda ko’rsatilgan.
Yillik ishlab chiqarish xajmini rentabilligi
Asosiy iqtisodiy ko’rsatkichlardan birinchisi - asosiy fondni boshlang’ich qiymati. Asosiy fondlarni baholashni quydagi turlari mavjud. Dastlabki to’la qiymat va qoldiq qiymat bahosi. Dastlabki to’la qiymat orqali belgilangan baho Ob, asosiy fondlarni sotib olish bahosi Sb, asosiy fondlarni jihozlash mantaj, transport xarajatlari XT va mantaj xarajatlari XM ni o’z ichiga oladi.
Ob=Sb+XT+XM
Bu baho korxonaning asosiy fandlarni sotib olish va ishga tushirish uchun qilingan xarajatlarni ifodalaydi. Asosiy fondni to’la qiymat baxosi ma’lum undan asosiy fondni o’rtacha yillik bahosini ayirib tashlasak asosiy fondni qoldiq qiymat bahosi kelib chiqadi.
Mahsulot ishlab chiqarish xajmi – bunda mahsulotni bir yillik ishlab chiqarilgan maxsulotining xalmi tushiniladi. Korxonaning sof foydasi ma’lum. Korxonada ishlaydigan ishchilar soni aniqlanadi. Fond qaytimini topishda mahsulotni yillik ishlab chiqarish xajmini asosiy fondni boshlang’ich qiymatiga bo’lamiz. Rentabellik – sof foydani asosiy fondni qoldiq qiymatiga bo’lamiz. Mehnat unumdorligi – yillik ishlab chiqarish xajmini korxona ishchilari soniga bo’lamiz. Har bir ishchi uchun bir yillik mehnat unumdorligi kelib chiqadi.O’z mablag’lar qiymati malum.

IV. Mehnat muhofazasi


Prezident I. A Karimov Fuqaro muxofazasini dolzarbligini e’tiborga olib, o’zining “O’zbekiston XXI asr bo’sag’asida: xavfsizlikka taxdid, barqarorlik shartlari va taraqqiyot kafolatlari” nomli asarlarida “Siyosatimizning asl moxiyati axoli xavfsizligini taminlash, ularni turli ofatlar va favqulotda vaziyatlardan ximoya qilishdir” deb taokidlab o’tadilar. Shunday ekan, favqulotda vaziyatlarni oldindan aniqlash va axolini bo’lishi mumkin bo’lgan xavfdan ogoxlantirish borasida samarali tadbirlar o’tkazish, favqulotda vaziyat yuz berganda tezkor xarakat qilish, insonlarning qurbon bo’lishiga yo’l qo’ymaslik, iqtisodiy zararni kam bo’lishini, xavfsizlikni o’z vaqtida taominlash bular xammasi asosiy masalalardan biridir. 1994 yil 4 martda O’zbekiston Respublikasi birinchi Prezidentining FV vazirligining tashkil etilishi to’g’risidagi farmoni e’lon qilindi. O’zbekiston Respublikasi mustaqillikka erishgandan so’ng, shu o’tgan davr ichida bir necha ommaviy noroziliklar va qurolli to’qnashuvlar sodir bo’ldi. 2000 yil 15 dekabrda “Terrorizmga qarshi kurash to’g’risida”gi 31 moddadan iborat O’zbekiston Respublikasi qonuni qabul qilindi.
Ishlab chiqarish korxonalarida fuqarolarni, ya’ni ishchilarni favqulotda vaziyatlardan ximoyalash uchun fuqaro muxofazasi shtabi tashkil etilgan. Bu shtabni vazifasi ob’ektni xavfli deb xisoblangan nuqtalarni kuzatish va nazorat qilishdan iborat.
1) Jamiyatni asosiy rivojlantiruvchi va ishlab chiqarish tizimining boshqaruvchi kuchi "inson" ekanligini hisobga olib, uning ishlab chiqarishdagi faoliyatini va sog’ligini saqlash ijtimoiy taraqqiyot yo’lidagi muhim faktor-omil hisoblanadi. SHuning uchun ham sanoat korhonalarida sifatli mahsulot ishlab chiqarish jarayoni va mehnat sharoitini yahshilash, jarohatlanish, kasb kasalliklarini kelib chiqarish manbalarini yo’qotish, charchash, toliqish bo’lmasligiga taalluqli chora-tadbirlarini qo’llashga bog’liqdir.
Korxonada mehnatni muhofaza qilishni ahamiyati ishlab chiqarishda yuz berishi mumkin bo’lgan bahsiz hodisalarni oldini olish, ogohlantirish, mehnat sharoitini yaxshilash, ishlab chiqarish jarayonlarining havf-hatarsiz o’tishini ta’minlash va havfsizlik tadbirlarini amalga oshirishdan iborat. Bu tadbir-choralar tehnika va tehnologiyaning to’htovsiz rivojlanayotganligini hisobga olgan holda olib boriladi.
2) Barcha sanoat korxonalari atmosferaga chiqaradigan ishlab chiqarish zararli chiqindilari (gaz, tutun, chang va b.k.)ga qarab SN 245-71 ga asosan besh sinfga bo’linadi. Loyihadagi korhona chiqindi chiqarish bo’yicha 5- sinfga kiradi.
1)-1000m, 2)-500m, 3)-300m, 4)-100m, 5)-50m tanlab aniqlanib olinadi.
3) Texnologik jaroyonlarni havfsizligini ta’minlashda ishlab chiqarish turini tanlash, homashyo va materiallarni agregat holati, jarayonni fizik kimyoviy shartlari, jarayonni davri, uskunalarni yig’ish va sozlash, isitish va sovutish turlari, texnologik reglamentga rioya etish va boshqa tadbirlarni amalga oshirish muhim ahamiyatga egadir. SHuningdek jarayonni havfsizligini ta’minlashda ishchilarni kasb bo’yicha tanlash va ularni o’qitish, shahsiy muhofaza vositalarini qo’llash zarur deb hisoblanadi.
Texnologik reglament - texnologik jarayonlar havfsizligini ta’minlaydigan asosiy hujjat hisoblanadi. Texnologik reglament yuqori tashkilot yoki korxona rahbari tomonidan tasdiqlanadi. Korxona rahbari zamonaviy texnik nazorat va avtomatik to’g’rilash, boshqarish vositalarini qo’llab jaroyonlar havfsizligini ta’minlash maqsadida texnologik reglamentga rioya etilishini ta’minlashi kerak. Texnologik reglament tarkibi quyidagi bo’limlardan iborat:
1. Ishlab chiqarish umumiy tavsiyanomasi,
2. Tayyorlanadigan mahsulot tavsiyanomasi,
3. Xomashyo, materiallar tavsiyanomasi,
4. Texnologik jarayon mazmuni,
5. Texnologik rejim normalari,
6. Xomashyo va energiyani bir yilga sarflash normalari,
7. Ishlab chiqarish normalari,
8. Jarayon bajarilishidagi havfsizlik qoidalari,
9. Moddiy balans,
10. Ishlab chiqarish chiqindilari, oqava suvlar, atmosferaga moddalar tashlash,
11. Ishlab chiqarish texnologik chizmasi,
12. Mumkin bo’lgan nosozliklar, ularni sabablari va yo’q qilish usullari,
13. Asosiy tehnologik uskuna jihozlar ta’rifi.
Texnologik jaroyonlarni havfsizligini ta’minlashda muhandis-texnikaviy vositalar qo’llaniladi, ya’ni to’siqlovchi va himoyalovchi moslamalar ishlatiladi. To’siqlovchi moslamalar vaqtincha, doimiy, ko’chiriladigan, harakatlanmaydigan, yaxlit, to’rsimon, ochiladigan holatda mavjud.
Ximoyalovchi moslamalar texnologik uskunalarni ishdan chiqish va avariya xolatidan ogoxlantirish uchun qo’llaniladi. Ular mexanik, elektrik va aralash turda mavjud.
Sanoatda qo’llanadigan zamonaviy uskunalarni yaratish va qo’llashda umumiy havfsizlik yullanmasi sifatida unifikatsiya, jadallashtirish, kam quvvat sarflash, ergonomika, yiriklashtirish, ishonchlilikni oshirish omillari hisobga olinadi shuningdek, uskunalarga inson hususiyatlarini, faoliyatini ifodalaydigan antropometrik, pishofiziologik, psixologik, gigienik talablar qo’yiladi. Talablar GOST 12.2.03-91 va QMQ 3-05-05-98 ga asoslanadi.
Kimyo sanoati korxonalarida markazlashgan isitish tizimi qo’llaniladi. Isitish esa bug’, suv va havo yordamida uyushtirilishi mumkin. Lekin ishkoriy metallar, metall-organik birikmalar, karbidlar va portlovchi, zaharlovchi moddalar ajralib chiqishi mumkin bo’lgan binolarda suv va suv bug’i bilan isitishga yo’l qo’yilmaydi. Bunday ishlab chiqarish binolarida havo bilan isitish usuli qo’llaniladi.
Issiq suv yoki bug’ bilan qizdiriladigan kaloriferlar orqali havo puflanib, so’ngra binoga beriladi. Havo bilan isitish shamollatgich bilan birga ulanadi. Kaloriferni havfsiz va unumli ishlashi uchun shamollatgich va kalorifer tarkibi ogohlantiruvchi-daraklovchi moslamalar bilan bog’langan bo’lishi kerak.
"Elektr qurilmalarini tuzilishi va ishlatilishi" qoidasiga asosan portlashga havfliligi jihatidan A,B kategoriyaga mansub korhonalar binolari 6 zonaga, shu jumladan, yong’inga havfliligi buyicha V kategoriyaga mansub binolar 4 zonaga-sinfga taqsimlangan.
Binolarni portlash va yong’inga havfliligi zonasini-sinfini belgilashda mahsus harf va rakamlar qo`llanadi. Loyihadagi korhona B sinfiga kiradi.
Yong’in havfsizligi norma, qoidalariga asosan evakuatsiya yo’llari o’tga chidamli materiallardan tayyorlanishi, harakat yo’lida begona to’siqlar bo’lmasligi kerak. Har bir xona va binodan chiqish-evakuatsiya yo’li kammida ikkita bo’lishi kerak. Ular orasidagi masofa L>1,5VP tenglama bilan topiladi (bu erda R- bino perimetri). Chiqish yo’li kengligi kamida 0,8-1,0m bo’lishi talab qilinadi. CHiqish yo’li orasidagi masofa SNiP-2.09.02-85 ga asosan binoni hajmi, o’tga chidamdiligi darajasi, yong’in havfliligi kategoriyasiga metr hisobida belgilangan.
Yong’inni o’chirish uchun suv, suvni kimyoviy eritmalari, ko’pik, inert gazlar, gaz tarkibli kukunsimon moddalar, turli aralashmalar ishlatiladi. Yonuvchi qattiq, suyuq, gaz holdagi moddalarni, materiallarni yong’inini o’chirishda arzon va keng tarqalgan suv ishlatilinadi.Suv yuqori issiqlik sig’imiga (bug’ hosil qilish issiqlik 2258 Dj/kg), yuqori termik chidamlilikga (17000C yuqori), bug’ hosil bo’lishida hajm kengayishiga (1 kg suv bug’lanib 1700l bug’ hosil bo’ladi) ega. Suv yuqori elektr o’tkazuvchanlik hususiyatiga ega bo’lganligi uchun kuchlanish ostidagi elektr uskuna, jihozlar yong’inini o’chirishda qo’llanmaydi.
FUQARO MUHOFAZASI
Mamlakatimiz milliy davlat siyosatining asosiy yo’nalishlaridan biri aholii va xududlarni tabiiy va texnogen favqulotda vaziyatlardan muxofaza qilish, xavfsizlikni taominlash, barqaror iqtisodiy rivojlanishga erishishdan iboratdir. O’zbekiston Respublikasining birinchi Prezident I.A. Karimov shu masalaning dolzarbligini e’tiborga olib o’z «O’zbekiston XXI asr bo’sag’asida: xavfsizlikka taxdid, barqarorlik shartlari va taraqqiyot kafolatlari» nomli asarlarida «Siyosatimizning asl mohiyati aholi xavfsizligini taominlash, ularni turli ofatlar va favqulotda vaziyatlardan himoya qilishdir» deb takidlab o’tadilar. Shunday ekan favqulodda vaziyatlarni oldindan aniqlash va aholini bo’lishi mumkin bo’lgan xavfdan ogoxlantirish borasida samarali tadbirlar o’tkazish, favqulotda vaziyat yuz berganda tezkor harakat qilish, insonlarning qurbon bo’lishiga yo’l qo’ymaslik, iqtisodiy zararni kam bo’lishini, xavfsizlikni o’z vaqtida ta’minlash asosiy vazifalardan biridir
Fuqaro muxofazasi umumdavlat mudofaa ishlari tizimi bo’lib aholini va halq xo’jaligini tinchlik va harbiy holatlarda Favqulotda vaziyatlardan himoyalash maqsadida, shuningdek obektlarni barqarorligini oshirish tabiiy ofat, avariya kabi FV lar oldini olish, ular yuz berganda avariya-qutqaruv va boshqa kechiktirib bo’lmaydigan ishlarni amalga oshirish bilan shug’ullanadi.
Favqulotda vaziyatlar davlat tizimi (FVDT) – aholi va xududlarni favqulotda vaziyatlardan himoya qilish kuch-vositalari va muassasalarini birlashtiradi, hamda favqulotda vaziyatlarni oldini olish, oqibatlarini bartaraf etish chora-tadbirlarini ishlab chiqish va amalga oshirish, aholi xavfsizligini, hududlarni va davlat iqtisodiyotini xavfli zararlardan himoya qilishga mo’ljallangan davlat tizimidir.
Favqulotda vaziyat – muayyan xududda o’zidan so’ng odamlarning qurbon bo’lishi, ularning sog’ligi va atrof-muhitga zarar yetkazishi natijasida katta moliyaviy zararlarga olib keluvchi halokat, tabiiy ofatlar, epidemiya va boshqalardir.
FVDT ning asosiy vazifalari:
-Tinchlik va xarbiy davrlarda aholi va hududlarni Fvlardan himoya qilishning xuquqiy, iqtisodiy meoyoriy xujjatlarini ishlab chiqish va amalga oshirish;
-Respublikada yuzaga kelishi mumkin bo’lgan tabiiy va texnogen FVlarni prognoz qilish va oqibatlarini baholash.
-Har qanday sharoitlarda FVlarni bartaraf etish kuch vositalarini tayyorganrligini taominlash.
-FV sohasida davlat ekspertizasi nazoratini o’tkazish va tekshiruvini amalga oshirish, shuningdek ushbu sohada halqaro hamkorlik qilish. [17,18]
Loyihalanayotgan korhonada fuqaro himoyasi vazifalarini bajarish maqsadida shu obektning moddiy texnika bazasi negizida quyidagi bo’lim va xizmatlarni tashkil etilgan.
Umumiy aloqa xizmati;
Jamoat tinchligini saqlash (qo’riqlash) xizmati;
Yong’inga qarshi kurash bo’limi yoki xizmati;
Tibbiy xizmat;
Avariyaviy-texnik xizmat;
Moddiy texnik taominot xizmati;
Transport xizmati;
Radiasiya va kimyoviy unsurlardan saqlash xizmati va boshqalar.
Obektning alohida xususiyatlariga ko’ra boshqa bo’lim va xizmatlar ham tuzilishi mumkin. Xizmatlar soni obektning fuqaro himoyasi rahbari tomonidan belgilanadi. Obekt fuqaro himoyasi bo’limining asosiy vazifalaridan biri tinchlik va harbiy holatlarda turli yo’nalishdagi fuqaro himoyasi kuchlarini tuzish va qayta tayyorlashdir. Fuqaro himoyasi kuchlarining asosini shu obektlarning harbiy bo’lmagan shakllari tashkil qiladi. Fuqaro himoyasi kuchlarining tashkil qilinishi yaoni shaxsiy tarkib va ajratilgan texnik-jihozlar obektning ish faoliyatiga taosir ko’rsatmasligi kerak. Fuqaro himoyasi kuchlari maxsus dastur asosida qayta tayyorlanib, tegishli masalalarni bajarishda doim tayyor turadi.
O’zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 1998 yil 27 noyabrdagi 455-sonli qaroriga ko’ra FVlar quyidagicha tasniflanadi:
I. Texnogen tusdagi FV lar:
1. Temiryo’l, avtotransport va metropoliten bilan bog’liq avariya va halokatlar.
2. Yirik xavfli obektlar va ishlab chiqarish bilan bog’liq yong’in va portlashlar.
3. Energetika va kommunikasiya tizimlaridagi avariyalar.
4. Gidrotexnika avariyalari
5. Radioaktiv taosir natijasida yuzaga keladigan holatlar.
II. Tabiiy tusdagi FV lar:
1. Geologik xavfli hodisalar (zilzila, ko’chki, cho’kish va b.)
2. Gidrometereologik xavfli xodisalar (kuchli shamol, suv toshqini, sel va b.)
3. Favqulotda epidemiologik va epizootik holatlar (infeksion va virusli kasalliklar ommaviy tarqalishi va b.)
III. Ekologik tusli FVlar:
1. Litosfera – quruqlik holati o’zgarishi bilan yuzaga keladigan xavfli holatlar.
2. Atmosfera– xavo tarkibi o’zgarishi natijasida yuzaga keladigan holatlar.
3. Gidrosfera – suv resurslari tarkibi o’zgarishi, ularni chiqindilar bilan zararlanishi natijasida yuzaga keladigan holatlar.
Loyihalanayotgan korhonada oboektida taobiiy va texnogen tusdagi FV lar sodir bo’lishi mumkin. Tabiiy tusdagi FV lar: yer silkinishi yohud zilzila, kuchli shmol, bo’ron bo’lishi mumkin. Undan tashqari ishlab chiqarish bilan bog’liq texnogen tusdagi FV lar: yong’in, enrgetika va komunikatsiyadagi avariyalar sodir bo’lidhi mumkin.
Texnogen tusli Favqulotda vaziyatlarga ishlab chiqarish bilan bog’liq avariya, yong’in, portlash va boshqa halokatlar kiradi.
Avariya – mashina, mexanizm, kommunikasiyalarningishdan chiqishi, foydalanish tartibiga, xavfsizlik qoidalariga rioya qilmaslik, ishga layoqatsizlik va boshqa sabablar natijasida yuzaga keladigan favqulotda holat. Avariya natijasida ishchi xodimlar xayoti va salomatligiga taosir ko’rsatib, yong’in, portlash, elektr tutashuvlari va boshqa holatlarni keltirib chiqarishi mumkin.
Ishlab chiqarish korxonalaridagi yong’in, portlash kabi vaziyatlar yirik avariyalar xisoblanadi, chunki atmosfera havosiga kuchli ta’sirchan zaharli moddalar va raadiasiya nuralanishi kabi og’ir oqibatlarga olib kelishi mumkin.



Download 484 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling