Mavzu: analitik kimyoda qo’llaniladigan ionalmashinuvchi membranalar


Ionalmashinuvchi membranalar sintezi, xossalari va qo‘llanilishi


Download 1.25 Mb.
bet4/7
Sana17.06.2023
Hajmi1.25 Mb.
#1545368
1   2   3   4   5   6   7
Bog'liq
GULSHAN

1.3. Ionalmashinuvchi membranalar sintezi, xossalari va qo‘llanilishi

  • Umumiy ta’rifga ko‘ra, membrana - bu turli xil harakatlanuvchi kuchlar ta’sirida moddalarning ikki fazasi o‘rtasida massa almashinuvi sodir bo‘ladigan qismga aytiladi.
  • Kelib chiqishi bo‘yicha membranalar tabiiy va sintetik turlarga bo‘linadi hamda ular o‘z navbatida organik va noorganik xisoblanadi. Ishlab chiqarish usullariga ko‘ra sintetik ion almashinadigan membranalar polimerizatsiya, polikondensatsiya, kimyoviy ishlov berilgan inert plyonkalar (faollashtirilgan membranalar)ga bo‘linadi. Strukturaviy xususiyatiga ko‘ra ion almashinadigan membranalar quyidagilarga bo‘linadi: geterogen - ion almashinuvchi - fazasi uzluksiz; bir hil ion almashinuvchi - fazasi uzluksiz; turli elektr o‘tkazuvchan, kompozit yoki assimetrik membranalarga bo‘linadi. Bundan tashqari nozik g‘ovak faol qatlam va mexanik mustahkamlikni ta’minlovchi qo‘pol g‘ovak asos (substrat) tomonidan hosil qilingan ikki qatlamli struktura, bir xildan mustaqil guruhga ajratilgan payvandlangan membranalar va boshqalarga xam bo‘linadi.

II-BOB. TAJRIBAVIY QISM

2.1. Ionalmashinuvchi membranalarning to’la yutilish hajmini aniqlash.

  • Membrana namunasi yuzasidan ortiqcha namlik filtr qog‘ozi bilan olib shimdirib olib tashlandi. Shundan so‘ng membrananing quruq modda bo‘yicha 0,0002 g aniqlik bilan tortilgan 1 g miqdoridagi tortilgan qismi 250 ml tekis tubli kolbadagi 100 ml 0,1 n HCl eritmasiga quyiladi va tiqin bilan mahkam yopiladi. Muvozanat o‘rnatilgandan keyin (24 soat) 25 ml filtrat 0,1 n NaOH eritmasi bilan uch tomchi aralash indikator ishtirokida ko‘k rang yashil rangga aylanguncha titrlanadi. Ion almashinuvchi membranalarning CAX qiymati quyidagi formula bo‘yicha hisoblanadi:
  • Bu yerda V- titrlash uchun sarflangan 0,1 n li NaOH eritmasining hajmi, ml; g- ionalmashinuvchi membrananing og‘irligi, g.
  •  

2.2. Bo’kish vaqtida membrana o’lchamini o’zgarishini aniqlash.

  • Membrana bo‘lagidan 40x40 o‘lchamdagi uchta namuna kesib olinadi. Har bir namuna kvadratning yon tomonlariga parallel ravishda ikkita o‘zaro perpendikulyar yo‘nalishda o‘rtada 1 mm dan ko‘p bo‘lmagan xato bilan o‘lchandi. 0,02 mm dan ortiq bo‘lmagan xato bilan o‘rtadagi burchaklardagi besh nuqta mikrometr bilan o‘lchanadi. Natija beshta qalinlikni aniqlashning o‘rtacha qiymati sifatida qabul qilinadi. Namunalar 0,01 n HCl eritmasida bo‘kishi uchun qoldirildi va namunalarning o‘lchamlari va qalinligi o‘lchagich asbob bilan o‘lchandi. Uzunlik (l) va qalinligi (d) bo‘yicha bo‘kish vaqtida membranalar o‘lchamlarining foizda o‘zgarishi quyidagi formulalar yordamida hisoblab chiqilgan:
  • Bu yerda l1- boshlang‘ich namunaning chiziqli o‘lchamlari, mm; l2- bo‘kkan namunaning chiziqli o‘lchamlari, mm; d1- boshlang‘ich namunaning qalinligi, mm; d2- bo‘kkan namunaning qalinligi, mm.
  •  

Download 1.25 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling