Mavzu: Aniq fanlarni olib borishda qo’llaniladigan kreativ metodlar tahlili. Reja
Download 0.79 Mb.
|
Mustaqil ish-1
- Bu sahifa navigatsiya:
- Og’zaki metodlar
- Ta’lim metodlarini o’quv materiallarini uzatish va idrok etish manbalari bo’yicha guruhlari
2.Kreativ metodlar tahlili.
Ta`lim metodi deganda ta’lim beruvchi va ta’lim oluvchilarning birgalikdagi faoliyat yo’llari tushuniladi. Bularning yordamida ta’lim oluvchilar bilim, ko’nikma, malaka, kasbiy mahoratlarni egallashga erishadilar, aqliy va jismoniy kuch va ijodiy qobiliyat rivojlanadi. Pedagogikada ta`lim metodlarini tasniflanishiga va belgilashga bir xil yondashuv mavjud emas. “Ta`lim metodi” tushunchasining mazmunini ochish to’g’risida munozaralar hozirgi vaqtda ham davom etib kelmoqda. Ba`zi olimlar metodni belgilashda bilish manbalarining xususiyatlarini asosiy deb hisoblaydilar, boshqalari ta’lim oluvchilarning tafakkuridagi ijodiy faollik va mustaqillik, ba’zi olimlar esa ta’lim oluvchilar faoliyatida ta`limning turli bosqichlaridagi tavsifini muhim deb hisoblaydilar. Ta’lim metodlari o’quv jarayonining amalga oshirish, ya’ni o’qitish va o’qish metodlari bo’lganligidan, har bir metodga o’qituvchi faoliyati va talabalar faoliyati nuqtai nazaridan qarash lozim. Shuning uchun ham, ta’lim metodlarini o’quv materiallarini uzatish va idrok etish manbalari bo’yicha quyidagicha guruhlash mumkin Ta’lim metodlarining tasniflanishi Og’zaki metodlar: Agar talabalar asosiy o’quv axborotini o’qituvchining o’quv mulohazalari va isbotlari jarayonida yoki darslik mavzulari asosida olsalar, bunday metodlar og’zaki metodlar jumlasiga kiradi (tushuntirish, hikoya, suhbat va h.k.). Og’zaki metodlarga o’quv materialining o’qituvchi tomonidan og’zaki bayon qilinishiga, hikoya, tushuntirish, suhbat ta’lim oluvchilarning texnik adabiyoti bilan mustaqil ishlashi yozma instruktsiya berish, ovoz yozuvchi televidenie kabilar kiradi. Ta’lim metodlarini o’quv materiallarini uzatish va idrok etish manbalari bo’yicha guruhlari Talabalarga o’quv materialini bildirishning asosiy metodlaridan biri so’zlab berish, tushuntirish, ma’ruzani o’z ichiga oladigan og’zaki bayon etishdir. Bularning hammasida ta’lim berishning faqat bir vositasidan - o’qituvchi so’zidan foydalaniladi. So’zlab berish o’quv materialini hikoya tarzida bayon etishni ko’zda tutadi. Bu metod o’quv materiali, asosan, tavsifiy xarakterda bo’lib, mantiqiy izchilligi bilan farq qiladigan hollarda qo’llaniladi. So’zlab berish yordamida, odatda, kirish mavzulari, mashina va mexanizmlarning umumiy tuzilishi, materiallarning xossalari va ishlatilishi, ishlab chiqarishning umumiy texnologiyasi masalalari va shu kabilar bayon etiladi. Tushuntirish o’quv materialini og’zaki bayon etishni ko’zda tutadi. Tushuntirish jarayonida o’qituvchi solishtirish, taqqoslash, deduktsiya, induktsiya, 107 asoslash, qonuniyatlar chiqarish, masalalar echish va shu kabilardan foydalanadi. Tushuntirish, asosan, xususiy va konkret ma’lumotlarni bildirishda qo’llaniladi. O’qituvchilarning ish tajribasidan so’zlab berish va tushuntirish sof holda kamdankam uchraydi, ular ko’pincha so’zlab berish-tushuntirishdan iborat bo’lgan kompleks metod tarzida qo’llaniladi. Ma’ruza, so’zlab berish va tushuntirishdan farqli o’laroq, ancha aniq tuzilgan bo’ladi. Ma’ruzalar, odatda, o’quv dasturining yirik, muhim masalalari yuzasidan o’qiladi. Ma’ruzada o’quv materiali yaxlit va izchillik bilan bayon etiladi, o’zaro bog’langan tushunchalar, qonuniyatlar tizimi ochib beriladi, kursning turli mavzulari orasida ichki bog’lanishlar o’rnatiladi. Kirish ma’ruzalari, sharh ma’ruzalar, rukn ma’ruzalar va xotima ma’ruzalar bo’ladi. Ma’ruza so’zlab berishga qaraganda uzoq davom etadi (u, odatda, butun darsga mo’ljallanadi) va talabalarning yozib borishini (konspekt tuzishini) ko’zda tutadi. Ma’ruzani eshitish so’zlab berishni eshitishga qaraganda qiyinroq, chunki ko’proq diqqat-e’tiborni talab etadi. Ma’ruzalar, odatda, oliy ta’lim muassasalaridagi ta’lim jarayonida qo’llaniladi. Og’zaki metodlarni qo’llash jarayonida ko’rgazmali qurollardan ham foydalanish mumkin. Ammo ular yordamchi rol o’ynaydilar. Og’zaki metodlardan foydalanishning muvaffaqiyat ko’rsatkichlari - talabalarning yangi bilimlarni eslab qolishlari va takror aytib bera olishlaridir. Og’zaki metodlarda talabalar o’qituvchi mulohazalari jarayonini takrorlaydilar, unga taqlid qiladilar. Talaba o’qituvchining tushuntira olish mantiqiga qanchalik yaqinlashsa, materialni shunchalik muvaffaqiyatliroq o’zlashtiradi. Og’zaki metodlardan yangi materialni o’rganish paytida foydalaniladi va bu o’rganish fanlarni egallashning boshqa usullari bilan qo’shib olib borilsagina ular ta’limda yaxshi samara beradi. Download 0.79 Mb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling