Mavzu: Aniq integralni shakllarning yuzlari va hajmlarini hisoblashga, fizikaviy va texnikaviy masalalarni hisoblashga qo`llash
Download 207.08 Kb.
|
9 sinf geometrik progressiya dastlab
Darsning borishi:I. Tashkiliy qism: “Milliy dastur ravnaqi – kelajak poydevori” reklama roligi orqali psixologik iqlim yaratish, o`quvchilarning darsga tayyorgarligini tekshirish.Dars rejasi:
Payg’ambarimiz Muhammad (s.a.v.)ning muborak hadislaridan biri : “ Ilm –sahroda do’st, hayot chorrahalarida – tayanch, yolg’iz damlarda – yo’ldosh, bahtiyor daqiqalarda – rahbar, qayg’uli damlarda madadkor, odamlar orasida – zebu ziynat, dushmanga qarshi kurashda – quroldir. Bu so’zlar bilan o’qituvchi o’quvchilarni ilmu marifatga da`vat etadi. II. K i r i s h: Matematika (riyoziyot) g`oyat bir yuksak fanki, unda bir olam mo`jiza yotadi. (Mirzo Ulug`bek) Musiqa qalb tushunchasi bo`lsa, matematika miya musiqasidir (N. G. Chernishevskiy) Mamlakatimizda ta`lim islohotlari jadal rivojlanib borayotgan bir davrda, bugungi darsimizni “Dars muqaddas” tavsiyasi asosida “O`rgan-o`rgat” usulida olib boramiz. Shu o`rinda xalqimizning bir pirma`no naqli yodimizga tushadi. “Shunday insonlar borki, biladi, bilishini ham biladi, undan o`rganmoq kerak. Yana shundaylar borki, bilmaydi, bilmasligini ham biladi, u qobil insondir, unga o`rgatmoq kerak. Uchinchi toifadagilar esa bilmaydi, bilmasligini ham bilmaydi, u uyqudadir, uni uyg`otmoq kerak”. Bu naqliga amal qilib, darsimizni kichik guruhlarga bo`lib, guruhlarni “Al-Xorazmiy” va “Beruniy” guruhlari deb nomlaymiz. O`tilgan mavzuni mustahkamlash uchun xotira mashqidan foydalanib, guruhlarga savollar beriladi va natijalar rag’bat va jarima kartochkalari bilan baholanadi. Download 207.08 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling