Mavzu: Antibiotiklar ishlab chiqarish texnologiyasi Reja
Download 68.21 Kb.
|
Antibiotiklar ishlab chiqarish
- Bu sahifa navigatsiya:
- Basitrasin ishlab chiqarish.
Qishloq xoʻjaligida – antibiotiklar avvalom bor, veterenariyada qishloq xoʻjalik hayvonlarini oʻstirish va ularni turli xil kasalliklarini davolashda preparatlar sifatida qoʻllaniladi. Bu sohada ular tibbiyotdagi kabi juda samarali vosita hisoblanadi.
Tetrasiklinlar ishlab chiqarish. Tetrasiklinlar ham medisinada, ham oziqa preparatlari ishlab chiqarishda keng qoʻllaniladi. Ular orasida qishloq xoʻjaligi uchun 7-xlortetrasiklin (1) va 8 - oksitetrasiklin (2) asosida bir qator preparatlar sanoat miqyosida ishlab chiqariladi. Xlortetrasiklinning sanoatdagi produsenti sifatida Actinomyces aurefasiens zamburugʻi, oksitetrasiklinniki esa – Actinomyces rimosus hisoblanadi. Sanoat miqyosida 1 kg preparatda 20, 40, 80 g toza holdagi antibiotik, 3, 5, 8 mkg B12 vitamini boʻlgan biovit-20, biovit-40, biovit-80 turidagi xlorotetrasiklin oziqa preparatlari ishlab chiqarilmoqda. Bundan tashqari preparatda mikroelementlar, yogʻlar, oqsillar va mineral tuzlar bor. Agar rasiondagi 1 t oziqaga 15-20 g antibiotikli biovit qoʻshilsa hayvonlar ogʻirligining oʻsishi 30% gacha oshadi, oziqa sarflanishi esa oʻrtacha 5-10% ga kamayadi. Preparatlar qishloq xoʻjaligi hayvonlari va parrandachilikda oʻstiruvchi stimulyatorlar sifatida qoʻllanilib, ularning yaxshi oʻsib rivojlanishi va oshqozon-ichak yoʻllari va oʻpka kasalliklari oldini oluvchi profilaktik vositalar uchun ishlatiladi. Oksitetrasiklin chorvachilik uchun terravit-P (eruvchan) va terravit-K (oziqa) terravit-10, terravit-50 preparatlari malla rangdagi achchiq taʻmdagi kukun boʻlib, 1 kg preparatda 10, 50 g toza holdagi antibiotik bor. 1 t oziqaga 15-20 g antibiotikli preparat qoʻshilsa hayvonni ogʻirligi 10-15% ga oshib, shu miqdorda oziqa sarfi kamayadi. Basitrasin ishlab chiqarish. Basilixinlar deb nomlanuvchi basitrasin oziqa preparati Bac. licheniformis mikroorganizmini sun’iy oʻstirish yoʻli bilan olinib, suyuq oziqa muhitining quritilgani boʻlib, sinkbasitrasinlar va har xil biologik faol moddalardan tashkil topgan. Basitrasinlar polipeptid antibiotiklar boʻlib, ular orasidan 10 ta individual formalar ajratilgan: A, A1, B, S, D, E, F1, F2, F3 va G. Basitrasinlar asosidagi tayyor preparat 37 % gacha basitrasin A dan iborat boʻladi. Basitrasin oziqa preparatlari 1 kg preparatda 10, 20, 30 g toza holdagi antibiotikning ruxli tuzi boʻlgan basilixin-10, basilixin-20, basilixin-30 nomlari bilan ishlab chiqariladi. Tayyor preparat achchiq taʻmli, kulrang-oq rangdan och-malla ranggacha boʻlgan kukundir. Download 68.21 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling