Mavzu: Antivirus. Xavfsizlikka taxdidlar. Antivirus dasturlari bilan ishlash Kompyuter viruslari haqida umumiy tushunchalar


Download 387.63 Kb.
Pdf ko'rish
bet7/11
Sana14.03.2023
Hajmi387.63 Kb.
#1268454
1   2   3   4   5   6   7   8   9   10   11
Bog'liq
5-dars Antiviruslar

F-Prot Professional 
Bu dastur viruslarni yaxshi aniqlaydi, keng sozlash imkoniyatiga ega, 
viruslarni aniqlaganda elektron aloqa orqali xabar beradi. Dastur kamchiligi yangi 
vesriyalar bilan almashtirishda parolni zarurligi va dasturni qaytadan o`rnatish 
zarurligidir. Viruslarni aniqlash bo`yicha o`tkazilgan testda 99 % viruslarni 
aniqladi, lekin ulardan 78 % ni uchira oldi. Bu dastur paketida doimiy tekshiruvda 
qaysi disklar , papkalar va fayllar bo`lishi yoki bo`lmasligi imkoniyatlari mavjud. 
Bu esa vaqtdan yutadi ya’ni avval tekshirilgan fayllarni tashlab o`tishi xisobiga. 
IBM AntiVirus v.2.5. 
Viruslarni aniqlashda katta imkoniyatga ega bo’lib, 1 ta paketda turli 
operastiey sistemalar bilan ishlash versiyalari mavjud. Dastur kamligi virusni 
uchirishda konservativ (eskicha) usuldan foydalanishi. Viruslarni yangi tipini 
aniqlashda zamonaviy texnologiyadan foydalaniladi. Paket narxi 49 % bo’lib, 
«yovvoyi» viruslarni yaxshi aniqlaydi va yo`q qiladi. 
IBM AntiVirus virus dasturi agarda zararlangan fayl virus uchirishda buzilib 
ketsa , u xolda bu virusni uchirmaydi. Bunday ҳolatda zararlangan fayl umuman 
uchiriladi va faylni rezerv nusxasidan qaytadan yuklanadi. IBM AntiVirus dasturi 
shunday ishlash xisobiga «yovvoyi» viruslarni 32 % ni uchira oladi. Ammo boshqa 


dasturlar kabi , IBM AntiVirus dasturi yuklovchi sektorni zaralantiruvchi viruslarni 
100 % uchiradi. Afzalligi: yangi versiyalar o`rnatish uchun zarur fayllar IBM WEB 
- server orqali olish mumkin va ularni o`rnatish uchun dastur keng imkoniyatli 
menyuga ega. Bu dastur paketida Windows 95, 3.x , DOS va OS / 2 sistemalar 
uchun versiyalar mavjud. ENTERPRISE EDITION ishbilarmonlari uchun dastur 
paketida Windows NT sistema uchun versiyasi xam mavjud. 
Me Afee VirusScan for Windows 95 
Viruslarni yaxshi yo`q qiladi, turli operatsion sistemalar bilan ishlay oladi, 
eng arzon dastur. Kamchiligi: viruslarni yaxshi aniqlay olmasligi va yangi 
versiyalar uchun qo`shimcha haq to`lanishi. Me Afee VirusScan - mashxur 
antivirus paketlaridan biri xisoblanadi. O`tkazilgan test natijalariga ko`ra Symantec 
firmasining Norton Anti Virus dasturi 13 ta makroviruslarni ushladi, McAfee 
VirusScan 12 ta makrovirus ushladi, 1ta ya’ni Imposter nomli kam uchraydigan 
virusni ushlay olmadi. Virus Scan dasturi faylli viruslarni «yovvoyi» turlarini qiyin 
aniqlaydi. Tekshiruv natjalariga ko`ra dastur faylli viruslarni 93 % ni aniqladi. 
Agarda bu dastur effektivligi yuqori bo`lganda edi, u yaxshi paket xisoblanar edi. 
Dasturni oson va tez sistema parametrlariga moslashtirib o`rnatish mumkin, bunda 
dastur parametrlarini o`z ixtyoringizga ko`ra o`zgartirishingiz mumkin. 
Virus Scan narxi 45$ bo’lib, Windows 95, 3.x va NT , DOS va OS / 2 asosiy 
operastion sistemalar uchun versiyalari mavjud. Ammo dasturni imkoniyatlarin 
kengaytirish uchun qo`shimcha hak to`lash kerak. Ma’lumotlar bazalarini 
yangilangan versiyalarni WEB da ishlatish mumkin, lekin McAfee WEB - 
saxifasiga ko`ra yangi versiyalarni kompaniya texnik ta’minotini xam olish sharti 
bilan ishlatish mumkin. Qayd qilingan foydalanuvchilar birinchi navbatda uch oy 
davomida bir marta yangi versiyani bepul olishi mumkin. Shundan sung 49 $ ga 
bir yilga tuzilgan shartnoma asosida cheklanmagan miqdorda dastur yangi 
versiyalarni va viruslarni yangi belgilarini , xamda doimiy telefon maslaxatlarini 
olish mumkin. 

Download 387.63 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   10   11




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling