Mavzu: antropogenez. Irqlar va ularning birligi
Download 127.93 Kb. Pdf ko'rish
|
Neandertal
Neandertallar tafakkuri ancha rivoj topganligini ular yasagan qurollardan bilish mumkin. Topilgan qurollarda sinantroplarning oddiy qurollariga qaraganda ancha pishiq ishlov berilganligini ko‘rsatuvchi izlar saqlanib qolgan. Tosh qurollar orasida ayniqsa uchi qirrali tosh qurol, dastali chopqi, qirg‘ichlar ko‘p uchraydi. SHubhasiz, neandertallar xuddi sinantroplarga o‘xshash tosh qurollardan tashqari, yog‘och, so‘yil, nayza kabilarni ham ishlatgan. Jamoa bo‘lib yashash neandertallar haYotida hal qiluvchi ahamiyatga ega bo‘lgan. Yashash uchun kurashda yaxshi ov qiladigan va o‘zini oziq bilan ta’minlaydigan jamoalar g‘olib kelgan. Chamasi, ularning yosh va voyaga etganlari o‘rtasida o‘lim kam bo‘lgan. Albatta, jamoa afzalligiga nisbatan ayrim shaxsning afzalligi juda kam. Lekin jamoa yashab qolishi uni tashkil etuvchi individlarning foydali sifatlariga bog‘liq bo‘lgan. Tabiiy tanlanish tufayli paleantroplarda jamoa uchun foydali xossalar takomillasha borgan. Bundan taxminan 40000 yil ilgari yashash uchun kurashda paleantroplar mag‘lubiyatga uchrab, ularga nisbatan progressiv bo‘lgan Homo erectus ning ikkinchi tarmog‘i neantroplar yashash uchun kurashda ulardan g‘olib kelgan. Neoantroplar. Hozirgi zamon qiYofasidagi odamlarning suyak qoldiqlari dastlab Fransiya, Nil, Kromanon g‘oridan topilgan. Yuqoridagi dalilarga asoslanib XX asrning 60 yillariga qadar ko‘pchilik antropologlarning odamning dastlabki vakili Yevropa va bundan tahminan 90-40 ming yillar oldin paydo bo‘lgan degan fikrni quvvatlar edilar. Lekin XX asrning 70-80 yilarida Afrikada topilma odam suyaklari bunday fikr xaqiqatdan yirik ekanligini ko‘rsatadi. Xabashistonning OMO daryo vodiysida topilma odam kalla suyak qoldiqlari tuzilishi hozirgi odamlarga juda yaqin ekanligini ko‘rsatadi. Lekin XX asrning 70-80 yillarida Xabashistonning OMO daryo vodiysi yaqin 100-150 ming er yotqiziqlarida topilgan odam kalla suyak tuzilishi ko‘p jihatdan hozirgi zamon tipidagi odamlarga o‘xshash ekanligini ko‘rsatadi. Keyinchalik shunga o‘xshash kalla suyaklari Tanzaniya davlatining Mumba g‘oridan ham topilgan. Yuqoridagi antropologik dalillarga suyanib hozirgi paytda Neoantroplarning dastlabki vakili Janubiy Afrika. Bu yerlarda hozirgi zamon qiyofasidagi odamlar taxminan 13 xatto 200 mln yil oldin paydo bo‘lganlar degan fikr mulohazalar ko‘pchilik antropologlar tomonidan e’tirof etilgan. Isroil, Kafzex va Sxul g‘orlarida neandertal va hozirgi zamon qiyofasidagi odam skeletlari bundan 70-100 ming yillarga teng. Binobarin yaqin Sharqda hozirgi zamon qiyofasidagi odamlar bundan 100 ming yil avval paydo bo‘lgan, keyinchalik ular o‘z o‘rnini yevropani shimolidan kelgan neondrtallarga bo‘shatib bergan. Faqat so‘ngi 40 ming yil ilgari hozirgi zamon qiyofasidagi odamlar yaqin Sharq va tarqala boshlaganlar va yashash uchun kurashda neandertallar ustidan g‘olib kelganlar. Shunday qilib, keyingi antropologik materiallarga qoldiqlari hozirgi zamon qiyofasidagi odamlar Homo sapienes neandertallardan kelib chiqishiga ularning har ikkisiga Homo erectus avlodi hisoblanadi. Bundan taxminan 100000 yillar Afrika va Sharqiy Osiyoda paydo bo‘lgan. Dastlabki hozirgi zamon qiyofasidagi odamlar chaylalarda, yerto‘lalarda yashagan, it, cho‘chqa, qo‘y va boshqa uy hayvonlarini asragan. Ular hayvonlarni ovlashda juda murakkab va xilma-xil usullardan foydalangan, yaxshigina uy-joy qurgan, nafis qurollar yasagan, tasviriy san’atni bilgan. Kromanon odamlari yashagan qarorgohlardan ibtidoiy ninalar topilishi ular hayvonlar terisidan o‘ziga kiyim tayyorlaganligini bildiradi. Kiyim tikish va uy-joy tayyorlash orqali odamning iqlim sharoitiga tobeligi tobora kamaya boshlagan. Odamning tarixiy rivojlanishida biologik qonunlar asta-sekin ijtimoiy qonunlar bilan o‘rin almashgan. Chunki odam barcha tirik organizmlarga o‘xshash o‘sib rivojlansa ham, biroq jamiyatdan tashqarida uning haqiqiy inson bo‘lib etishishi mumkin emas. Jamiyat va mehnat faoliyati odamning tarixiy rivojlanishida hal qiluvchi rol o‘ynagan. Binobarin, odamda biologik irsiyat bilan bir qatorda, sotsial programmaga ega bo‘lgan irsiylanish ham bor. Uning yordamida an’ana, madaniyat, fan, bilimlar kelgusi bo‘g‘inga beriladi. Binobarin, odamning individual rivojlanishida orttirilgan tajriba bilan yo‘qolib ketmaydi, balki umumiy insoniyat madaniyatiga qo‘shiladi. Irsiyatning bu tipini M.E. Lobashev «signal irsiylanish» deb nomlagan. Hayvonlar tevarak-atrofdagi voqea-hodisalarni sezish orqali biladi. Bu Pavlov iborasi bilan aytganda, birinchi signal sistemasidir. U odamda ham mavjud, lekin odam tashqi muhitdagi voqea-xodisalarni asosan ikkinchi signal sistemasi - nutq orqali biladi. Odam signal irsiylanishga ega bo‘lishi va u orqali xilma-xil ilmiy-texnika va madaniyatga oid axborotlarni o‘zlashtiradi. Odam yer yuzasining turli iqlim sharoitida yashaydi. Chunki u ana shu sharoitga faqat jismonan moslashmay, balki noqulay sharoitga qarama-qarshi vositalar ham ixtiro qilgan. Fan va madaniyat rivojlanishi bilan odam o‘zi uchun sun’iy muhit vujudga keltirgan. Shunga ko‘ra, 40000 yildan beri hozirgi zamon tipidagi odamlar o‘zining kompleks biomorfologik belgi xususiyatlarini saqlab kelmoqda. Odam evolutsiyasidagi eng katta muvaffaqiyatlardan biri yovvoyi hayvonlar va o‘simliklarni xonakilashtirish - neolitik revolutsiyadir. Bu revolutsiyaga qadar odam oziq va kiyim-kechak topishda tabiatga butunlay qaram bo‘lgan. Dastlabki xonakilashtirilgan hayvonlar, o‘simliklar tufayli bu qaramlikka barham berilgan. Download 127.93 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling