Mavzu: antropogenez. Irqlar va ularning birligi
Odamning dastlabki vatani
Download 127.93 Kb. Pdf ko'rish
|
- Bu sahifa navigatsiya:
- Irqlarning paydo bo‘lishi
Odamning dastlabki vatani
Odamsimon maymunlar eng oldin yer yuzasining qaysi qismida odamga aylangan, degan muammo olimlar diqqatini o‘ziga tortib kelmoqda. Darvin paleontologik qazilmalar hamda odamsimon maymunlar - gorilla, shimpanzening Afrikada yashayotganligini e’tiborga olib, odamning dastlabki vatani, ehtimol, Afrikaning shimoli bo‘lgandir, degan edi. Keyinchalik esa dastlabki odamlar Janubiy Osiyoda yoki G‘arbiy yevropada paydo bo‘lgan, degan fikrlar ilgari surildi. Odamning dastlabki vatanini aniqlashda, albatta, ma’lum paleontologik dalillarga asoslaniladi. Shu nuqtai nazardan olganda, Avstraliya qit’asi odamning dastlabki vatani bo‘la olmaydi. Chunki, yuksak sutemizuvchilar, ya’ni yo‘ldoshlilar ilgari ham, hozir ham topilmagan. Amerika qit’asi ham odamning dastlabki vatani bo‘lishi ehtimoldan uzoq. Chunki Shimoliy va Janubiy Amerikada tor burunli maymunlar yashaganligini isbotlovchi birorta dalil yo‘q. Qadimgi odamlar qoldiqlarini Yevropa yoki Osiyoning shimoliy qismidan qidirish ham hech qanday natija bermadi. Chunki hozir ham, qadim zamonda ham maymunlar tropik iqlimga ega issiq mamlakatlarda yashagan. Hozir Afrikada va Janubiy Osiyoda odamsimon maymunlar yashaydi. Qayd qilingan territoriyalarda yuksak darajada tuzilgan odamsimon maymunlar hamda qadimgi odamlarning qazilma holdagi suyak qoldiqlari ko‘plab uchraydi. Chamasi, odamsimon maymunlarning odamga aylanish jarayoni Janubiy Osiyo va Afrikada, Janubiy yevropaning ko‘p qismini qamrab olgan katta territoriyada amalga oshgan. Bu katta territoriyada, aftidan, odamsimon maymunlarning bir turi yashab, ulardan eng qadimgi odamlar paydo bo‘lib, ular keyinchalik yer yuzasining turli qismlariga tarqalgan bo‘lishi mumkin. Irqlarning paydo bo‘lishi Hozirgi vaqtda yer yuzasida 6,5 milliarddan ortiq odam yashaydi. Uning hammasi bitta Homo sapiens turiga kiradi. Insoniyatning bu birligi uning kelib chiqishi, rivojlanishi, umumiyligiga, turli irqlarga mansub odamlarning bir-biri bilan cheksiz ravishda qo‘shilish qobiliyatiga, shuningdek, barcha irq vakillarining jismonan va aql-idrok rivoji amalda bir daraja ekanligiga asoslanadi. Bularning hammasi odamning kelib chiqishi monofiletik xarakterga ega ekanligidan dalolat beradi. Aqlli odam turi uchta katta irqqa — avstralo-negroid (ekvatorial), evropoid va mongoloid (osiyo-amerika) irqlariga bo‘linadi. Negroid irqi vakillarining terisi qora, to‘q jigar rang, sochi qora, jingalak, burni puchuqroq, keng, lablari qalin. Mongoloid, ya’ni osiyo-amerika irqi vakillarining terisi bug‘doy rang yoki tiniqroq, qirg‘iz qovoq, sochi to‘g‘ri va qattiq, soqol va mo‘ylovlari kam yoki rivojlanmagan, yonoqlari bo‘rtib chiqqan, lab va burunlari o‘rtacha qalinlikda, bodom qovoq bo‘ladi. Yevropoid irqiga mansub odamlar terisining rangi oqish, sochi yumshoq va to‘g‘ri, sersoqol, sermo‘ylov, burunlaritor, lablari yupqa bo‘ladi. Nima sababdan kishilar o‘rtasida bunday farqlar paydo bo‘lgan? Irqlarning kelib chiqishi juda murakkab tarixiy jarayondir. Y. Roginskiy fikriga ko‘ra, hozirgi zamon odami shakllanish jarayonida, ya’ni 100 ming yil oldin, Janubiy Osiyo va unga qo‘shni Shimoliy Afrika, Janubiy Yevropada ikki irq — janubi-g‘arbiy, shimoli-sharqiy irqlar paydo bo‘lgan. Birinchi tarmoq keyinchalik yevropoid va negroid irqlarining, ikkinchisi esa mongoloid irqining kelib chiqishiga sabab bo‘lgan. Odam irqlariVavilov N. I. 1927 yili organizmlarning yangi formalari paydo bo‘lgan markazdan retsessiv genlarning chetga chiqish qonunini kashf etdi. Bu qonunga muvofiq, tur tarqalgan areal markazida dominant belgilarga ega bo‘lgan formalar xukmronlik qilib, uning atrofini retsessiv genlarga ega bo‘lgan geterozigota formalar o‘rab turadi. Arealning eng chekka qismini esa retsessiv belgilari gomozigota holatda bo‘lgan formalar ishg‘ol qiladi. Mazkur qonun Vavilovning antropologik kuzatuvlari bilan uzviy bog‘liqdir. U boshliq ekspeditsiya 1924 yili Afg‘onistonning 3500—4000 m balandlikda joylashgan Kofiriston (Nuriston) da ajoyib voqeaning shohidi bo‘lgan.Ular Shimoliy — tog‘lik joylarda yashovchi kishilarning ko‘pchiligi ko‘kko‘z ekanligini aniqlashgan.O‘sha davrdagi hukmron farazga ko‘ra, shimoliy irqlar qadim zamonlardan keng tarqalgan va u erlar madaniyat o‘chog‘i hisoblangan. Vavilov bu farazni tarixiy-etnografik va lingvistik dalillar bilan isbotlab bo‘lmasligini tushuntiradi. Uning fikriga ko‘ra, nuristonliklar ko‘kko‘z bo‘lishi retsessiv genlar arealning chekkasiga surilishi qonunning aniq ko‘rinishidir. Bu qonunni keyinchalik Chebaksarov Skandinaviya yarim orolida yashovchi aholi misolida yanada ishonchliroq qilib isbotlab berdi. Irqchilik va uning asossizligi. Irqiy farq iqlim, fizik, geografik muhit, ijtimoiy-iqtisodiy sharoitning kompleks ta’siri tufayli kelib chikqan. Biroq ko‘pchilik burjua mamlakatlarida imperialistik urushlarni, mustamlakachilik siyosatini, kishilar o‘rtasidagi ishsizlikni himoya qilish maqsadida irqiy nazariyalar yaratilgan. XVIII asrdayoq nemis tarixchilaridan Meyners kavkaz irqi mongol irqidan, kelt irqi slavyan irqidan yuqori turadi, deb aytgan edi. XIX asrda Gobino oq irqlarni barcha irqlardan yuqori qo‘yadi. Xuddi shunday irqchilardan Lens, Gyunterlar shimoliy Evropa irqlarini iste’dodli, kishilar jamiyatinnng barcha madaniy meroslarini yaratgan irq, deb ko‘klarga ko‘tarib maqtaydi. Irqchilik ikkinchi jahon urushidan oldin gitlerchilar Germaniyasida, Italiyada, Yaponiyada keng tarqaldi. Bu bilan ular jahonni qayta bo‘lish, o‘zga xalqlarni qul qilish g‘oyalarini yashirishga urindilar. Hozirgi vaqtda irqchilik Amerika Qo‘shma Shtatlarida, Janubiy Afrika Respublikasida avj olgan. Irqchilar xalqlarni oliy va quyi irqlarga bo‘ladilar. Oliy irqlar iqtisodiy, madaniy jihatdan yuqori, quyi irqlar past, shunga ko‘ra, ularning kelib chiqishi ham boshqa-boshqa — polifiletik harakterga ega emish. Irqchilar Yevropoid irqi neandertaldan, mongoloid irqi sinantropdan, negroid irqi avstralopitekdan tarqalgan deb kishilarni ishontirmoqchi bo‘ladilar. Irqlar to‘g‘risida so‘z borar ekan, shuni e’tiborga olish kerakki, irqiy farq juda kam bo‘lib, ular ikkinchi darajali belgilar hisoblanadi va odam tanasining barcha tuzilishiga xos emas. Yevropoid, mongoloid va negroid irqlariga mansub odamlar tashqi qiyofasi bilan bir-biridan farq qilsa ham, turmush qurib, normal nasl beradi. Download 127.93 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling