Mavzu: antropogenez. Irqlar va ularning birligi


Odamning rudiment organlari


Download 127.93 Kb.
Pdf ko'rish
bet2/7
Sana02.06.2024
Hajmi127.93 Kb.
#1834177
1   2   3   4   5   6   7
Odamning rudiment organlari 
Yuqorida rudiment organlardan ba’zilarinigina misol qilib keltirdik, xolos. 
Tekshirishlardan ma’lum bo‘lishicha, rudiment organlar katta yoshdagi odamga 


nisbatan embrion davrida ko‘proq bo‘ladi. Odamning hayvonot olamidan kelib 
chiqqanligini isbotlashda qiyosiy anatomiyadan tashqari, embriologiya fani ham 
ko‘p dalillarga ega. Odatda, har bir hayvon individual rivojlanishi (ontogenezi) da 
avlod-ajdodining bosib o‘tgan tarixiy rivojlanishi (filogenezi) ni qisqacha 
takrorlaydi. Odam ham shu qonundan mustasno emas. Barcha ko‘p hujayrali 
hayvonlar singari, odamda ham embrionning rivojlanishi urug‘langan tuxumdan - 
zigotadan boshlanadi. 
U morula, blastula, gastrula deb atalgan bosqichlarni o‘tgandan so‘ng, 
murtak, embrion varaqlarini hosil qiladi. Shu varaqlardan keyinchalik organlar 
rivojlanadi. Chunonchi, odam va umurtqali hayvonlar rivojlanayotganda 
ektodermadan asta-sekin teri, tirnoq, soch, nerv sistemasi, sezgi organlari; 
endodermadan xorda, ovqat hazm qilish organlari, o‘pka, jigar; mezodermadan esa 
suyak-muskul to‘qimasi, qon tomirlari va boshqa organlar rivojlanadi. Odam 
embrion rivojlanishi davrida baliqlar, suvda va quruqda yashovchilar, sudralib 
yuruvchilar, qushlar, sut emizuvchilar embrioniga juda o‘xshash bo‘ladi. Masalan, 
18—20 kunlik embriondan jabra «kurtaklari», keyinchalik jabra apparati hosil 
bo‘ladi.
Sudralib yuruvchilar, qushlar, sut emizuvchilar, jumladan, odamda u 
embrion rivojlanishining keyingi bosqichlarida Yo‘qolib ketadi. Lekin bu dalil 
quruqlikda yashovchi barcha umurtqali hayvonlar, shu jumladan, odam ham tarixiy 
rivojlanishi natijasida jabra bilan nafas oluvchi baliqsimon ajdodlardan kelib 
chiqqanligidan darak beradi. Ona qornida rivojlanayotgan 5-6 oylik bolaning tanasi 
mayin tuk bilai qoplangan bo‘lib, bola tug‘ilishidan oldin to‘kilib ketadi. 
Odamning 2 oylik embrionida dum bo‘ladi, biroq u rivojlanishning ma’lum bir 
davridan keyin o‘sishdan to‘xtab, dum suyaklari chanoq suyaklari orasida qolib 
ketadi va tashqariga chiqmaydi. 
Odam embrionining dastlabki rivojlanishida bir qancha sut bezlari paydo 
bo‘lib, keyinchalik esa ulardan bir juftigina normal rivojlanadi, qolganlari yo‘qolib 
ketadi. Odam embrionining rivojlanishida hiqildoq ba’zi belgilari bilan shimpanze 
hiqildog‘iga, bosh miya po‘stlog‘i esa tuban maymunlar bosh miya po‘stlog‘ining 
tuzilishiga o‘xshashligi, shuningdek, oldingi oyoqlar tuzilishida ham ular o‘rtasida 
o‘zaro o‘xshashlik borligi aniqlangan. 
Ba’zi hollarda ichki hamda tashqi sabablarga ko‘ra, ona qornidagi embrion 
normal rivojlanmaydi. Bunday hollarda atavizm, ya’ni qadimgi ajdodlarga xos 
bo‘lgan xususiyatlarning takrorlanish hodisasi ro‘y beradi. Ayrim hollarda 
tug‘ilgan bolalar tanasining hayvonlarnikiga o‘xshash qalin jun bilan qoplanishi 
atavizm hodisasiga yaqqol misoldir. 1820 yilda Kostroma gubernasida tug‘ilgan 
Andrian Evtixeev va uning o‘g‘li F.Yodorning butun basharasi va tanasi uzun-uzun 
ingichka sariq jun bilan qoplangan. Stefan Bobrovskiyning ham basharasidan 


uzun-uzun jun o‘sib chiqqanligi uchun u sher bashara bo‘lgan. Meksikalik raqqosa 
Y. Pastranannng yuzi va tanasi ham junli bo‘lgan. Ba’zan dumli odamlar ham 
tug‘iladi. Chunonchi 1848 yili Germaniyada dumining uzunligi 10 sm ga etadigan 
bola tug‘ilgan. Odam bilan odamsimon maymunlarning o‘xshashligi va farqi. 
Odamsimon maymunlarning odamga yaqinligi qadimgi zamonlardan ma’lum 
bo‘lgan. Shu sababli Malayziyada yashovchi xalqlar odamsimon maymunlarni 
o‘rmon odamlari (orangutan - Malayziya tilida o‘rmon odami) deb atashgan.
Odam bilan odamsimon maymunlar tanasining katta-kichikligi, qiyofasi 
o‘xshashdir. Odam bilan odamsimon maymunlarda oyoq va qo‘llar bir xil suyak va 
muskullardan tashkil topgan. Ularda skelet, muskullar, qon aylanish va nerv 
sistemalari, ichki organlarning tuzilishi ham juda o‘xshash. Bosh barmoq boshqa 
barmoqlarga qarama-qarshi yo‘nalgan bo‘lishi sababli ularning har ikkisi ham 
narsani ushlash imkoniyatiga ega. Odamsimon maymunlar uzun qo‘llariga tayansa 
ham, orqa oyoqlarida yura oladi. Tishlarining kurak, qoziq, kichik va katta jag‘ 
tishlarga bo‘linishi hamda ularning soni odamnikiga mosdir. Odamda ham
odamsimon maymunlarda ham yuz, kaftda va oyoqlar tagida jun bo‘lmaydi. 
Gorilla va shimpanzening spermatozoidi odamnikiga juda yaqin. Odamsimon 
maymunlarning bosh miyasi, miya yarim sharlari egat va burmalarining nihoyatda 
rivojlanganligi odamlarnikiga ancha o‘xshash. 
Odamsimon maymunlarning bosh miyasi yaxshi rivojlanganligi sababli, ular 
oddiy qurollardan bemalol foydalana oladi. Chunonchi, odamsimon maymunlar bir 
yog‘ochni ikkinchi yog‘ochga ulab, balanddagi mevani, o‘tni o‘chirib, yashiklarni 
ustma-ust taxlab, emishni olish kabi ishlarni bajarishga layoqatli ekanligini 
tajribada isbotlagan. 

Download 127.93 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling