Mavzu: antropogenez. Irqlar va ularning birligi
Download 127.93 Kb. Pdf ko'rish
|
Odamsimon maymunlar
Ma’lum bo‘lishicha, odamsimon maymunlar choy, kofe ichishga tez o‘rganadi. Fiziologik kuzatishlar odamsimon maymunlarning qoni odamnikiga yaqin ekanligini ko‘rsatdi. Shimpanze qonini odamga, odam qonini esa shimpanzega quyish mumkinligi isbotlangan. Odamsimon maymunlar odamlardagi terlama, sil, dizenteriya, bezgak, gripp kabi kasalliklar bilan og‘rishi kuzatilgan. Odamsimon maymunlarda tuyg‘uning ifodalanishi, ya’ni ularning shodlanishi, yig‘lashi, ko‘p jihatdan odamnikiga o‘xshashdir. Odamlardagi qarilik alomatlari, soch to‘kilishi, tish tushishi va boshqalar odamsimon maymunlarda ham uchraydi. Odamsimon maymunlar juda ko‘p belgi va xususiyatlari bilan odamlarga o‘xshash bo‘lsa ham, bir qancha xususiyatlari bilan ulardan keskin farq qiladi. Odamning qo‘li oyog‘iga nisbatan ancha qisqa. Agar odamning qo‘li oyog‘i uzunligining 65- 70%, shimpanzeda u 103-110%, orangutanda esa 140% ni tashkil etadi. Odamning bosh barmog‘i boshqa barmoqlariga qaraganda kalta va yo‘g‘on bo‘ladi. Boshqa barmoqlari ham odamsimon maymunlarnikiga nisbatan kaltaroq. Odamning umurtqa pog‘onasi lotincha S harfi shaklida egilgan bo‘lib, o‘tirganda, yurganda va chopganda, sakraganda zarbani kamaytirish vazifasini, odam tik yurishi natijasida uning ichki organlari chanoq suyagini bosadi. Shuning uchun maymunlarning chanoq suyagiga nisbatan odamning chanoq suyagi keng. Odamda ko‘krak qafasining shakli ham o‘zgargan. Agar gorizontal holatda yuruvchi hayvonlarda ko‘krak qafasi ikki yon tomondan siqilgan va oldinga bo‘rtib chiqqan bo‘lsa, odamda aksincha, yon tomondan keng, old tomondan bosiq holda bo‘ladi. Maymunlarda jag‘ suyaklari yaxshi, odamda kuchsiz rivojlangan, Odamda kalla suyagining miya qismi yuz qismiga nisbatan ancha katta, maymunlarda esa aksincha, kichikdir. Agar kalla suyagining miya qismini 100% deb olsak, u holda yuz qismi odamda 36-38%, shimpanzeda 90-96%, orangutanda 102% ni tashkil etadi. Odam miyasining hajmi va vazni odamsimon maymunlarnikiga qaraganda, 5-3 marta ortiq. Odam bosh miya qutisining hajmi 1600 sm 3 , odamsimon maymunlarniki 600 sm 3 . Odamning bo‘g‘zi yaxshi rivojlangan bo‘lib, ma’noli nutq organiga aylangan. Natijada faqat insonga xos bo‘lgan ikkinchi signal sistemasi vujudga kelgan. Tirik mavjudotlarning rivojlanishida, belgi va xususiyatlari shakllanishida hujayra yadrosidagi xromosomalar nihoyatda katta ahamiyatga ega. Shunga ko‘ra, odam bilan maymunlarning xromosomalari qanday, ular odam paydo bo‘lishi masalasiga biror yangilik kirita oladimi, degan masala olimlar diqqatini o‘ziga tortdi. Bu sohada olib borilgan tadqiqotlarning ba’zi yakunlari 1966 yili Italiya olimi Kiarelli tomonidan e’lon qilindi. Ma’lum bo‘lishicha, martishkasimon maymunlarning ayrim turlariga mansub organizmlar hujayrasida 54 ta, boshqalarida 72 ta, odamsimon maymunlardan gibbonlarda 44 ta, gorilla, shimpanze, orangutanda 48 ta, odamda 46 ta xromosoma bor ekan. Odam xromosomalari tashqi ko‘rinishidan odamsimon maymunlarning xromosomalariga o‘xshashligi kuzatilgan. Odam paydo bo‘lishini isbotlovchi paleontologik omillar. Qazilma hol- dagi maymunlar. Turlarning ma’lum davr ichida kelib chiqishini isbotlashda esa paleontologik qazilmalar nihoyatda muhim o‘rin tutadi. Qazilma holdagi maymunlarni o‘rganish odamga xos bo‘lgan xususiyatlar qanday qilib paydo bo‘lganligini, rivojlanganligini tushunishga imkon beradi. Primatlar turkumining dastlabki vakillari, aftidan, mezozoy erasining yuqori bo‘r davridagi sut emizuvchilarning tuban hasharotxo‘r vakillaridan kelib chiqqan. Dastlab Janubiy - Sharqiy Osiyoda paydo bo‘lgan maymunlar asta-sekin yer yuzasining Avstraliyadan boshqa barcha territoriyasiga tarqalgan. Daraxtlarda hayot kechirish, bora-bora besh panja, oyoqlarning harakatchan bo‘lishi eshitish va ko‘rish organlari rivojlanishiga qulay sharoit yaratgan. Primatlar turkumida tuzilishi eng murakkab hisoblangan odamsimon maymunlar tarixiy rivojlanish jarayonida tor burunli maymunlarning bir tarmog‘idan kelib chiqqan. Shu tarmoqqa kiruvchi maymunlar - parapitek, propliopiteklarning pastki jag‘ suyaklari 1911 yili Misrning oligotsen qatlamlaridan topilgan. Parapiteklar odamsimon maymunlarning eng qadimgi tuban vakili hisoblanadi. Taxmin qilinishicha, bu maymunlar hozirgi odamsimon maymunlardan kichik, mushukdek kattalikda bo‘lgan. Parapiteklardan keyin paydo bo‘lgan propliopiteklar suyagining qoldiqlari ham Misrdagi oligotsen qatlamlaridan topilgan. U anchagina yirik bo‘lib, to‘rt oyoqlab yurishdan ozmi- ko‘pmi tik yurishga o‘tgan. Qadimgi odamsimon maymunlar tanasini nisbatan tik tutishi tufayli og‘irligi keyingi oyoqlariga tushib, tanasidagi organlarning o‘zaro munosabati o‘zgargan. Umurtqa pog‘onasi barcha to‘rt oyoqli hayvonlarga xos duksimon shaklini yo‘qotgan. Ko‘krak qafasi keng va qisqa bo‘lgan. Oldingi oyoqlari erkin va xilma- xil harakat qilgan. Natijada ular oziq izlab topishi ancha osonlashgan. Tabiiy tanlanish tufayli bunday formalarning saqlanib qolishi qadimgi odam ajdodlarining tik turadigan vakillari kelib chiqishi uchun evolutsion zamin bo‘lib xizmat qilgan. Harakatlanish usulining o‘zgarishi hamda muhit sharoitning qulay (maydonlar keng, tropik o‘rmonlar mavjud, iqlim yumshoq) bo‘lishi miotsenda primatlarning biologik jihatdan ravnaq topishiga imkon yaratgan. Oqibatda primatlar turkumiga mansub organizmlar muhitning xilma-xil sharoitiga moslashib, ular o‘rtasidagi differensiyalanish yanada avj olgan. Ba’zi turlar o‘z haYotini erda va daraxtlarda, boshqalari faqat daraxtlarda, uchinchilari, aksincha, ko‘proq erda o‘tkazadi. Pliotsenga kelib, odam va odamsimon maymunlarning rivojlanish Yo‘nalishi har xil ekanligi aniq bo‘ladi. Download 127.93 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling