Mavzu: antropogenez. Irqlar va ularning birligi
Odamning rudiment organlari
Download 202.04 Kb. Pdf ko'rish
|
9-маъруза
Odamning rudiment organlari
Yuqorida rudiment organlardan ba’zilarinigina misol qilib keltirdik, xolos. Tekshirishlardan ma’lum bo‘lishicha, rudiment organlar katta yoshdagi odamga nisbatan embrion davrida ko‘proq bo‘ladi. Odamning hayvonot olamidan kelib chiqqanligini isbotlashda qiyosiy anatomiyadan tashqari, embriologiya fani ham ko‘p dalillarga ega. Odatda, har bir hayvon individual rivojlanishi (ontogenezi) da avlod-ajdodining bosib o‘tgan tarixiy rivojlanishi (filogenezi) ni qisqacha takrorlaydi. Odam ham shu qonundan mustasno emas. Barcha ko‘p hujayrali hayvonlar singari, odamda ham embrionning rivojlanishi urug‘langan tuxumdan - zigotadan boshlanadi. U morula, blastula, gastrula deb atalgan bosqichlarni o‘tgandan so‘ng, murtak, embrion varaqlarini hosil qiladi. Shu varaqlardan keyinchalik organlar rivojlanadi. Chunonchi, odam va umurtqali hayvonlar rivojlanayotganda ektodermadan asta-sekin teri, tirnoq, soch, nerv sistemasi, sezgi organlari; endodermadan xorda, ovqat hazm qilish organlari, o‘pka, jigar; mezodermadan esa suyak-muskul to‘qimasi, qon tomirlari va boshqa organlar rivojlanadi. Odam embrion rivojlanishi davrida baliqlar, suvda va quruqda yashovchilar, sudralib yuruvchilar, qushlar, sut emizuvchilar embrioniga juda o‘xshash bo‘ladi. Masalan, 18—20 kunlik embriondan jabra «kurtaklari», keyinchalik jabra apparati hosil bo‘ladi. Sudralib yuruvchilar, qushlar, sut emizuvchilar, jumladan, odamda u embrion rivojlanishining keyingi bosqichlarida Yo‘qolib ketadi. Lekin bu dalil quruqlikda yashovchi barcha umurtqali hayvonlar, shu jumladan, odam ham tarixiy rivojlanishi natijasida jabra bilan nafas oluvchi baliqsimon ajdodlardan kelib chiqqanligidan darak beradi. Ona qornida rivojlanayotgan 5-6 oylik bolaning tanasi mayin tuk bilai qoplangan bo‘lib, bola tug‘ilishidan oldin to‘kilib ketadi. Odamning 2 oylik embrionida dum bo‘ladi, biroq u rivojlanishning ma’lum bir davridan keyin o‘sishdan to‘xtab, dum suyaklari chanoq suyaklari orasida qolib ketadi va tashqariga chiqmaydi. Odam embrionining dastlabki rivojlanishida bir qancha sut bezlari paydo bo‘lib, keyinchalik esa ulardan bir juftigina normal rivojlanadi, qolganlari yo‘qolib ketadi. Odam embrionining rivojlanishida hiqildoq ba’zi belgilari bilan shimpanze hiqildog‘iga, bosh miya po‘stlog‘i esa tuban maymunlar bosh miya po‘stlog‘ining tuzilishiga o‘xshashligi, shuningdek, oldingi oyoqlar tuzilishida ham ular o‘rtasida o‘zaro o‘xshashlik borligi aniqlangan. Ba’zi hollarda ichki hamda tashqi sabablarga ko‘ra, ona qornidagi embrion normal rivojlanmaydi. Bunday hollarda atavizm, ya’ni qadimgi ajdodlarga xos bo‘lgan xususiyatlarning takrorlanish hodisasi ro‘y beradi. Ayrim hollarda tug‘ilgan bolalar tanasining hayvonlarnikiga o‘xshash qalin jun bilan qoplanishi atavizm hodisasiga yaqqol misoldir. 1820 yilda Kostroma gubernasida tug‘ilgan Andrian Evtixeev va uning o‘g‘li F.Yodorning butun basharasi va tanasi uzun-uzun ingichka sariq jun bilan qoplangan. Stefan Bobrovskiyning ham basharasidan uzun-uzun jun o‘sib chiqqanligi uchun u sher bashara bo‘lgan. Meksikalik raqqosa Y. Pastranannng yuzi va tanasi ham junli bo‘lgan. Ba’zan dumli odamlar ham tug‘iladi. Chunonchi 1848 yili Germaniyada dumining uzunligi 10 sm ga etadigan bola tug‘ilgan. Odam bilan odamsimon maymunlarning o‘xshashligi va farqi. Odamsimon maymunlarning odamga yaqinligi qadimgi zamonlardan ma’lum bo‘lgan. Shu sababli Malayziyada yashovchi xalqlar odamsimon maymunlarni o‘rmon odamlari (orangutan - Malayziya tilida o‘rmon odami) deb atashgan. Odam bilan odamsimon maymunlar tanasining katta-kichikligi, qiyofasi o‘xshashdir. Odam bilan odamsimon maymunlarda oyoq va qo‘llar bir xil suyak va muskullardan tashkil topgan. Ularda skelet, muskullar, qon aylanish va nerv sistemalari, ichki organlarning tuzilishi ham juda o‘xshash. Bosh barmoq boshqa barmoqlarga qarama-qarshi yo‘nalgan bo‘lishi sababli ularning har ikkisi ham narsani ushlash imkoniyatiga ega. Odamsimon maymunlar uzun qo‘llariga tayansa ham, orqa oyoqlarida yura oladi. Tishlarining kurak, qoziq, kichik va katta jag‘ tishlarga bo‘linishi hamda ularning soni odamnikiga mosdir. Odamda ham, odamsimon maymunlarda ham yuz, kaftda va oyoqlar tagida jun bo‘lmaydi. Gorilla va shimpanzening spermatozoidi odamnikiga juda yaqin. Odamsimon maymunlarning bosh miyasi, miya yarim sharlari egat va burmalarining nihoyatda rivojlanganligi odamlarnikiga ancha o‘xshash. Odamsimon maymunlarning bosh miyasi yaxshi rivojlanganligi sababli, ular oddiy qurollardan bemalol foydalana oladi. Chunonchi, odamsimon maymunlar bir yog‘ochni ikkinchi yog‘ochga ulab, balanddagi mevani, o‘tni o‘chirib, yashiklarni ustma-ust taxlab, emishni olish kabi ishlarni bajarishga layoqatli ekanligini tajribada isbotlagan. Download 202.04 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling